Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Andrea Mantenya "Vafot etgan Masih"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
100 картина (1)

8. Andrea Mantenya "Vafot etgan Masih".
(1478-yil)



Italiya uyg'onish davri rassomi Andrea Mantenyaning eng mashhur kartinalaridan 
biri. Chizilgan aniq vaqti ma'lum emas: 1466-1500-yillar oralig'i. Muallif vafotiga 
qadar kartina rassomning shaxsiy ustaxonasida saqlangan va uning vafotidan 
keyingina ommaga ma'lum bo'lgan. Hozirda u Milandagi "Brera" pinakotekasida 
(qadimgi greklarda rasmlar saqlanadigan joy) saqlanadi. Rasm syujeti Iso Masihga 
aza tutilish sahnasi asosiga qurilgan. Masihning tanasi marmar plita (moylangan 
tosh) ustida yotibdi. Chap tomonda Bibi Maryam va havoriy Ioan tasviri ko'zga 
tashlanadi. Yuqori chap burchakda yana kimningdir yuzining bir qismini ko'rish 
mumkin. Ko'rinishidan, bu Mariya Magdalalena bo'lib, u ham Masih uchun aza 
tutmoqda.
9. Sandro Bottichelli "Veneraning tug'ilishi". 
(1486-yil)
Toskana maktabining vakili Sandro Bottichelli qalamiga mansub ushbu kartina 
hozirda Florensiyadagi Uffitsi galereyasida saqlanadi. Biograf Jorjo Vazari "Tarjimai 
hollar" asarida "Venera (yun. Afrodita)ning tug'ilishi" hamda "Bahor" kartinalari 
Kozimo Medichining Florensiya yaqinidagi Kastello villasida saqlanishi haqida 
yozgan. Ko'pgina san'atshunoslar kartina 1486-yilda Kastello villasi egasi bo'lgan 
Lorenzo di Perfranchesko Medichi uchun chizilganini ta'kidlashadi. Liguriya 


10 
sohilidagi Portovenera shahrida tug'ilgan Simonetta Vespuchchi Venera uchun model 
vazifasini bajargan. 
Kartinada Veneraning tug'ilishi afsonasi tasvirlangan. Yalang'och holdagi ma'buda 
shamol tomonidan harakatlantirilayotgan yurak shaklidagi chig'anoqda qirg'oq 
tomon kelmoqda. Chap tomonda Zefir (g'arbiy shamol) qo'lida rafiqasi Xloridani 
(Rimdagi analogi Flora) tutgancha gullar bilan to'la shamolni yuzaga keltirmoqda. 
Venerani qirg'oqda gratsiyalardan biri kutib olmoqda.
Qadimgi afsonaga ko'ra, Uranning qizi Afrodita Kifer oroli yaqinida dengiz 
to'lqinlarining qordek oq ko'pigidan dunyoga keladi. Yengil va salqin shabada uni 
Kipr oroliga olib keladi. U yerda Afroditani yosh Oralar o'rab olishadi va unga oltindan 
to'qilgan kiyim kiydirib, xushbo'y gullardan gulchambar taqdim qiladilar. Afrodita 
qadam bosgan joyda gullar o'sib chiqadi. Shundan keyin ma'buda Olimpga olib 
ketiladi va boshqa ma'budlar bilan yashay boshlaydi. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə