Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
100 картина (1)

Kartina 3 qismdan iborat: 
Markaziy qism - "Daxshatli sud"
. Osmonning moviy gumbaziga ko'tarilgan 
solih insonlar soni gunohkorlar bilan solishtirilganda juda oz ko'rinadi. Shubhasiz, 
rassom dunyoning kelajakdagi taqdiri haqida pessimistik tasavvurga ega ekanini 
namoyon qilgan. Yuqori qismda esa marhum ruhini so'roq qilish sahnasi.
Chap tomon- "Jannat". 
Gullab yashnagan bog'-rog'lar, Momo Havoning 
yaratilishi sahnasi. Shaytonning isyoni hamda Odam Ato bilan Momo Havoning yerga 
haydalishi tasvirlangan. 
O'ng tomon - “Do'zax”. 
Yaratgan tomonidan do'zahga hukm qilingan
insoniyatning ko'p qismini tashkil qiluvchi gunohkorlar. Ular bo'lajak azob va 
alamlarni kutishmoqda. Bu Yaratgan tomonidan insoniyat uchun tayyorlangan eng 
daxshatli qismat. 
14. Ieronim Bosx "Yerdagi lazzatlar bog'i".
(1510-yil)


15 
"Yerdagi lazzatlar bog'i" - Ieoronim Bosx qalamiga mansub eng mashxur triptix 
hisoblanadi. Asarning asl nomi ma'lum emas, hozirgi nomini markaziy qism mavzusi 
nomidan olgan. Luxuria - ya'ni hashamatga berilib gunohlarga botish mavzusiga 
bag'ishlangan. Ushbu kartina, ayniqsa uning markaziy qismi Bosx ijodining naqadar 
betakror ekanini ko'rsatadi.
Triptixning chap tomonida jannat tasviri ifodalangan. U yerda Odam Ato va Momo 
Havo Yaratgan oldida turishibdi deyilgan. Markaziy qismda esa bir qancha odamlar 
jannat lazzatlari xotiralari bilan tasvirlanadi. Bunda jannat sokinligi qandaydir 
tushunarsiz figuralar orqali ifodlashga harakat qilingan. O'ng tomonda esa Bosxni eng 
ko'p o'ylantirgan yomonliklar - turli qiynoq vositalari, mahluqlar tasviri ifodalangan. 
Kartinadagi juda ko'plab yorqin tasvirlangan hayoliy figuralar, o'laksa atrofidagi 
jonzotlarni, shuningdek, g'alati inshootlarni ko'rish mumkin. Ko'pchilikning fikricha 
kartinada inson hayoti, uning behuda umr kechirishi tasvirlangan.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə