Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Yan van Eyk "Jovanni Arnolfini va uning rafiqasi portreti"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
100 картина (1)

6. Yan van Eyk "Jovanni Arnolfini va uning rafiqasi portreti". 
(1434-yil)
Yan van Eyk qalamiga mansub ushbu kartina Yevropadagi ilk er-xotin tasvinlangan 
portretlardan biri hisoblanadi. Bryuggeda chizilgan, hozirda London milliy 
galereyasida saqlanadi.
Kartinada savdogar Jovanni di Nikolao Arnolfini va uning rafiqasi Bryuggedagi 
uylarida turgan holda tasvirlangan deb ishoniladi. Ushbu kartina g'arbiy rassomlik 
maktabining eng qiyin talqin qilinadigan asarlaridan biri bo'lib, unda kim 
tasvirlangani haqida tortishuvlar shu kungacha davom etmoqda. Van Eyk portretni 
1434-yilda chizgan. 1516-yilgacha rasm ispan sudyasi Don Diego de Gevaraga tegishli 
bo'lgan. U umrining ko'p qismini Gollandiyada o'tkazgan va Arnolfini bilan tanish 
bo'lgan bo'lishi mumkin.



7. Rogir van der Veyden "Yosh xonim portreti".
 (1435-yil)
Gollandiyalik rassom Rogir van der Veyden qalamiga mansub ushbu portret 1435-40-
yillarda chizilgan. Unda oq dokali bosh kiyim hamda qora "v" harfi shaklidagi 



bo'yinbog'li jigarrang ko'ylak kiygan yosh ayol tasvirlangan. Odatdagidek, van der 
Veydenning ayol portreti, ibodatda - uning qo'llari mahkam ushlangan. Ayni paytda 
uning yuz ifodasi juda ham kamtarona.
Van der Veyden ijodi uchun g'ayrioddiy tarzda ayol boshi egilmagan holatda
tomoshabinga to'g'ri qarab turibdi. San'atshunos va tadqiqotchi Lorne Kempbell 
kartinani "jozibali va jonli" deya ta'riflaydi. Sokin, g'ayrioddiy yorqin, katta va jozibali 
ko'k ko'zlar suratga o'zgacha chiroy baxsh etgan. Rasmda mavhumlik elementlari 
mavjud.
Ko'pchilik xonimni rassomning rafiqasi - Elizabet Goffaert ekanini aytadi, ammo bu 
isbotlanmagan. Portret 1908-yilda "Berlin Davlat muzeyi" tomonidan sotib 
olingunicha Sankt-Peterburgdagi "Malika Soltikoff" kolleksiyasida saqlangan. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə