Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Reja: Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, ma’naviy qadriyat sifatida



Yüklə 2,48 Mb.
səhifə4/23
tarix23.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#157436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
dinning mohiyati tuzilishi va fun

3.Dinning ijtimoiy funksiyalari. Muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasi deb ataladi. Din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’sirida bo’lishiga intiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - Yahvening eng sevimli bandalari ekanliklari uqtiriladi.
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko’proq jalb etish uchun diniy memoriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona chizuvchilik maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik - regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jome masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (‘iyd al-fitr) va qurbon (‘iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik - integratorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik vazifasi chambarchas bog’liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik sosiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko’tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bo’lgan munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan».
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg’onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi».
Dinning kelib chiqishi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan», degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra, «din - bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin», deydilar.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish - bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm xayoliy narsa­yu, din doimiy ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə