Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Reja: Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, ma’naviy qadriyat sifatida



Yüklə 2,48 Mb.
səhifə3/23
tarix23.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#157436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
dinning mohiyati tuzilishi va fun

Dafn etish jarayoni. Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilar edi: jasadni qizil mineral bo’yoq bilan qoplanar, uning yoniga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlar, asbob-anjomlar va h.k. qo’yilar edi. Bularning bari o’z jamoa a’zolarini dafn etayotgan jamoa oxirat mavjud ekanligi haqida ibtidoiy tasavvurlarga ega bo’lganligidan dalolat beradi.
Ov qilish. Bizga ma’lumki, arxeologik izlanishlar jarayonida er yuzining turli joylaridagi g’orlarda ibtidoiy odam tomonidan chizilgan rasmlar topilgan. Fanga ma’lum bo’lgan bu g’orlardagi suratlarning ko’pchiligi ov sahnasi, odam va hayvonlarning tasvirlari, hayvon terisini kiygan odamlar, yarim odam va yarim hayvon qiyofasidagi mavjudot suratlaridan iborat. Bu suratlar dalolat qiladiki, ibtidoiy odamlar o’zlari va hayvonlar o’rtasidagi tabiiy va g’ayritabiiy aloqalar mavjudligi haqidagi tasavvurlarga ega edilar. Bu bilan birga marhum ajdodlarining ruhlari sehrli usullar bilan hayvonlar hulqiga ta’sir etish imkoniyatiga ega deb bilar edilar. Bu tasavvurlar tiriklar bilan marhumlar o’rtasidagi vositachilar, ya’ni turli xildagi sehrgarlar va shamanlar faoliyatining kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Ibtidoiy odam hayoti haqidagi tasavvurlarimizga ko’ra, uning hayotida kelib chiqqan diniy tasavvurlar quyidagi ibtidoiy din shakllarida namoyon bo’lgan.

2.2.Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. Dinni davlatdan ajratish haqidagi g’oya azaldan hurfikrlilik va dunyoviy-ratsionalistik tafakkur rivojiga asoslanganini ta’kidlash joiz. Ushbu hayotiy masala hozirgi O’zbekiston hududida mavjud bo’lgan davlatlarda ham doimo muhim o’rinni egallab kelgan. Bunda dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning davlat va jamiyatni boshqarishdagi mavqei muntazam ravishda mustahkamlanib borgani diqqatga sazovordir. Movarounnahrning o’rta asrlar va undan keyingi davrlardagi tarixida boshqaruvning diniy-teokratik usullariga moyil davlatlarning yo’qligi ham ushbu xulosaning o’rinli ekanini tasdiqlaydi.
Demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan borayotgan O’zbekistondagi ma’naviy hayotni tashkil etuvchi, uni birlashtirib turuvchi o’zak o’q – diniylik va dunyoviylik o’rtasidagi muvozanatga asoslanadi.
Xalq tomonidan asrlar osha e’zozlanib kelingan qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar alohida o’rin egallaydi. O’zbekiston xalqi tomonidan azaldan ardoqlanib kelinayotgan qadriyatlarning aksariyatiga islomiy ruhiyat va sharqona odob-axloq chuqur singib ketgan. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan “...agar mendan, nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar osha bezavol yashab kelayapti, deb so’rashsa, bu – avvalo muqaddas dinimiz hisobidan, deb javob bergan bo’lur edim,”– deb ta’kidlangani ham ayni shu bilan izohlanadi.
Ijtimoiy sohaga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, bu ikki tushunchaning bir-biriga ta’sirini, ular o’rtasidagi mo’’tadil munosabat bo’lishi zarurligini ochib berish kerak”. Demak, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga nisbatan sog’lom munosabatni shakllantirishning ikki qutbi hisoblanadi.
Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri dunyoviylik ekan, uni qanday tushunish lozim, degan savol tug’iladi. Ingliz tilidagi «secularity» hamda rus tilidagi «sekulyarizatsiya» va «svetskost’» tushunchalari bilan tutash ushbu istilohning qanday talqin etilishining o’ziyoq har qanday mamlakatdagi davlat va din o’rtasidagi munosabatlarning mazmun-mohiyatini belgilab beradi.
Sho’ro zamonida chiqarilgan aksariyat lug’atlarda «svetskost’» va «sekulyarizatsiya» tushunchalari diniylikning aksi bo’lgan ijtimoiy xatti-harakatlar sifatida talqin etiladi. Bu esa, tabiiy ravishda, dahriylik targ’iboti va dinning hayotiy o’rnini inkor etishga olib kelar edi. Aslida esa, “... dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay rad etiladigan hayot qanday g’ayriinsoniy ko’rinishga ega ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki og’zaki, moddiy yoki ma’naviy meros bo’ladimi, axloq yoki an’analar bo’ladimi, milliy dunyoqarash yoki turmush tarzi bo’ladimi – bularning barchasini rad etadi. Natijada odamzod o’zining ichki dunyosi, his-tuyg’u va qarashlari, tayanib-suyanib turadigan poydevoridan mahrum bo’lib, «sho’ro dohiylari» aytganidek, ulkan davlat mashinasining «vintchasi»ga aylanadi. Oxir-oqibatda bunday odam ota-onasini ham, o’z millati, xalqi va Vatanini ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi”.
Demak, tom ma’nodagi sog’lom dunyoviylik dinning ijtimoiy mavqeini inkor etmaydi, balki jamiyat hayotini tashkil etishning dunyoviy ma’rifatga asoslangan tarzini anglatadi. Boshqacha aytganda, dunyoviylik ijtimoiy hayot sohalari diniy aqidaning yakkahokimligidan va uning hal qiluvchi ta’siridan xoli bo’lishni taqozo etadi.
Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o’zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi: sobiq sovet tizimining ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qo’yilgan. Avvalo diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradi. qolaversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.
Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarur. Bu fuqarolik jamiyatida din o’z mavqeiga ega bo’lishini anglatadi. Bu ham Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan biridir. Aytish joizki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy ma’naviy surati va siyratini belgilovchi fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat, hamjihatlik, o’zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharmu hayo kabi eng oliy insoniy tuyg’ularning tub mohiyatini anglash va ko’z qorachig’idek e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va o’rni beqiyosligini bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor faoliyat qizg’in qo’llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitutsiyamizda ana shunday faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir.
Dunyoviy davlat va din munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kechayotgan o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi.
Davlatning dinga bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
Davlat va din munosabatlarining yana bir asosiy xususiyati bu dinning siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday din, birinchi o’rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o’z ichiga oladi.
Hech qaysi din o’zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha jihatlarini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo’lmay qoladi.
E’tirof etish lozimki, har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha davrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ’ib etilgan sho’ro tuzumi zamonida ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotga o’z ta’sirini o’tkazib turgan muhim omillardan biri bo’lib qolavergan. Ijtimoiy munosabatlar va ma’naviy-ruhiy hayotning uyg’unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din va siyosat o’rtasidagi muayyan bog’liqlikni inkor etib bo’lmaydi. Buning sababi esa islomning xalqimiz ongu shuuri va mentalitetiga shu qadar singib ketganidadir. Uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo’lmaydi.
Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o’tmish va bugun tajribasigina bo’lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davrida o’zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo’ladi.
Biroq masalaning ikkinchi jihati ham bor: diniy omilning siyosiylashuvi jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun tahdidga aylanib ketishi mumkin. Ushbu holat har qanday dinning sof e’tiqodiy masalalar chegarasidan chiqib, davlat va jamiyat qurilishi masalalariga aralashishga urinishidan boshlanadi. Mazkur hol musulmon Sharqi mamlakatlari tarixida o’zini takror va takror namoyon etib kelayotgani yaxshi ma’lum. Ayniqsa, bunday holatning vujudga kelish xavfi u yoki bu jamiyat tarixida keskin o’zgarishlar ro’y bergan davrlarda kuchayadi.
Mustaqillikning ilk bosqichida misli ko’rilmagan darajada faollashgan diniy guruhlarning siyosiy va hatto, harbiylashgan tashkilotlarni tuzishga qaratilgan amaliy harakatlarini eslash lozim. O’shanda bunday guruhlar O’zbekistonni islomiy davlat deb e’lon qilishni talab qilish darajasigacha borib etgan edilar. Mafkuraviy markazi Farg’ona vodiysi bo’lgan ushbu harakat o’z davrida mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham muayyan aks-sado berib, umummilliy xavfsizlikka jiddiy tahdid tug’dirganini inkor etib bo’lmaydi. Dunyoviy-ma’rifiy davlat va jamiyat qurilayotgan har qanday mamlakatda diniy jarayonlar evolyutsiyasini o’zibo’larchilikka tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ushbu mulohaza, ayniqsa, o’zlikka qaytishning qo’sh qanotini tashkil etuvchi milliylik va diniylik o’rtasidagi chegarani aniqlash baQoyat mushkul bo’lgan musulmon jamiyatlari uchun dolzarbdir.
Dunyoviy davlat va jamiyat eng avvalo, qonun ustuvorligini taqozo etadi. “qonun – barcha uchun barobar” degan demokratik tamoyil, shubhasiz, diniy jarayonlarga ham taalluqlidir. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotning boshqa har qanday sohasi kabi diniy jarayonlar ham faqat qonun belgilab qo’yilgan mezonlarga muvofiq ravishda rivojlanishga haqlidir. Ifodali qilib aytganda, qonun barcha boshqa sohalarni me’yorga solib turgani kabi diniy vaziyat evolyutsiyasi ham, hech qanday chekinishlarsiz, unga bo’ysunishga majbur. Bu ish demokratiyaning asosiy tamoyillaridan bo’lgan vijdon erkinligi, xususan, e’tiqod erkinligini chegaralash hisobiga qilinmaydi, albatta. Aksincha, azal-azaldan demokratik jamiyatning bosh mezoni bo’lib kelgan qonun ustuvorligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
Diniy vaziyat evolyutsiyasini boshqarish” haqidagi tezis, eng avvalo, dunyoviy-ma’rifiy davlat va jamiyat qurilishi jarayonida diniy omilga ajratilgan konstitutsiyaviy o’rinni qonuniy vositalar bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Xuddi shu asosda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan.
O’zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag’rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki dunyoviy-ma’rifiy davlatda diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
Dunyoviylik tuyg’ulari alohida shaxs va ijtimoiy institutlar darajasida namoyon bo’lib boradi. Dunyoviylik demokratik taraqqiyot yo’lini tanlagan har qanday mamlakat hayotini tashkil etishning bosh mezonlaridan biri – vijdon erkinligi tamoyilining ustuvorligini kafolatlaydi.
Ma’lumki, diniy ong o’z-o’zidan o’zgarmaydi. Unga faol ta’sir ko’rsatib turuvchi omillar mavjud. Ularning eng ta’sirchani, shubhasiz, diniy muassasalardir. O’zbekiston misolida olib qaraladigan bo’lsa, mustaqillikning dastlabki yillarida ularning soni muntazam oshib bordi. Uzoq tarixiy davr davomida olib borilgan islomga qarshi siyosat doirasida mulohaza yuritilsa hamda XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillarining boshida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat ko’zgusi orqali qaralsa, bu – tabiiy hol edi, deyish mumkin. Masalaning g’ayritabiiy tomoni shunda ediki, masjidlar sonining uzluksiz oshib borishi bilan bir vaqtda, musulmonlar diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga uringan kuchlar ham faollashib bordi. Masjidlarning barkamol insonni tarbiyalashdek nozik masaladagi muhim tarbiyaviy rolini inkor etmagan va unga zarracha soya tashlamagan holda, shuni qayd etish mumkinki, ularning ayrimlari, afsuski, O’zbekistonda siyosiy islomning shakllanishi va rivojlanishida tayanch nuqta bo’lib xizmat qildi. XX asrning 90-yillari boshida Rossiyada tuzilgan “Islom uyg’onish partiyasi” filialini O’zbekistonda ochish, “Turkiston islom partiyasi”ga asos solishga qaratilgan urinishlar mazkur kuchlarning o’z saflarini mustahkamlashga yo’naltirilgan keng ko’lamli harakatlari sifatida yuzaga keldi. Namangan va Qo’qonda tuzilgan “Adolat”, “Islom lashkarlari”, “Odamiylik va insoniylik” kabi harbiylashgan tashkilotlar jinoyatchilikka qarshi kurashda davlat organlariga yordam berish niqobi ostida huquq-tartibot tashkilotlarining ayrim vazifalarini o’z zimmasiga ola boshlagani ham islomning tez sur’at bilan siyosiylashib borayotganidan dalolat berar edi.
Har qanday masjidda diniy qadriyatlarning targ’ib etilishi tabiiy hol. Aslida, masjidlarning asosiy vazifalaridan biri ham shudir. Demak, ular diniy ongni rivojlantirish va uning evolyutsiyasi yo’nalishini belgilovchi eng muhim mexanizmdir. Tabiiyki, masjidlarda ushbu targ’ibot sof diniy qobiqqa o’ralgan tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, turli masjidlarda va’z qiluvchi imomlarning saviyasi ham, dunyoqarashi ham turlichadir.
Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo’lidan bormoqda.“Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o’tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyat va ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog’liq sohalarda o’zini ko’proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O’zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g’urur, o’zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni to’g’ri va sog’lom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi qator jamg’armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda.Ular davlat tashkilotlaridan qabul qilib olinayotgan tegishli boshqaruv va tarbiyaviy-ma’rifiy funktsiyalarni bajarishga harakat qilmoqda. Davlat organlari, o’z navbatida, ularning mus-tahkamlanib borishi uchun zarur moddiy-ma’naviy va qonuniy asoslarni yaratishga faol ko’maklashmoqda.
Mazkur tuzilmalar oldida turgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy mohiyatga ega vazifalardan biri – xalqimiz uchun asrlar osha an’anaviy bo’lib kelgan asl diniy qadriyatlarimizning to’g’ri idrok etilishiga amaliy hissa qo’shishdan iborat. Diniy omil bilan bog’liq holda faoliyat ko’rsatayotgan bu kabi tashkilotlar diniy bilimlarni dunyoviy ma’rifat ko’zgusi orqali tahlil qilishi va tushuntirishi lozim. Mustahkamlanib borayotgan milliy o’zlikni ang-lashga bevosita aloqador diniy qadriyatlarning to’g’ri va sog’lom idrok etilishiga qaratilgan ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan biri – diniy qadriyatlar, eng avvalo, insonning ma’naviy kamolotiga xizmat qilishi lozimligi haqidagi azaliy haqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirib borishdir. Bundan ham muhimi, diniy e’tiqod – siyosiy “o’yinlar” maydoni emasligi, bu kabi “o’yinlar”ning jamiyat xavfsizligi va barqarorligi uchun xatarli ekanini ilmiy-tarixiy va hayotiy dalillar bilan asoslagan holda keng ommaga muntazam tushuntirib borishdan iboratdir.
Ushbu ishdan ko’zlangan pirovard natija – xal-qimiz uchun qadimdan an’anaviy bo’lib kelayotgan diniy-ma’naviy merosga sadoqatni mustahkamlash, shu orqali, diniy qadriyatlarning haqiqiy o’rnini to’g’ri idrok etish, diniy vaziyatning sog’lom va tabiiy rivojlanishiga amaliy hissa qo’shishdan iborat bo’lgani uchun ham u quruq tashviqot bo’lib qolmasligi kerak. Diniy qadriyatlarning sog’lom va to’g’ri idrok etilishiga qaratilgan faoliyat ko’hna va ser-qirra tariximiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan ibratli ma’naviy merosga asoslanishi lozim.
Fuqarolik jamiyati institutlari mustahkamlanib borgan sari, buyuk bobokalonlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy meros, jumladan, ma’naviyatimizning uzviy qismi bo’lgan milliy-diniy qadriyatlarni chuqur va yangicha yondashuv asosida o’rganish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Oldimizda turgan vazifa – yaratilayotgan imkoniyatlardan to’g’ri, umummilliy yuksalish manfaatlariga mos ravishda foydalanishdir. Shunday qilinganda, islom va siyosat, din va davlat o’rtasidagi munosabatlarning tabiiyligi, ularning jamiyatimiz siyosiy barqarorligi va ma’naviy barkamolligiga xizmat qiluvchi uyg’unligi ta’minlanadi.
IX asrdan boshlab hozirgi O’zbekiston hududida islom dini sunna yo’nalishining hanafiy (Imom A’zam) mazhabi qaror topdi. Hanafiylik o’zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berish bilan boshqa mazhablardan ajralib turadi. Bu ta’limotni takomilga etkazgan vatandoshlarimiz – Abu Mansur Moturidiy, Abulmu’in Nasafiy va Bur-honiddin Marg’inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g’oyaviy tarafkashlikka barham berish, islom dinining «ahli sunna val jamoa» yo’li bar-qaror bo’lib qolishiga katta hissa qo’shdilar. Buyuk islom ulamolari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo hukmdorlari ham bu yo’lda kurashdilar. X asr o’rtalarida islom dunyosida shia yo’nalishi (Shimoliy Afrika, Misr, Suriya, Hijozda – fotimiylar, Yamanda – zaydiylar va hatto, abbosiylar poytaxti Bag’dodda – buvayhiylar) ustunlikka erishgan bir paytda Markaziy Osiyoda tohiriy, g’aznaviy va qoraxoniy hokimlari «ahli sunna val-jamoa» aqidasini qat’iyat bilan himoya qildilar.
Xususan, o’z davrining ramzi bo’lgan Amir Temur e’tiqod va ma’naviyatning katta ahamiyatini to’g’ri idrok etgan. Sharafiddin Ali Yazdiy Sohibqironni haqli ravishda e’tiqodi komil inson sifatida ta’riflaydi. Eng muhimi, Amir Temur «ahli sunna val-jamoa» e’tiqodiga sodiq, diniy aqidaparastlikka qat’iy qarshi bo’lgan, islom dinini mutaassiblikdan xoli, erkin tushungan. Uning komil e’tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo’lmagan va shu jihatdan ham, u nafaqat o’z asri, balki hozirgi zamon kishisi uchun ham namunadir.
Mustaqillik tufayli o’zligimizni anglash, ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash jarayoni kechayotgan hozirgi paytda umuman dinga va ayniqsa, ota-bobolarimiz dini bo’lib kelgan islomga munosabat tubdan o’zgardi. Bu sohadagi yutuqlarni sanab o’tirishga hojat yo’q. Ularni ko’rmaslik mumkin emas, ko’rolmaslik mumkindir, balki. Ammo masalaning boshqa tomoniga e’tiborni jalb qilish muhim. Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatlarda yuz bergani kabi mamlakatimizda ham ta’lim yo’nalishi mazmun-mohiyatining o’zgarishi, davlat tili, an’analar, milliy madaniyatga e’tiborning ortishi, bularning hammasi, diniy omil ahamiyatiga davlatning munosabatini ko’rsatadi.
Mustaqillik yillarida kutilmagan voqealarga ham duch kelindi. Xalqaro terrorizm bilan uyushib ketgan diniy ekstremizm endilikda umumbashariy muammoga aylandi. Uning echimi bir mamlakatning qo’lida emas, balki xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni talab qiladi.
Ana shunday murakkab vaziyatda ham, O’zbekiston hukumati diniy bag’rikenglik siyosatini olib bormoqda. Respublikada islom bilan bir qatorda boshqa konfessiyalar ham emin-erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Fuqarolarga millati, irqi, dinidan qat’i nazar, teng huquqlar qonun orqali kafolatlangan. Buni diyorimizga ochiq qalb bilan kelayotgan har bir mehmon o’z ko’zi bilan ko’rmoqda va e’tirof etmoqda.
Uzoq vaqt davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan avlodga o’tib kelgan tarixiy qadriyatlari va o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Buyuk istiqlol esa ularning har tomonlama rivoji uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitlarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (№ 193, 11.04.1991 y.; № 221, 20.06.1991 y.) bilan dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda, emin-erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur.
Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning merosini o’rganish, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi.
Ijtimoiy hayotni isloh qilish va yangilash jarayonida ma’naviy qadriyatlarning qudratli qatlamlari ham ochildi. Bunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qator farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bur-honiddin Marg’inoniy, Abdulxoliq o’ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi mutafakkirlarimizning yubileylari o’tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lmish islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi masalalarini chuqur o’rganish ilmiy tadqiqotlarda markaziy o’rin egallay boshladi.
Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, musulmon olamida «muhaddislar sultoni» deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomiz merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami – «Al-jomi’ as-sahih» kitobining 4-jildda, Sharq olamida «Burhoniddin va milla», ya’ni «Din va millatning hujjati» degan yuksak unvonga sazovor bo’lgan Burhoniddin Marg’inoniyning sakkiz asr-dirki, musulmon mamlakatlarida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida e’tirof etib kelinayotgan «al-Hidoya», Imom Termiziyning «Sunan at-Termiziy», Abu Lays Samarqandiyning «Tanbehul-g’ofilin» asarlari nashr etilganini ham ana shunday ijobiy natijalar sirasiga qo’shish mumkin.
Ayni paytda, eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar ta’mirlanib, yangilari bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog’i kengaytirilib, sifat va saviyasi takomillashtirilganini ham alohida qayd etish zarur.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov Farmoniga binoan tashkil etilgan Toshkent islom universiteti ko’p qirrali ta’lim beruvchi, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy markazga aylandi. Bu yerda dunyoviy va diniy bilimlarni hamda xorijiy tillarni puxta o’zlashtirgan, ma’rifiy islomni xalq orasida targ’ib eta oladigan mutaxassislarni tayyorlovchi tizim shakllandi, qiyosiy dinshunoslik va islomshunoslik sohalarida magistrlik, nomzodlik va doktorlik izlanishlari olib borilmoqda.
Universitetda davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari dinning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, din niqobi ostidagi ekstremistlar jaholatiga qarshi ma’rifiy javob berish ko’nikmalari bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirishlari uchun doimiy malaka oshirish kurslari yo’lga qo’yildi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, xalqimiz diniy va ma’naviy qadriyatlarining hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg’unlashishi respublikamizning kelajakda yanada ravnaq topishi, jahon hamjamiyatiga qo’shilishida muhim omillardan biri hisoblanadi.



Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə