Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi



Yüklə 352,66 Kb.
səhifə1/10
tarix27.12.2023
ölçüsü352,66 Kb.
#162620
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Arolov Sardor


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
SERVIS FAKULTETI
MARKETING KAFEDRASI


KURS ISHI
Mavzu: Korxona tovarlarining hayotiy davrini aniqlash va boshqarish
Bajardi: MR-322 guruh talabasi Arolov Sardor
Rahbar: “Marketing” kafedrasi dotsent v.b., PhD Yahyoxonov N.B
Kurs ishi himoyaga qabul qilinadi (qabul qilinmaydi). Sana: "____" _______ 2023 yil
Kurs ishini baholash: ___. Kurs ishini himoya qilish sanasi “____” ______ 2023 yil


Samarqand - 2023


Reja
Kirish
1. Korxonada tovar hayotiy davri konsepsiyalari.
2. Tovar hayotiy davri bosqichlarida marketing strategiyalari.
3. Tovar hoyotiylik davri bosqichlarida marketing kompleksini boshqarish.
4. “SAM AUTO” AJ korxonasi tovarlarining hayotiylik davrini boshqarish.
Xulosa
Adabiyotlar ro'yxati

KIRISH


Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda fanlarning o’quv-uslubiy ta’minlanganligi katta ahamiyatga ega. Ayniqsa iqtisodiy fanlar doir o’quv adabiyotlarni yangilab borilishi, ularning mazmunini jahon tajribasi asosida boyitib borish bugungi dolzarb vazifalar qatorida turadi. Marketing tadqiqotlari zamonaviy korxonalarning marketing tizimida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Ularni tashkil qilishni doimiy ravishda takomillashtirib borish korxona va tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirish strategiyasida muhim ahamiyatga ega. Buning ob’ektiv sabablariga bozor mexanizmining jadal o’zgaruvchanaligi hisoblanadi, ya’ni bugungi bozor munosabatlari korxonalar tomonidan nazorat qilinmaydigan tashqi omillar ta’sir ostida shakllanmoqda. Birinchi o’rinda bozor ishtirokchilari xulqida va harakatlarida o’zgarishlarni tezkor aniqlash muammosini hal qilish maqsadida olib boriladigan tadqiqotlarning ahamiyatining oshib borishiga e’tiborni qaratish lozim. Bunda iste’molchilar ko’lamining oshib borishi va ehtiyojlarning rivojlanishi maxsulot va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Ushbu jarayonlarga mos ravishda raqobatning keskinlashuvi hamda raqobatchilar tomonidan ko’llaniladigan strategik va taktik harakatlarning takomillashuvi korxonalarda tashqi axborotlarni to’plash va taxil qilish zaruratini kuchaytiradi. Marketing tadqiotlariga e’tiborning oshib borishining ikkinchi jixati butun dunyo bo’yicha raqamlashtirish tendensiyasi bilan bog‘liqdir. Raqamli iqtisodiyot nafaqat korxona va tashkilotlar faoliyatini, balki ularni o’rab turgan biznes muhitini tubdan o’zgarilshiga olib kelmoqda. Ushbu sharoitda marketing faoliyatini to’liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish dolzarb masalaga aylanadi. Raqamli muhitda axborot oqimlarini boshqarish tartibi va jarayonining mohiyati va usullari aynan marketing tadqiqotlarida yaqqol ko’rinadi.
Marketing tizimida axborotni taxlil qilishning ahamiyatini oshib borishi unga bo’lgan e’tiborning yana bir sababi hisoblanadi. Boshqaruv tizimida qabul qilinadigan qarorlar aniq axborot bilan birga uning miqdoriy asoslangan usullar yordamida taxlil qilinishiga asoslanadilar. Aksariyat strategik qarorlari dasturiy ta’minotga tayangan xolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali tayyorlanadilar va ular asosida qabul qilinadilar. Marketing tadqiqotlari usullari ham shunga mos ravishda doimo takomillashtirilishi lozim bo’ladi. Darslikda Yangi O’zbekiston strategiyasini amalga oshirish sharoitida korxonalarning marketing maqsadlari va vazifalariga erishishda marketing tadqiqotlarini tashkil qilishning dolzarb masalari ko’tarilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Raqamli O’zbekiston - 2030” strategiyasi ishlab chiqilib uni amalga oshirish uchun dasturlar tuzilmoqda. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog’liqni saqlash va qishloq xo’jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda1.
Bu kurs ishining dolzarbi ko'rsatilgan o'rganish turi, o'qituvchilar, kurs davomiyligi, va boshqa bir nechta faktorga bog'liq bo'lishi mumkin. Har bir kurs o'zining xususiyatlari, maqsadi, va tashkil etilgan soha bo'yicha chegaralanishlari bo'yicha farqlanadi. Bu turi kurslar obyektiv va subjektiv sabablarga ko'ra har bir mintaqada turli bo'lishi mumkin.
Bunday kurslar o'qituvchilar tomonidan yoki korxona mutaxassislarining ko'rsatmalariga asoslangan bo'lishi mumkin. Ko'rsatmalar quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga olishi mumkin. Kursda ishtirok etuvchilarga korxona tovarlarining hayotiy davrini aniqlash va boshqarish bo'yicha tajribali o'qituvchilar ko'rsatish mumkin.
Teoritik bilimni amaliy mashg'ulotlar orqali mustahkamlash uchun ko'rsatma davomida o'qituvchilar tomonidan amaliy mashg'ulotlar va misollar tashkil etilishi mumkin. Korxona boshqarish sohasida yangi texnologiyalardan foydalanish, masalan, boshqarish tizimlari, ma'lumotlar analizlari, ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish, yangi innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va boshqa sohalarda yangi texnologiyalardan foydalanish. Kurs qatnashchilarga korxona tovarlarining hayotiy davrini global jahon bo'ylab mustaqil boshqarishda yuzaga kelgan muammolarga duch kelmish, yechim topish va amaliyotda ish qilishni o'rgatish. Korxona tovarlarining hayotiy davrini tahlil qilish va uni boshqarish kurslari korxona mahsulotlarini qanday sotib olish, marketingda qanday ishtirok etish, mijozlar bilan muloqot qilish va mijoz talablari bo'yicha mustaqil ishlashni o'rgatish.
Kursdagi o'rganish turi va ko'rsatilayotgan xizmatlarning darajasi kurs ishining dolzarbiga ko'ra o'zgaradi. O'rganish turi va kursning muqova o'qituvchilar tomonidan qanday tayyorlanishi, shuningdek, amaliy mashg'ulotlar va loyihalar qanday o'tkazilishi, kursning hajmi va davomiyligi, o'rganuvchilarning ishtirokining sifati va uchun qo'yilgan talablar ham dolzarbiga o'z ta'siri bo'ladi.

Yüklə 352,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə