Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti marketing kafedrasi


“SAM AUTO” AJ korxonasi tovarlarining hayotiylik davrini boshqarish



Yüklə 352,66 Kb.
səhifə6/10
tarix27.12.2023
ölçüsü352,66 Kb.
#162620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Arolov Sardor

4. “SAM AUTO” AJ korxonasi tovarlarining hayotiylik davrini boshqarish.

Har bir korxona mahsulot ishlab chiqaradi yoki ma’lkm bir turdagi xizmatlarni iste’molchilarga tavsiya etadi. Ishlab chiqarish jarayonida juda ko’plab iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlar sodir bo’ladi. Statistika kursi bilan biz ularni soddalashtirilgan holatga keltirib o’rganamiz va tahlil qilamiz. Kurs ishimizning obyekti bo’lgan “SAM Auto” AJ korxonasida ham koplab iqtisodiy jarayonlar bo’lib qyelmoqda. Keling tashishni korxonaning tarixi va faoliyati bilan boshlamiz.


“SamAvto” MChJ QK (oʻzb. “SamAvto”) — Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi avtotransport vositalari – avtobuslar, pikaplar, yuk mashinalari, kichik va oʻrta sigʻimli maxsus va ixtisoslashtirilgan avtomobillar ishlab chiqaradigan zavod. 1996-yil 5-noyabrda Toshkent shahrida Samarqand shahridagi “AvtoVAZagregat” OAJ negizida “SamKochavto” qoʻshma oʻzbek-turk korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 381-sonli qarori imzolandi. Taʼsischilari Oʻzbekistonning “OʻzAvtoSanoat” kompaniyasi va Turkiyaning “Koch Holding” kompaniyasi edi. 1999-yil 19-martda ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi, ikkita rusumdagi avtobus va uchta rusumdagi “O’zOtoyo’l” (Otoyo’l) yengil va o’rta yuk avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
2006-yil 30-oktabrda qo’shma korxona “SamAvto” MChJga qayta tashkil etildi, Turkiya tomonining ulushi “O’zAvtoSanoat” tomonidan sotib olindi. Yangi tashkil etilgan kompaniya taʼsischilari qatoriga “OʻzAvtoSanoat” va “Isuzu” qoʻshildi, Isuzu brendi ostida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi (2007 yildan). “O’zotoyo’l” aksiyadorlik jamiyati qoshida ishlab chiqarilgan modellar tugatilib, 4 rusumdagi avtobus va 5 ta “Isuzu” rusumli yuk mashinasi ishlab chiqarila boshlandi. Ilgari “Samavto” tomonidan ishlab chiqarilgan “O’zotoyo’l” avtomashinalariga “Isuzu” kompaniyasidan ehtiyot qismlar xizmati ko’rsatilishi ma’lum qilindi. Zavodda 5 rusumdagi avtobus va 40 dan ortiq rusumdagi yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Bu qatorga Isuzu LE-60 past polli shahar avtobuslari, Isuzu yuk mashinalari va Isuzu shassisi asosidagi boshqa maxsus transport vositalari kiradi.
2009 yildan 2012 yilgacha (o'z ishlab chiqarish quvvatlari ochilishidan oldin[3]) "SamAuto" MChJ JV MAN Auto-Uzbekistan O'zbekiston-Germaniya qo'shma korxonasi bo'lgan MAN yuk mashinalarini ham ishlab chiqargan.O'n yil ichida Land Rover Uzbekistan loyihasi, unga ko'ra, Samarqand avtomobil zavodi Land Rover markali yo'ltanlamaslar ishlab chiqarishi kerak edi.
2019 yilda SamAuto Isuzu D-Max pikapini taqdim etish orqali yangi pikap segmentini ochdi.




Yüklə 352,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə