Dasht-u dalalarda



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#154978
  1   2   3
Eshbo\'tayev Elshod



PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 – TOM 5 – SON / 2023 - YIL / 15 - MAY 
www.bestpublication.org
396
MUROD MUHAMMAD DO'STNING “DASHT-U DALALARDA” HIKOYASIDA MILLIY 
RUHIYAT MASALALARINING AKS ETISHI 
Eshbo'tayev Elshod 
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti Tel:+998914648095.
Email: eshboelshod@gmail.com 
Annotatsiya:
Yozuvchi, shoirlarimiz o’z asarlari orqali umuminsoniy qadriyatlar,
hayotning turli sinovlari, turfa insonlar taqdiri, milliy o’ziga xoslik kabi muhim mavzularni 
qalamga oladilar. Dunyo adabiyotida shunday buyuk yozuvchilar o’tganki, ularning soni 
anchayin ko’p topiladi. Ularning asarlari yer yuzidagi barcha xalqlar uchun umumashariy 
mavzularni qalamga olganligidadir. Biroq shunday yozuvchilar borki, ular ma’lum bir 
millat, yurt haqida buyuk asarlar yaratib o’sha millat uchun milliy qahramon darajasida 
qadrlanadi. Chunki, ularda millatning ruhiyati, milliy o’ziga xosligi, ta’bir joiz bo’lsa milliy 
koloriti yorqin bo’yoqlarda aks etadi. Shunday ijodkorlardan biri, bugun biz tilga olmoqchi 
bo’lgan buyuk iste’dod egasi, yorqin adibimiz Murod Muhammad Do’stning “Dasht-u 
dalalarda” hikoyasidir. Ushbu maqolada "Dasht-u dalalarda" hikoyasida o'zbek millatiga 
xos kechinmalar, ruhiyat tasvirlari, o'zbekona xarakter masalalarini ko'rsatib bermoqchimiz. 
Kalit so'zlar:
milliy ruhiyat, hikoya, obraz, cho'pon yigit, kuyovnavkar, muhabbat
oriyat, taloq, ijtimoiy-falsafa, kolorit 
 
Bu asar haqida yozuvchi Nazar Eshonqul shunday deydi: “Menga XX asrning 
beshta eng yaxshi hikoyasini sanang deyishsa, shubhasiz, shu beshtaning ichiga “Dasht-
u dalalarda” hikoyasini qo‟shgan bo‟lardim. Mabodo XX asrning birdan bir yaxshi 
hikoyasini ayting deyishsa, yana shu hikoyani tilga olardim… Mendan bitta asar bilan 
yozuvchi adabiyotda qolishi mumkinmi deyishsa: “Ha! Bu Murod Muhammad Do‟st va 
uning “Dasht-u dalalarda” hikoyasi” – deb javob qaytarardim”. Albatta bunday e‟tirof 
mubolag‟a emas. Haqiqatdan “Dasht-u dalalarda” hikoyasi ana shunday e‟tirofga loyiq 
asar.Yozuvchi tabiri bilan aytganda asar “Muhabbat haqidagi barcha asarlarga iddao 
tarzida” yozildi. Ya‟niki muhabbat haqidagi asarlarda oshiq va ma‟shuqa har 
tomonlama yetuk obrazlar sifatida namoyon bo‟ladi. 
Yozuvchi asariga atayin cho‟pon yigit va uning xotinini bosh obraz qilib oladi. 
Ya‟ni u shu vaqtgacha yozilmish asarlardagi(tipik sujet) sevgiga birmuncha kesatiq va 
boshqalarda uchramaydigan tarzda ta‟rif beradi. Hikoyada bir qarashda “hayot 
atalmish daryo oqimidan ortda qolib ketgan” sodda, birmuncha omi, oddiy kishilar. 
Lekin, shu oddiy, sodda, balki, qo„pol, soddadil odamlar xarakteri, ruhiyati, fe'l-atvori, 
ko'nglidagi nurli tomonlarini, yuksak darajadagi ma‟naviy boyligi, o„tda kuymaydigan, 
suvda cho„kmaydigan sevgini ko„rsatishga, balki tarannum qilishga muvaffaq bo'ladi. 
Polvon ham, xotini Xadicha ham oddiy qishloq odamlari. Polvon Nazar Maxsumga o‟zi 
aytganidek “olishadigan polvon emas, otasi qo‟yib ketgan ismi”. Xadicha ham chiroyda 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə