Dasht-u dalalarda


PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix23.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#154978
1   2   3
Eshbo\'tayev Elshod

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
6 – TOM 5 – SON / 2023 - YIL / 15 - MAY 
www.bestpublication.org
398
tekkan, devorga yelkasi – chidab o‟tirish qiyin bo‟ldi”. Xadicha ketayotganda Polvon 
jahl ustida: "Ketsang ketaber Xatcha, men ham sensiz uloqib ketmasman!..." deydi. 
Asar tili boshqa hech bir yozuvchi ijodida uchramaydigan bir tarzda, xuddiki "Poeziya" 
ga, yoki xalq dostonlaridagi qofiyali nasr - sa'jga o'xshab bayon qilinadi. Biroq bunda 
poeziyadan farqli o'laroq hissiyotdan ko'ra ko'proq obraz ruhiyati va manzara 
faylasufona tarzda namoyon bo'ladi. 
Ammo voqealar shuni ko'rsatadiki Xadichasiz Polvon keyin hamma voqeani teran 
anglaydi. Xo'rligi kelib, o'zining notavonligini ham anglab yetadi. Bunga keyinchalik 
iqror bo'ladi: "Xadicha yoningda yotganida o'lim yodingga tushsa ham qo'rqmaysan: 
xotining bor, bolang bor, tepangda - Xudo, e, bir gap bo'lar-da, deb o'ylaysan. Xadicha 
bo'lmasa qiyin ekan". Xadichaning Polvon bilan arazlashib uyiga ketishidan boshlangan 
voqealar, yo‟lda quv chol Nazar Maxsumni uchratishi-yu, jahl ustida undan xotiniga 
taloq aytib yuborishi, so‟ngra pushaymon bo‟lib Xadichani olib kelish uchun borganda 
sho‟rquduqliklar tomonidan o‟lasi qilib kaltaklanishigacha boradi. 
Asarning kulminatsiyasida Sho'rquduqqa borganda Xadichaning: "Talog'imni 
aytdingizmi?" degan gapiga javoban, Polvon: "Aytardim, lekin endi bo'lmaydi, ilojim 
yo'q, aytsam - qo'rqoqqa chiqaman. Chidaysan endi, Xatcha", - deydi. Polvon - oriyatli, 
mard yigit obrazi. Chunki, qaynisi Sattorqul va uning ikki sherigi uning adabini 
bermoqchi bo'lib quvib yetganida, nomardlik bo'lmasin deb etik qo'njiga qo'l 
yubormaydi. Ularga gap qotganda ham qaynisiga emas, uning sheriklariga do'q qiladi. 
Hikoya so'ngida Polvon ham Xadicha ham o'z ayblarini tushunib yetishib, yana 
yarashib oladi. 
Maqolaga kirishganimiz shu kichik hikoya har bir o'zbek, albatta, o'qishi kerak 
bo'lgan asarlardan. Bu asar xulosa qilib aytganda milliy ruhiyatimizni, o'zbekning 
"men"ini aks ettirgan asar. Bu hikoya yozuvchi Murod Muhammad Do'stning nafaqat 
o'zbek adabiyotida va balki jahon adabiyoti darajasida muhabbat haqidagi eng 
mashhur asarlar qatorida turishga loyiq asar namunasi. Ushbu hikoya katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asardir. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1."XX asr o'zbek hikoyachiligi antalogiyasi". Tuzuvchi va nashrga tayyorlovchilar: 
B. Karimov, H.Abdiyev. - T. "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2016.(284-293-betlar). 
2. Erkin Xudoyberdiyev. "Adabiyotshunoslikka kirish: oliy o'quv yurtlari uchun 
darslik". T - "Sharq", 2008. 368 bet. 
3. Nurboy Jabborov.Maqola."Nekim taqdir bo„lsa – ul bo„lur, tahqiq bilgaysen – 
milliy ruhiyat musavviri iztiroblari". http:/ oyina.uz. 12.02.2022. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə