So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 5-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali



Yüklə 327,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü327,3 Kb.
#151690
  1   2   3
Amonova Mahliyo Safarovna (1)



SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 

TIRIK ORGANIZMLARDA MODDALAR VA ENERGIYA ALMASHINUVI 
Amonova Mahliyo Safarovna 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 
Toshkent filiali, tabiiy, gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti 
Annotatsiya: 
maqolada tirik organizmlarda moddalar va energiya almashinuvi haqida 
fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar: 
metabolizm, anabolizm, katabolizm, autotrof va geterotrof.
Hujayra yoki organizmda sodir bo’ladigan, fermentlar tomonidan amalga oshiruvchi 
kimyoviy reaksiyalar va fizikaviy jarayonlar majmuasi metabolitik almashinuv yoki 
metabolizm deb ataladi. 
Organizmda metabolitik jarayon bir butun, yaxlit tizim bo’lib, biomolekulalarning 
o’zaro, muayyan qonun asosidagi ta’siri natijasida hayot degan mo’jiza yaratildi. Biokimyo 
fani biomolekulalar o’zaro munosabatlarining mantiqiy natijasi bo’lgan hayotiy jarayonlarni 
o’rganish bilan shug’ullanadi. 
Modda almashinish qonuniyatlari odamlar va hayvonlardan tortib, to o’simlik va 
mikroorganizmlargacha xos bo’lgan tizimdir. Tirik organizmda sodir bo’ladigan hayotiy 
jarayonlar tashqi muhit bilan uzluksiz bog’langan holda bo’lib, bu murakkab tizim nozik, bir-
biriga bog’liq bo’lgan mexanizmlar orqali boshqariladi. Organizmda modda almashinuvi va 
uning boshqariluvi fermentlarning bevosita yoki bilvosita ta’siri asosida amalga oshadi. Modda 
almashinuvi regulyasiya va yangilanish asosidagi jarayon bo’lib, bu jarayon to’xtasa, hayot ham 
nihoyasiga yetadi. Modda almashinuvi turli xil fiziologik, fizikaviy va kimyoviy tizimlarni o’z 
ichiga qamrab oladi. 
Fiziologik jarayonlarga tashqi muhitdan organizmni oqsil, uglevod, lipid, mineral 
moddalar, suv, vitamin va boshqalar bilan ta’minlanishi va ularni qayta ishlanishi natijasida 
hosil bo’lgan mahsulotlardan foydalanish va chiqindilarni tashqariga chiqarish jarayonlari 
kiradi. Fizikaviy jarayonlarga sorbsiya, so’rilish, kabi turli xil harakatlar kiradi. Kimyoviy 
jarayonlar esa ozuqa moddalarning parchalanishi hamda organizm uchun zarur bo’lgan 
ashyolarning sintezlanishidan iborat. 
Modda almashinuvining kimyoviy jarayonlari tashqi va oraliq qismlardan iborat. Tashqi 
almashinuv deyilganda moddalarning aksariyat, hujayradan tashqaridagi almashinuvi, 
fermentlar ishtirokidagi monomerlarga parchalanishi, ularni transmembranali ko’chirilishi va 
hokazolar tushuniladi 
Moddalarning oraliq almashinuvi metabolizm, hosil bo’lgan oraliq moddalar 
metabolitlar deb ataladi. Metabolizmning so’nggi mahsuloti sifatida SO
2
. N
2
O, mochevina
siydik kislota va boshqa kichik organik molekulalar chegaralangan holda organizmdan 
tashqariga chiqariladi. 
Organizmda kechadigan kimyoviy reaksiyalar juda ko’p va xilma-xil, mutanosib holda 
sodir bo’ladi. Kimyoviy reaksiyalar zanjiri metabolitik yo’llar yoki halqalar (sikllar) ni tashkil 



Yüklə 327,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə