So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 5-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON



Yüklə 327,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü327,3 Kb.
#151690
1   2   3
Amonova Mahliyo Safarovna (1)

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 

qilib, ularning har biri muayyan ma’lum vazifalarni bajaradi. Metabolizm bir-biriga teskari 
bo’lgan qismdan iborat. Bular katabolizm va anabolizmlardan tashkil topadi. 
Katabolizm (yunoncha-pastga) jarayonida moddalar parchalanib, energiya ajralib 
chiqadi. Anabolizm (yunoncha-tepaga) jarayonida oddiy birikma-monomerlarlardan tortib 
hatto murakkab molekulalar va biopolimerlargacha sintezlanib, bu jarayon uchun energiya 
talab etiladi. 
Energiya ajralishi natijasida katabolizm sodir bo’lib, ajralgan energiya qismlarga bo’linib, 
kichik ulushlardagi ATF shaklida to’planadi. Anabolik jarayonda energiyaning yutilishi sodir 
bo’lib, energiya manbai sifatida aksariyat, ATF xizmat qiladi. Demak, ATF katabolizm bilan 
anabolizm jarayonlarini bog’lovchi omildir. 
Ozuqa moddalarning katabolizmi uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda yuqori 
molekulali moddalar tarkibiy qismlarga parchalanadi. Jumladan, polisaxaridlar geksozalar va 
pentozalargacha ajraladi. Ikkinchi bosqichda hosil bo’lgan birikmalar oddiyroq molekulalarga 
parchalanadi, uch atomli fosforlangan gliseraldegid-3-fosfatga, so’ng pirouzum kislota orqali 
asetilkoenzim-A ga aylanib oksidlanadi. Ikkinchi bosqichda hosil bo’lgan molekulalar, 
uchinchi bosqichda katabolizmning umumiy yo’li bo’lgan oxirgi mahsulotlarga-SO
2
va suvga 
parchalanadi. 
Anabolizm jarayoni ham bir necha bosqichdan iborat bo’lib, uning so’nggi bosqichida 
hosil bo’lgan birikmalar bu jarayonda shakllanadigan molekulalarning struktura bloki sifatida 
xizmat qiladi. Shunday qilib, katabolizm jarayonining uchinchi bosqichida hosil bo’lgan 
birikmalar, anabolizm reaksiyalari uchun boshlang’ich mahsulot sifatida xizmat qiladi. 
Organizmda moddalar almashinuvi, energiya almashinuvini ham ta’minlaydi. Bu ikki 
jarayon bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, organizmning hayot faoliyatini belgilaydi. Tirik 
organizmda energiya almashinuvi termodinamika qoidalari asosida sodir bo’ladi. . Biologik 
jarayonlar ochiq tizim bo’lib, erkin energiyaga muhtojdir. Tirik hujayra erkin energiyani qabul 
qilmas ekan, u tezda noorganik tabiat bilan muvozanat holatiga kelib qoladi. Bu esa o’lim 
bilan barobardir. Tirik organizm noorganik tabiat bilan nomutanosiblikni, muvozanatsizlikni 
ushlab turadi. Bu holat erkin energiya hisobiga sodir bo’ladi. 
Tirik tabiat uchun Quyosh birlamchi energiya manbai hisoblanadi. Quyosh 
energiyasidan foydalanish bo’yicha yerdagi barcha jonzotlar ikki katta guruhga bo’linadi. Bular 
autotrof va geterotrof organizmlardir. Autoroflarga o’simlik hujayralari kirib, Quyosh
energiyasini to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtirib, kimyoviy energiyaga aylantiradi. Geterotrof 
organizmlarga hayvon va odamlar kirib, bular Quyosh energiyasidan bevosita emas, balki 
bilvosita foydalanadilar. Autotrof organizm tayyorlagan kimyoviy birikmalardan geterotrof 
jonzotlar bevosita foydalanadilar. 
Uglevodlar, lipidlar, oqsillar va ularning parchalanishidan hosil bo’lgan mahsulotlar 
hujayradagi kimyoviy jarayonlar uchun to’g’ridan–to’g’ri “yoqilg’i” bo’la olmaydi. Balki, 
dissimilyasiya jarayonlari - to’qimalarning nafas olishi, achish va glikoliz jarayonlari energiya va 
modda almashinuvida markaziy o’rin egallaydilar. Mazkur kimyoviy jarayonlar natijasida 
murakkab organik birikmalar tarkibidagi energiya qisman ATF shaklidagi energiyaga 
transformirlanadi. ATF hujayraning universal “yoqilg’isi” hisoblanadi. 



Yüklə 327,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə