So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 5-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali


SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON



Yüklə 327,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü327,3 Kb.
#151690
1   2   3
Amonova Mahliyo Safarovna (1)

SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 5-SON 
RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.12.2022 

Tirik organizmda energiya almashinuvi faqat kimyoviy energiyaning boshqa shakllarga 
aylanishi - transformasiyasi bilan chegaralanmaydi. Biokimyoning bu bo’limi juda keng 
ma’noga ega. Jumladan, ko’z to’ridagi tayoqchalar va kolbachalar yorug’lik energiyasini elektr, 
ichki quloqdagi maxsus struktura, tovush va gidrodinamik energiyani elektr energiyasiga 
aylantiradi. 
Organizmning turli xil morfologik elementlari-xloroplastlar, mushaklar, mitoxondriyalar, 
reseptorlar bir energiya turini ikkinchi xil energiyaga transformasiya qilishini ham esdan 
chiqarmaslik lozim. 
Shunday qilib, metabolizm vazifasi quyidagilardan iborat: 
*Hujayradagi struktura komponentlarining parchalanishi; 
*Kimyoviy birikmalarning parchalanishidan hosil bo’lgan energiyani akkumulyasiya 
qilish; 
*Zarur molekulalar sintezi va muayyan ish bajarish uchun energiyadan foydalanish. 
Yosh organizmda anabolik jarayonlar, katabolik jarayonlardan ustun turadi. Bu albatta 
tushunarli bo’lib, anabolik jarayonlar organizmni o’sishi va to’qima a’zolarini hajm jihatdan 
kattalashuvini ta’minlaydi. Inson 18-20 yoshlarida metabolizm fazalari, ya’ni sintez va 
parchalanish dinamik muvozanat holatiga keladi. Mazkur yoshga borganda insonda o’sish 
jarayoni amaliyotda to’xtaydi. Odamning yoshi o’tgan sari katabolik jarayonlar ko’payib, 
organizm uchun zarur bo’lgan ayrim moddalar kamayadi. Natijada insonda quvvatsizlanish, 
ichki a’zolarning funksional faoliyati pasayib ketadi. 
Termodinamikaning ikkinchi qonuniga asosan, tashqi muhit organizm uchun salbiy 
ta’sirga ega bo’lib, buzilishga, xaosga sababchi bo’ladi. Lekin tirik organizmda shunday 
mexanizmlar borki, o’zining modda almashinuvi va energiyasi tufayli ular o’z holatini mo’tadil, 
bir xil gomeostaz holatda saqlab turadi. 
Shunday 
qilib,biokimyo 
fani 
biomolekulalardan 
oqsillar,nuklein 
kislatalar,uglevodlar,lipidlar va boshqa moddalar guruhlari bilan tanishirsansiz,bunda 
makromolekulalarning alohida almashinuvini o’rganish mumkin.Ularning almashinuvi tashqi 
ko’rinishda alohida bo’lsa ham,lekin ular o’zaro zamon va makon orqali bog’lanib,bir butun 
metabolizmni tashkil qiladi. 
ADABIYOTLAR: 
1.
O.O.Obidov,A.A.Jo’rayeva,G.Yu.Malikova.”Biologik kimyo”Darslik. 
“Extremum Press”nashriyoti.Toshkent.2011yil 
2.
M.G.Safin,X.Mamadiyorova.”Biologik kimyo”fani bo’yicha amaliy-laboratoriya 
mashg’ulotlar uchun o’quv qo’llanma.Nafis poligraf servis. 
Samarqand.2018yil. 

Yüklə 327,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə