МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
48
TIRIK ORGANIZMLARDA KALSIYA VA FOSFORNING BIOLOGIK
AHAMIYATI
Abdumalikov Muslimbek Otabek o‘g‘li
Andijon Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya yo‘nalishi 3- bosqich talabasi
cleverboy626@gmail.com.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6551986
ANNOTATSIYA:
Maqola tirik organizmda uchraydigan anorganik element
hisoblangan kalsiy va fosforning organizmlar faoliyatidagi ahamiyati,
ularning
biologik xususiyatlari haqida bo‘lib, kalsiy va fosforning hujayra va organizmda
qanday vazifalarni bajarishi yoritib o‘tilgan.
KALIT SO‘ZLAR:
plazma, apatit, raxit, qon, shavel kislota,
qo‘zg‘aluvchanlik, nerv impulsi.
Bismillahir rohmanir rohim
Kalsiy va fosfor
. Organizmda kalsiy elementining %
miqdori boshqa
elementlarga nisbatan katta. U organizmda qiyin eriydigan (karbonatli, fosforli,
shavel kislotali) tuzlar holatida keng tarqalgan. Organizmdagi kalsiyning 99% i
tish va suyak toʻqimalarining tarkibida joylashgan. Qon va qon plazmasining
tarkibida kalsiy ionlar holatida 9—11 mg % ga qadar va qolganlari oqsil bilan
birikkan bo‘ladi. Qon plazmasi tarkibida kalsiy miqdorining
kamayishi, markaziy
nerv sistemasining ortiqcha qoʻzgʻaluvchanligiga va tomir tortishishiga olib
keladi.
Suyakda ko‘pincha kalsiyning kuyidagi tuzlari boʻladi: kalsiy karbonat
apatit (CaCO
3
, Ca
3
(PO
4
)
2
,magniy karbonat apatit (MgCO
3
• Ca
3
(PO
4
)
2
kalsiy
gidroksid-apatit (Ca(OH)
2
•Ca
3
(PO
4
)
2
. Fosfor ham kalsiyga oʻxshash organizmda
keng tarqalgan elementdir. Uning organizmdagi
asosiy massasi kalsiy bilan
birgalikda suyak toʻqimalarning tarkibini tashkil etadi. Qolgan qismi fosfor
kislotasining birikmalari sifatida fosfatidlar hamda nuklein kislotalarining
tarkibiga kiradi. Fosfor organizmga asosan ortofosfat
kislotasining tuzlari va
organik fosforli efirlar holatida oʻzlashtirilib, keyin har xil organik fosforli
birikmalar hosil boʻlishiga sarflanadi.
Ichak devorlari orqali kalsiyning so‘rilishini va tegishli toʻqimalarda
toʻplanishini vitamin D ta’minlaydi. Bu vitamin yetishmaganda kalsiyning
soʻrilishi pasayadi, qonda kalsiy ozayadi, suyak tarkibidagi kalsiy hisobiga qonda
uning miqdori normallashadi.
МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК
49
Kalsiy bilan birgalikda fosforli birikmalar ham suyakdan ajralib chiqarila
boshlaydi.
Suyak tarkibida tuzlar kamayib, ular yumshay boshlaydi va ayniqsa
yosh bolalarda raxit kasalligi paydo boʻla boshlaydi.
Fosforning organizmga so‘rilishi uning kalsiy bilan oʻzaro nisbati 1:1,5
bo‘lganda qulay bo‘lishi aniqlangan. Ularning yaxshi soʻrilishida vitamin D
xizmat qiladi.
Organizmda fosforning yetishmasligi mustaqil
kasallik chaqira olmaydi,
lekin kalsiy bilan oʻzaro nisbatining o‘zgarishi ularning so‘rilishiga taʼsir etadi.
Bu esa oʻz navbatida kalsiy yetishmasligidan iborat kasallikka olib kelishi
mumkin.
Odam va hayvon organizmidan fosfor kislotasining tuzlari asosan buyrak
orqali siydik bilan va maʼlum bir miqdorda yoʻgʻon ichakning devorlari orqali
chiqarib yuboriladi. Ozuqa bilan qonga soʻriladigan
fosfor asosan anorganik
fosfatlar sifatida so‘rilib, organizmda uzun almashinuv yoʻlini bosib oʻtib, har xil
organik fosforli birikmalarga aylangandan keyingina organizmdan chiqarib
yuboriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1
.
Kritovich V.L. O'simliklar biokimyosining asoslari. Moskva. 2004-yil
2.
Kryu J. Biokimyo Moskva. 2010-yil
3.
Menshikov V. V. Biokimyo. Moskva 2000-yil
4.
Raxmatov N.A. va boshkalar. Biokimyo. Toshkent. 2009-yil
5.
Smirnova G.G. Biokimyo asoslari Moskva. 2004-yil
6.
Savron E.S. Hayvonlar biokimyosi. Moskva 2002-yil
7.
Xasanov M. Hayvonlar biokimyosi. Toshkent. 2002-yil