Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
64
ko‘ngliga o‘rnashtirishni, bu bilan esa ularda dinga nisbatan yomon tuyg‘ular uyg‘onishni 
istaganlarning ishidir. Bu masalada biz uchun eng buyuk ibrat Allohning Rasuli emasmi? 
U zotning rafiqalari hazrati Oysha roziyallohu anhu bizga shunday xabar beradilar: 
“Allohning Rasuli xizmatchini ham, birorta ayolni ham urmaganlar”. 
“Allohning Rasuli rafiqalaridan hech birini urmaganlar. Qo‘llari bilan hech kimga ozor 
bermaganlar; magar, urush holida bo‘lsa bunday emas. O‘zlariga qilingan haqsizlikka 
javob qaytarmaganlar. Magarki, Alloh harom etgan narsalardan birini buzadigan 
bo‘lsalar, shu vaqtda bu amalga yarasha jazosini berardilar”.
Ilyos ibn Abdulloh ibn Abi Zubob shunday hikoya qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.): 
“Ayollarni urmanglar”, dedilar. Bir muddatdan so‘ng hazrati Umar keldilar. “Yo 
Rasululloh, ayollar erlariga qarshi sher sifat bo‘lib qoldilar!”, dedilar. Payg‘ambarimiz 
urushlariga ruxsat berdilar. Rasulullohning (s.a.v.) uylarini eridan tayoq yeganlari uchun 
shikoyatga kelgan ayollar o‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Uyimni erlaridan shikoyat 
etuvchi ayollar o‘rashdi. Ayollarni uradiganlar xayrli kishilar emasdir!”, dedilar”. 
Hazrati Ali (r.a.) ham shunday marhamat qiladilar: “Valid ibn Uqbaning xotini 
Rasulullohga (s.a.v.) kelib eri urayotganini aytdi. Rasululloh s.a.v. unga: “Bor, eringga 
meni Rasululloh himoyalariga oldilar de”, dedilar. Ayol ketdi. Ko‘p o‘tmasdan yana keldi. 
“Yo Rasululloh, meni badtar ura boshladi”, dedi. Rasululloh unga kiyimlaridan bir popuk 
kesib berdilar va: “Eringga buni ko‘rsat va meni Rasululloh himoyalariga oldilar de”, 
dedilar. Ayol ketdi. Yana tezda qaytib keldi. Rasululloh (s.a.v.) ikki qo‘llarini ko‘tardilar: 
“Allohim, Validni O‘zingga havola etdim, mening yuzimdan (men sabab) ikki marta 
gunohga kirdi!”, dedilar”.
Xotinga dinni o‘rgatmoq
Bu xususda Alloh bizga shunday amr etadi: 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə