Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Zavjiyat sirlarini saqlamoq



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Zavjiyat sirlarini saqlamoq
Jimo’ – mahram va shaxsiy mavzu. Xastalik va doktorga borish zarurati bo‘lmaguncha 
maxfiy tutilishi kerak. Bu xususda Allohning va Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning amrlari bor. 
Alloh taolo:
“...(Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga Alloh saqlaganicha 
himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini saqlovchi)lardir...”
(Niso surasi, 34-oyat). 
Mufassirlar oyatda kelgan “saqlovchi” kalimasi zavjiyat sirlarini ham o‘z ichiga olishini 
aytganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham turli hadislarida bu masalaga munosabat 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
63
bildirganlar va ummatni yaxshi axloq, go‘zal xulq egasi bo‘lishga chaqirganlar: 
“Muhojirlardan tashqari barcha ummatim avf etilgandir”. “Muhojirlar kimlar yo 
Rasululloh?” deyishganida, u zot: “Ular shunday kimsalarki, kechasi (tunda) bir ish 
qiladi, Alloh buni bekitadi, ular esa ertalab turib “kechasi unday qildim, tunda bunday 
qildim” deya u sirni oshkor etadi”, dedilar. 
“Alloh huzurida eng yomon kimsalar bir-birlari bilan qilgan zavjiyat munosabatlarini 
boshqalarga aytib yurguvchilardir”, deganlar Payg‘ambarimiz (s.a.v.). 
Abu hurayra (r.a.) hikoya qiladilar: “Bir kun Rasululloh (s.a.v.) namoz o‘qiganlaridan 
keyin muborak yuzlarini bizga qaratib: “Joyingizga o‘tiring”, dedilar va so‘radilar: 
“Ichingizda oilasi bilan bo‘lgan tungi mashg‘ulotni unda-bunda aytib yuruvchilar bormi?” 
Ashob jim. Ayollardan so‘radilar. Yosh bir qiz tizzasida turib, Rasululloh (s.a.v.) 
ko‘rishlari uchun bo‘ynini cho‘zib, “Ha, erkak va ayollar shunday narsalarni 
suhbatlashadilar”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bu nimaga o‘xshaydi, bilasizlarmi? Bunday 
ish tutganlar ko‘chada, xalqning ko‘z o‘ngida bir-biri bilan chatishgan shaytonlarga 
o‘xshaydilar”, dedilar”.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə