Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


G’arb mamlakatlarida korxona boshqaruvini va ishlab chiqarishni



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

G’arb mamlakatlarida korxona boshqaruvini va ishlab chiqarishni 
tashkil etish amaliyoti va nazariyasining rivojlanishi. 
XIX asr oxirida 
ishlab chiqarishda katta siljish bo’ldi. Bu davrda ishlab chiqarishning qo’llash 
keng yoyilishi natijasida katta-katta korxonalar paydo bo’ldi, ularda o’n 
minglab ishchi xodim va menejerlar mashg’ul bo’ldilar. Bu korxonalarga 
yangi, qimmat jihozlar o’rnatilgan, ularda yangi ilmiy texnika yutuqlari 
murakkab texnologik jarayonlar qo’llanilgan.  
Ishlab chiqarish sohasiga o’qigan ziyoli insonlar ishlay boshladilar va u 
yerda o’z o’rinlarini muhimligini tushuna bildilar. Shunday qilib bu davrda 
ilmiy bazalar tashkil qilish masalasi paydo bo’ldi.  
Birinchi bo’lib, rasionalizasiya maktablari vujudga keldi. Buning ortida 
butun dunyo tan olgan ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoschisi 


 
8
Frederik Teylor (1856-1915) turardi. Uning yodgorligida «ilmiy boshqaruv 
otasi» deb yozilgan. 
F.Teylor talantli injener va ishlab chiqarishni tashkilotchisi edi. U yurist 
oilasidan chiqqan. Salomatligi tufayli yuristlikka o’qiy olmagan va po’lat 
quyish zavodiga o’quvchi sifatida ishga kiradi. O’n yil davomida qora 
ishchidan to bosh injenergacha yetishdi. Mustaqil shug’ullanib kerakli 
imtohonlarni topshirib muxandis-mexanik diplomini oldi. U ko’p vaqtini 
ixtiroga ajratardi. Yuzga yaqin patentlari bor edi.  
Zamonaviy iqtisodchi G.Pollard yozishicha: “Teylor nima uchun 
ishchilarning mehnat faoliyatini boshqarishning yangi tizimini tuzmoqchi 
bo’ldi?” - deganda, u avvalo o’quvchi keyin injenerlik faoliyati davomida 
ishchilarning to’la imkoniyati borligicha ishlamashini, ortiqcha keraksiz 
harakatlarni oldini olish kerakligini bildi, chunki u endi boshqaruv xodimi 
sifatida edi.  
F.Teylor har bir ishni bajarish uchun ishchilarning hatti-harakatini 
xronometraj va mukammal kuzatish natijasida eng mukammal, samarali 
yo’lni tanladi. Kuzatuvlar, tajribalar natijasida har bir ishchi uchun vaqt 
qiymat normalarini ishlab chiqdi.  
Shunday qilib Teylor tizimi shakllandi, uning mohiyati quyidagilarda 
aks etadi: 
- xronometraj operasiyasi va harakatlarni o’rganish asosida mehnat 
faoliyatiga ketadigan aniq vaqtni aniqlash; 
- maksimal unumdorlikka erishish uchun asbob, jihozlarni, qayta ishlash 
tartibi, ish bajarish yo’llarini tanlash; 
- ma’muriy funksiyalarga bevosita asoslangan funksional boshqaruv tizimi. 
Ilmiy menejment maktabi, ya`ni  rasionallashgan maktabi, teylorizm 
tomonli quyidagi asosiy holatlarga yondashadi: 
1.
 
Asosiy vazifasi ishlab chiqarishni rasionalizatsiyalashtirish bo’lgan 
menejmentni, alohida mustaqil faoliyat turi deb tan olish. 
2.
 
Me`yorlashtirishni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonlarini va 
mehnat operatsiyalarini alohida zveno va elementlarga ajratib, ularni bajarish 
uchun ketadigan vaqt miqdorini aniqlash. 
3.
 
Mehnat me`yorlariga asoslanib rejalashtirish. 
4.
 
Har qanday ish bajarish muddati, vaqti, davomiyligini aniqlovchi maxsus 
bo’linmalar funksiya bajarilishini rejalashrish. 
5.
 
Ish haqini ko’tarish hisobiga unumdorlikni oshirish. 
6.
 
Xodimlarni jismoniy va ruhiy talablarga muvofiq ravishda tanlash va 
ularni o’qitish. 
Insoniy munosabatlar maktabi. «Insoniy munosabatalar 
nazariyasi»ning asosiy mohiyati quyidagilarda aks etadi: 
1.
 
Ishchilarning shaxsiy va kollektiv ma’suliyati hissiyotini rivojlantirish. 
2.
 
«Yagona umumiy fikrlar»ni korxona muhitida shakllantirish. 
3.
 
Lavozim obro’yidan bilim va kasb obro’yiga o’tish. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə