Microsoft Word Oraliq nazorati uchun kazuslar docx


tadbirkorlikning oʻzaro farqli va oʻxshash jihatlarini tahlil qiling



Yüklə 95,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü95,68 Kb.
#139094
1   2   3
4447 p CqH

tadbirkorlikning oʻzaro farqli va oʻxshash jihatlarini tahlil qiling.
(3) Koreyalik fuqaroga qonunchiligimizda mavjud boʻlgan eng maqbul 
tashkiliy-huquqiy shakllardan qaysi birini tavsiya etgan boʻlar edingiz? 
Javobingizni asoslang.
 
 


2-kazus 
“Medhealth” xususiy klinikasi (Xususiy korxona) “FEP” MCHJ qurilish tashkiloti 
bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzdi. Shartnomaga koʻra, “FEP” MCHJ tuman 
xususiy klinikasi uchun bino qurib berishi va topshirishi lozim edi. Shartnoma 
shartlariga koʻra, qurilish ishlari uchun mahsulotni yetkazib berish va xizmatlar 
koʻrsatish pudratchining zimmasida qoldirildi.
Qurilish ishlari tugaganidan soʻng pudratchi ishning natijalarini qabul qilib olish 
toʻg‘risida buyurtmachini xabardor qildi. Biroq, buyurtmachi nomidan xususiy 
klinika rahbari xizmat safarida boʻlganligi sababli uni qabul qilib olish ishlari bir 
oyga kechikdi.
Bir oydan soʻng qurilishning holati bilan tanishgan xususiy klinika rahbari 
tomonidan tuzilgan ishchi guruh qurilishning ayrim joylarida kamchiliklar borligini 
bildirib, uni qayta tuzatib oxiriga yetkazish toʻg‘risida talab qoʻygandan. Shundan 
soʻng “FEP” MCHJ bu ishlar agar, oʻz vaqtida qabul qilib olinganida bunday 
oqibatlar kelib chiqmasligini vaj qilib qoʻshimcha ishlarni bajarishdan voz kechdi.
Shu bilan “FEP” MCHJ ushbu bir yarim oylik muddatda (ish natijalarini oʻrganishga 
ham 2 hafta vaqt ketgan) boshqa hududda qurilish ishlarini amalga oshira 
olmaganligi uchun ololmay qolgan foydani undirib berish va ishning natijalarini 
qabul qilish majburiyatini yuklash toʻg‘risida iqtisodiy sudga da’vo kiritdi.
Ammo xususiy klinika rahbari hali klinika tashkil etilganiga 1 yil toʻlmaganligi, 
qolaversa, bu vaqt davomida Ustav kapitalini toʻla shakllantira olmaganligi shu 
sababli xususiy klinikani MCHJ shaklida qayta tashkil etmoqchi ekanligini bildirdi.
Bundan tashqari, xususiy klinika rahbari “FEP” MCHJga e`tizor bildirib, uning 
xizmat safarida boʻlgan vaqti shartnoma boʻyicha ishlarni elektron shaklda 
koʻrsatishga monelik qilmasligini ta`kidladi.

Yüklə 95,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə