Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə21/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

VIII bob. Yaxshi ishlarga buyurish va yomon ishlardan qaytarish bobi hadislari

1. Anas ibn Molik. “Albatta, odamlarning bir toifasida yomonlikni yopuvchi yaxshilik kalitlari bordir...” Hasan*. Ibn Moja (237) va Tayolisiy


(2082).
2. Qatoda. “Bir kishi Payg‘ambar (s.a.v.) oldilariga keldi...” Isnodi yaxshi*. “At-targ‘ib” kitobi (224/3) ga va “Al-majma’a” (151/8) ga qarang.
3. Ubaydulloh ibn Jabar. “Odamlar ichida yomonlik qiluvchi kishi bo‘lsa...” Sahih*. Abu Dovud (4339) va Ibn Moja (4009).
4. No‘’mon ibn Bashir. “Alloh taoloning haqqida...” Sahih*. Buxoriy (2686-2493/5).
5. Huzayfa. “Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki...” Hasan*. Termiziy (2169) va Ahmad (288/5), “Al-mishkot” (5140) ga qarang.
6. Ali ibn Abu Tolib. “Agar ummatim zolimni ko‘rib...” Isnodi yaxshi*. Ahmad (190/2) va Hokim (96/4).
7. Abu Dardo. “Albatta, yaxshi ishga buyurib...” Zaif*. Bazzor (3307), “Zaiful jome’”ga (4650) qarang.
8. Abu Said Xudriy. “Sizlardan birontalaringiz...” Sahih*. Muslim (49), Abu Dovud (1140), Termiziy (2172), Nasoiy (111/8) va Ibn Moja
(4014/1275).
9. Ikrima. “Bir kishi Allohni qo‘yib...” Zaif*. Uni Abu Dunyo “Shayton hiylalari” kitobida zikr qilgan (60) va Javziyning “Talbisul-iblis” kitobida keltirilgan (32-bet).
10. Abu Muoviya G’azzoriy. “Bugun sizlar Rabbilaringiz tomonidan...” Zaif*.
11. Hasan. “Kim dini uchun bir yurtdan ikkinchi yurtga qochsa...” Zaif*
12. Hadis. “Qaysi mo‘min Alloh va Rasulining toatiga...” Isnodi zaif*. Ahmad (36/40).
13. Sa’laba Qushniy. “Bu oyat to‘g‘risida so‘radim...” Zaif*. Abu Dovud (4341), Termiziy (3058) va Ibn Moja.
14. Abu Bakr Siddiq. “Sizlar bu oyatni o‘qiysizlar-u...” Sahih*. Ahmad (2), Abu Dovud (4338), Termiziy (3057, 2168), Ibn Moja (4005).


IX BOB. TAVBA

Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Abdulloh ibn Ubayd ibn Umayrdan rivoyat: Odam alayhissalom aytdi: “Ey Parvardigor, shaytonni mening ustimga ega qilib qo‘yding. Men Sening yordamingsiz undan o‘zimni saqlay olamayman”. Alloh: “Sening qaysi farzanding tug‘ilsa, iblisning makridan va yomonlik egalaridan ham qaytaradigan farishtani himoyachi qilib qo‘ygayman”, dedi. “Ey Parvardigor, ziyoda qil!” Alloh aytdi: “Bir yaxshilikka o‘n barobar savob ziyoda qilgayman. Bir yomonlik qilsa, uni bitta qilib yozgayman yoki kechirgayman!”


“Ey Rabbim, ziyoda qil!” Alloh dedi: “Uning ruhi jasadida bo‘lgan vaqtning o‘zida tavbasini qabul qilgayman” “Alloh o‘z kalomida aytdi: “(Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmati-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (ozi xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zigina mag‘firatli, mehribondir


(Zumar, 53).

105. Faqih aytadi, Ibn Abbos rivoyat qiladiki, payg‘ambarimizning amakilarini o‘ldirgan Vahshiy Payg‘ambarimizga (s.a.v.) Makkadan xat yozdi: “Men musulmon bo‘lishni xohlayman, lekin sizga tushgan bu oyatlar meni qaytaryapti:


Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan bittasi)ni qilsa, uqubatga duchor bo‘lur (Furqon, 68). Men oyatda aytilgan shartlarning uchchalasini ham qilganman, men tavba qilsam bo‘ladimi?”

So‘ngra bu oyat tushdi:


Magar kim tavba qilsa va imon keltirib, yaxshi amallar qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonlik – gunohlarini yaxshilik – savoblariga aylantirib qo‘yur” (Furqon, 70).

Payg‘ambar (s.a.v.) shuni Vahshiyga yozdilar. Vahshiy: “Albatta, oyatda shart bor ekan. Bu shart amali solihdir, bilmaymanki, amali solihga qodir bo‘lamanmi yoki yo‘qmi?” deb yozdi. So‘ngra Allohning ushbu so‘zi tushdi: “Albatta, Alloh o‘ziga sherik qilinishini kechirmas, shundan boshqa gunohlarni ozi xohlagan bandalar uchun kechirur” (Niso, 48). Buni Vahshiyga yozdi. Vahshiy javob qildiki, «Bu oyatda yana bir shart bor ekan, bilmaymanki, Alloh mening gunohlarimni kechiradimi yoki yo‘qmi?» Keyin Alloh bu oyatni tushirdi: “(Ey Muhammad), Mening o‘z



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə