Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
tiklanishiga xizmat qilar degan umidda bu kitobni chop qildirdim. Shu kichik bir 
xizmatimiz xalqimizga xushnud tushsa bobomiz vasiyatlarini va farzandlik burchimizni 
qisman bo‘lsa ham bajardik va u kishining ruhlarini shod etdik, deb umid qilgan bo‘lur 
edik. 
Uvaysxonto‘ra Alixonto‘ra Sog‘uniy nabirasi. 
 
 
SO’Z BOSHI 
Bismillohir rohmanir rohiym 
Ulug‘ ruhlik, to‘liq aqllik kishilarning aytishlaricha, har odam o‘zida bor 
yaxshiliklaridan, undagi ilm-hunar fazilatlaridan boshqalarga foyda yetkudek, keyingilar 
ibrat olg‘udek bir asar yozib qoldirishi, albatta, unga lozimdir. 
Men, Ali Sog‘uniy, yoshlik-yigitlik kunlarimdan boshlaboq arabiy, forsiy tillarini to‘liq 
ravishda o‘zlashtirdim. Zamonning menga ko‘rsatgan to‘sqinliklariga qaramay, Tangri 
yordamida keng ko‘lamda diniy, tibbiy, ayniqsa, tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘ldim. 
Arabcha, forsiychalarni yozish-so‘zlashgina emas, balki, bu ikki tilda kitob yozish, she’r 
aytish qobiliyati menda bo‘lsa ham, o‘z turkiy ona tilimni boshqa tillardan ortiqroq 
ko‘rdim. Chunki, qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar 
oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy 
huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. 
Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan 
yo‘qolishga majbur bo‘ladilar. 
Yuqorida oqillar tilidan aytilgan so‘zga qarab, o‘zimda topilgan fazilatlardan tarix ilmini 
tanlab oldim, chunki shu hozirgi davrimiz 1966 yilda, o‘z Vatanlarida turib g‘arib bo‘lgan 
xalqimiz uchun, tarix ilmi baliqqa suv o‘rnida bo‘lishi ko‘pdan beri menga sezilmish edi. 
O’tmishdagi tarixini unitib, endigi tarixini tuymagan bir millat, qorong‘uda qolgan qo‘lida 
tayog‘i yo‘q ko‘r kishi kabi qayoqqa oyoq qo‘yishini bilmaganligidan dushman yetakchisi 
keynidan ketishga majbur bo‘ladi. Ochiq fikrli, sezgir Vatan o‘g‘illari tarixning qanday 
zarur ekanligini mening shu so‘zlarimdan ilhom olib, chuqur tushunishlari kerak. 
Endi, Vatanim meni suymas ekan, men uni sevganligimdan, ulusim meni tanimas 
ekan, men uni taniganligimdan, Vatan ustida bo‘layotgan tarixiy o‘zgarishlarni va ham 
buning kelajakdagi yaxshi-yomon natijalarini ko‘rsatib, Vatan bolalariga ulgu (namuna) 
bo‘lgudek, boshqalar bundan ibrat olgudek tarixiy bir asar yozishga kirishdim. Biroq, 
men yolgizgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa 
qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olgayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari 
bilan o‘tkazdim. Endi esa soch-soqolim oqarib, qariligim yetdi. Yoshim saksonga erishib, 
ichki-tashqi kuchlarim orqaga chekindi, qarilik yuki ostida bukula turib, oldimizda ko‘rina 
boshlagan halokat chuquri yaqinlashayotganiga chidayolmay, kelajak bo‘g‘in nasllarimiz 
g‘amxo‘rligi uchun, har yoqlama qiyinchiliklar bo‘lsa ham, shu tarixni yozishga 
boshladim. Qalamim tilidan dardlik so‘zlarim qonlik ko‘z yoshima qo‘shilib, bu kitob 
varaqlari yuziga to‘kilmish edi. Shuning uchun buning otini «TURKISTON KAYG’USI»
 
qo‘ydim. 
Men bu asarimni, bundagi tarixiy so‘zlarimni hozirgi O’zbekiston atalgan o‘z Vatanim 
ulug‘ Turkiston nomiga yozishim kerak edi. Biroq bu yerlarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi 
kunlardagi eng og‘ir hodisalar, dahshatli voqealar, tubsiz dengiz kabi tuganmas doston 
bo‘lg‘onliqdan vaqtincha bo‘lsa ham ularni qo‘yaturib, shu kunlarda ajdarho og‘ziga 
kelib, bizdan ham ilgariroq yutilish oldida turgan Sharqiy Turkiston ustidan yozmoqni 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə