Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
yo‘lboshchimiz yo‘qligidan dahshatga tushib, izg‘irin sovuqqa qolib ketayotganimizda, 
«yilt» etib uch to‘rt yerdan o‘t yorug‘i ko‘rinishga boshladi. Ko‘zimiz unga tushishi bilan 
yo‘qolgan moli oldidan chiqqan kishiday barimiz quvonishib ketayotganimizda, birdaniga 
muz yorilib, belimdan suvga botib qoldim. Yo‘ldoshlarim hay-haylashib yurib, meni 
suvdan chiqarib oldilar. Qo‘njimga suv to‘lib, egin boshlarim butunlay ho‘l bo‘lgan edi. 
Yaxshiyamki, qo‘nolg‘uga kelib qolgan ekanmiz. 
Chiroq yonib turgan uy ustiga kelib: «Mehmon keldi, kishi bormi?», deyishimiz bilan 
uch to‘rt odam yugirishib chiqishdi. Qarasam, o‘z mahallamiz Beshkaram saroyidagi 
tanish savdogar yigitlar ekan. Meni ko‘rishlari bilan shoshilishgan holda o‘t ustiga 
kirgizib, ho‘l kiyimlarimni yechirishganlaridan so‘ngra, pishib turgan taomlarini qo‘ydilar. 
O’z uyimizda o‘tirgandek suyunishib, Toshrabod saroy qoshida tikilgan ko‘chmanchi qora 
uyda, o‘rtada osilgan cho‘ng qozon ostga yoqilgan ulug‘ olov gir to‘garagida, turk 
ulusidan tiniq ko‘ngilli, kular yuzli, to‘g‘ri so‘zli qirg‘iz, uyg‘ur yigitlaridan qo‘shma bir 
to‘p kishi bo‘lib o‘ltir-dik. Kun sovuq, qornimiz och. Hay, o‘sha kuni yegan tamoqning 
totig‘i, oradan 46 yil o‘tibdir, haligacha ko‘nglimda saqlanib turibdi. Shunday qilib, u 
kechani do‘st uyida yotganday ko‘ngil xushi bilan o‘tkazdik. 
Ertalab turganimizda qarasam, eskidan qolgan Toshrabod degan tarixiy saroy oldiga 
qo‘ngan ekanmiz. Buning birinchi binosi Koshg‘ar hokimi Muhammadxon tomonidan 
qurilmish edi. Bunisi esa, shayboniylardan 1006 hijriyda vafot topgan Buxoro podshohi 
mashhur Abdullaxonning zamondoshidir. Sharqiy va G’arbiy Turkiston savdo tijorat 
karvonlarini qaroqchilar hujumlaridan saqlash uchun, har ikki hukmdor o‘zaro kelishib, 
shu o‘rinda kuzatuvchi askar qo‘ymish edilar. Buning qanday natija berganligi ma’lum 
emasdir. Bu yerdan men o‘tgan vaqtda hech nar-sa qolmagan bo‘lsa ham, oldi 
tomonidan kirish eshigi ustiga bir ikki gazlik taxta toshlar qo‘yilgan va o‘rtadagi uzun 
yo‘lkaning har ikki yog‘iga solingan qirqtacha kelgudek gumbazli uylarning belgilari 
bo‘lib, qibla tomonida yuz kishi yotqudek mehroblik uy, usti o‘yilgan katta gumbazi bilan 
turgan edi. Shularga qaraganda, bu bino o‘z vaqtida anchagina hashamatli qurilish 
bo‘lgan bo‘lsa kerak. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Ertasi barimiz, o‘n kishicha bo‘lib, Toshrabod dovonidan 
oshib, Chodirko‘l bo‘yiga tushdik. Bu bosh oyog‘i ko‘rinib turgan, aylanasi o‘ttiz-qirq 
chaqirim kelgudek, kichikroq ko‘l ekan. Yo‘l yaqiniga qarab yangidan eriy boshlagan ko‘l 
muzini kesib o‘tib, To‘raqot saroyiga tushdik. Bu yerda, saroychi bir uylik uyg‘urdan 
boshqa, hitoy hukumati tomonidan qo‘yilgan hech kishi yo‘q edi. Bir kecha yotib, ertasi 
Koshg‘ar chegarasida To‘yuntepa degan joyga kelganimizda yo‘limiz ikkiga ajradi. To‘g‘ri 
ketsak Chaqmoq qorovul o‘rni bo‘lib, yo‘l tekshiruvchi xitoylar shu yerda turar ekanlar. 
Shuning uchun biz uch kishi boshqa yo‘ldoshlarimiz maslahatlaricha, so‘l qo‘l tomonga 
burilib, Qoratepa dovoniga qarab yo‘l ol-dik. Dovon ostiga kelganimizda, 1800 yillarda 
Koshg‘ar hokimi marhum Yoqubbekdan qolgan qorovul qo‘rg‘oni yonidan o‘tishga to‘g‘ri 
keldi. Oradan uzoq davr o‘tmaganlikdan qal’a binolari hali ko‘p buzulmagan edi. Bu 
haroba ko‘zimga ko‘rinishi bilan ikki Turkistonning ilgarigi tarixini ko‘nglimdan kechirib, 
endigi qayg‘ulik hollari ustida uzoq o‘ylanib to‘xtaldim. Ko‘ring o‘g‘uz, uyg‘ur kabi 
qahramon turk ulusi bolalarini! Ongsizlik, bilimsizliklaridan bugungi kunda qo‘loyoqlariga 
qullik asirlik kishanlari solingan holda, insoniy huquqlaridan butunlay ajragandirlar. 
Bosqinchi dushmanlari hisobiga, o‘z ona Vatanlarida turib, qandayin xor zorlik bilan 
hayvonlarcha erk ixtiyorsiz, majburiyat qamchisi ostida ishlab turibdilar. 
Ulug‘ qudrat egasi Allohdek xudosi bor, butun olamga rahmat keltirgan Muhammad 
alayhissalomdek yo‘lboshchisi bor, xudo qonuni bo‘lgan Islom dinidek dini bor 
musulmonlarning bu kabi xorlikka qolishlari, Qur’on hukmiga ko‘ra mumkin emasdir. 
Chunki Qur’onning aytishicha, Islom dini ilohiy bir qonundirkim, buni to‘lig‘i bilan amalga 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə