Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
Yana o‘z so‘zimizga qaytaylik. Koshg‘ar safaridan kelganim so‘nggida marhum otamiz 
Shokirxonto‘ra hoji nasihatlaricha yozda dehqonchilik qilib, qishda tungonlar aro diniy 
xizmatda umr o‘tkazdim. «Har oqil odam o‘z zamonasiga yaxshi tushunishi va shunga 
qarab ish qilishi kerak», degan payg‘ambarimiz Muhammad alayhi vasallamning 
hikmatlik so‘zlaridan ilhomlangach, zamonamizda yangidan chiqa boshlagan 
kommunizm asoslarini chuqur tekshirib, hammadan ilgariroq unga yaxshi tushundim. Bu 
maslak butun dunyo bo‘yicha borliq dinlarga, ayniqsa islom diniga o‘t bilan suv, tun bilan 
kun kabi qarama qarshi ekanligini aniq bildim. Shunday bo‘lsa ham chin so‘zlab, to‘g‘ri 
tushunishga o‘rganganim uchun boshlang‘ich davrining aldov siyosatlarini chin chog‘lab 
(bilib, o‘ylab, tushunib), unga ishonmish edim. Shundoqki, taxminan 1921 yili Ulyanov 
Lenin tilidan tubandagilar yozilmish edi: «Agar O’rta Osiyo musulmonlari o‘z 
turmushimiz uchun Qur’on hukmi yetarlidur, Qur’on rahbarligi ostida yashovni istaymiz 
desalar biz buni, albatta, qabul qilishimiz kerak». 
Musulmonlarga yoqimlik bunday yaxshi so‘z Lenin tilidan aytilib, gazetada 
bosilganligidan ta’sirlanib, bular haqida o‘ylagan fikrlarim bir oz o‘zgara boshladi. 
Shuning uchun boshqaga qaramay, To‘qmoq jome’ masjidida har juma eng ozi bilan 
minglab xalq ichida va’z majlisi ochib dinsizlikka qarshi kurash boshladim. Yuqorigi Lenin 
so‘zidan foydalanmoqchi bo‘lib boshlagan bu ishimni 3 4 yil uzluksiz davom etmish edim. 
Bu ishdan ko‘zlagan maqsadim esa, Ibrohim xalilullohni kuydirish uchun yondirilgan 
Namrudning' ulug‘ olovini o‘chirmoqchi bo‘lib, tumshug‘ida suv tashigan qaldirg‘och kabi, 
ilohiy qonun deb o‘zim ishongan Islom diniga ko‘nglimdagi sadoqatimni bildirish edi. 
Shunga ko‘ra ko‘ngildan chiqqan so‘z yurakka yetar deganday, manim bu diniy va’zlarim 
xalq ko‘ngliga to‘liq ta’sir qilayotganligini ko‘rgach, temir qo‘lliq siyosiy idoralar meni 
o‘zlarining o‘nglanmas dushmani hisobladilar. Ana shu kundan boshlaboq aytgan 
so‘zlarim kundan kunga tekshirish ostig‘a olindi. Oxiri 22 yili GPU (Glavnoe politicheskoe 
upravlenie - Bosh siyosiy boshqarma, chekistlar idorasining o‘sha vaqtdagi nomi) 
jallodlari tomonidan qo‘lga olinib, hozirgi Qirg‘iziston markazi Pishpek shahrining yer osti 
qamoqxonasida yotdim. Bu kabi dahshatlik ishni birinchi ko‘rib, bundayin vahshiylik 
o‘ringa dastlab kirganligimdan, 6u joyda ko‘p yotmagan bo‘lsam ham, bu zulm 
zarbasidan ko‘nglimning ichki tashqi hissiyoti yaxshigina yaralanmish edi. Yuqorigi Lenin 
tomonidan aytilib, gazetada yozilgan so‘zlar bari yolg‘on bo‘lib, aldov tuzog‘i ekanligi 
keyin bilindi. 
Ilgari o‘tgan payg‘ambarlardan Yusuf alayhissalom Fir’avn vazirining xotini Zulayho 
boshliq qilingan fitnalar ostida bir rivoyatda 7 yil, ikkinchi rivoyatda 12 yil zindonda 
qolmish edilar. So‘ngra Misr podshohi Fir’avn ko‘rgan tushining ta’birini hech kim 
chiqarolmay turganida uni Yusuf alayhissalom yo‘yib: 7 yil to‘qchilik, 7 yil ocharchilik 
bo‘lishidan xabar berib, agar vazirlik xizmati o‘ziga topshirilar ekan, bunga yaxshi 
choralar ko‘rib, xalqni bu balodan saqlay olishini bildirmishdir. Shu 
bahona zindondan qutulib chiqar chog‘ida eshigi ustiga uch og‘iz so‘z yozib qoldirmish 
edi. «Bu joy tiriklarning qabridur, dushmanlarni suyundirur, do‘stlar sinalg‘usidur». 
Hazrat Umar roziyallohu anhu imkoniyat boricha musulmonlarni qamoq qilmasga 
buyurmish edi. Shuning uchun Islom shariatida bu jazoning uch yildan ortiq bo‘lishiga 
ko‘pincha yo‘l qo‘yilmaydir. Chunki bundan uzayib ketar ekan, insonlar har to-monlama 
zararlanishi, ayniqsa oilaviy turmushlari vayronlikka uchrab, harob bo‘lishi shubhasizdir. 
Agar bir kishi men bu dunyoda turmayman deb qasam ichgan bo‘lib zindonband bo‘lsa, 
shariat bo‘yicha uning qasami buzilmaydi. Bu esa, zindon ichi shariat oldida dunyo 
yeridan emasligini ko‘rsatadi. Islom qonuni hukmida butun dunyo davlati nohaq to‘kilgan 
bir kishining qoniga arzimaydi. Hozirgi dinsizlar hokimiyati oldida esa kishi o‘limi eshak 
o‘limicha ham qadri qolmaganligini ko‘rib turamiz. O’zlaricha siyosiy jinoyat hisoblagan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə