Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
tayyorladi. Birinchi sizlarni shu bilan tabriklayman», — demishdir. Hozirgi tarixdan qirq 
necha yillar ilgari aytilgan uning bu sovuq so‘zi aytilgancha qolmay, balki kun sayin 
amalga oshayotganlikdan, u kunlarda 10% ga yetmagan ruslarning soni shu kunlarda 
tezdan oshib borayotgani ko‘z oldimizda turibdi. 
Endi boshdan-oyoq bu kabi fojialik tarixiy so‘zlarni yozishimdan ko‘zlagan mening 
tubgi maqsa-dim esa quruq dostonchilik emas, balki butun insoniy huquqlaridan 
mahrum etilgan, o‘z Vatanida tu-rib garib bo‘lgan Turkiston xalqini, ayniqsa, hozir-gi va 
kelajakdagi Vatan yoshlarini ogohlantirib, o‘lim uyqusidan uygotishdir. Ko‘nglimdagi 
munglik qaygularimni qalam tumshugidan to‘kib yozgan bu ki-tobimni o‘quvchi va ham 
eshituvchi vatanparvar, mil-latsevar qahramon bolalarimizga mening topshiri-gim shulki, 
tilim uchidan emas, dardlik dilim ichidan chiqarib yozgan yolqinlik so‘zlarimni faqat uqib-
gina o‘tmasdan har bir otz so‘zini tekshirib
1
, uning ustida fikr yuritsinlar. Insoniyat 
taraqqiyoti emas, madaniyat taraqqiyoti bo‘lmish XX asrimizda-gi insonlar milliy, 
vataniy, diniy huquqlarini saqlash uchun qaysi narsalarni qo‘lga keltirishi za-rur 
ekanligini yaxshi tushunib, uning chorasiga ki-rishsinlar. 
Xaqiqatda esa, erklik Vatan hokimiyati o‘z qo‘limizda bo‘lmagach, boshqalar foydasiga 
butun huquqla-rimiz oyoq ostiga tushib depsalmoqda. Lekin huquqlar himoyasining eng 
kuchlik quroli hisoblangan ilm-hunar, maorif eshiklari hozirgi kunda inson olami yuziga 
butunlay ochiqdur. Shu sababdan tushungan Vatan o‘glon-qizlarimiz zamonaviy har ilm-
hunarni asosi bilan yaxshi tushunib, imkoniyat boricha bilib o‘zlashtirishga boshqalardan 
ortiqroq kirishmoqlari lozimdur. Chunki, «Ish bilganniki, qilich — urganniki» degan 
hikmatli otalar so‘zini amalga oshirar ekanlar, albatta, Vatan ahllari, ayniqsa, zamonaviy 
o‘qishib yetishgan o‘gil-qizlarimiz o‘z ishlarini bajarib, munosib o‘rinlariga ega bo‘la ola-
dilar. 
Agar qo‘lida sharoit bo‘la turib, bir qonuniy mamlakatda o‘z qonuniy haqqiga ega 
bo‘lolmaganlar kishilik sharafidan ajragan, insoniyat haqqini tanimagan, odam suratlik 
hayvonlardir. Chunki sharo-iti topilsa ham, o‘z haqqiga yetolmaslik esa ojizlik ustiga 
ishga yaramaslik demakdir. Bunday odamlarni o‘tgan donishmandlar misol keltirib, 
ogzida-gi nonini itga oldirgan, qo‘l-oyogi sog, qurollik ki-shiga o‘xshatadilar. 
Mana shuning uchun payg‘ambarimiz Muhammad alay-hissalom ummatlarini 
tubandagi uch narsadan bek saqlanishga buyurmishdir: 
1.
 
Ojizlik, 
2.
 
Qo‘rqoqlik, 
3.
 
Dangasalik-ho‘rinlik. 
Sharoiti bo‘la turib, o‘z haqqiga ega bo‘la olmagan kishini arabchada «ojiz» deyiladi. 
Kishi nima narsadan qo‘rqsa, shu narsa qo‘rquvchi boshiga balo bo‘lib, aning oldida 
maglubiyatga uchray-di. Ko‘rqoqlar ko‘p yaxshiliklardan quruq qoladilar. 
Dangasalik-ho‘rinlik — bu esa ishchanlikka qarshi bo‘lib, hayot olamida insonlar uchun 
eng ziyonlik yomon sifatlardandir. Shuning uchun payg‘ambarimiz sallallohu alayhi 
vasallam: «Tani sog bekorchi, dangasa odamlardan Xudo bezor», — dedilar. Yana 
payg‘ambarimiz aytishlaricha, har bir aqli bor odamlar o‘z holatlarini tekshirib turishlari
o‘z zamonasiga to‘liq, yaxshi tushunishlari, albatta, lozimdir. 
Biz, O’zbekiston xalqi, haqiqatda shu vatan ahllarimiz. Inson nasli yaratilib, yer ustiga 
qadam qo‘ygan kundan boshlab, bizning ota-bobolarimiz shu O’zbekiston o‘lkasida 
yashab kelgan ekanlar, shu kunlargacha tiriklarimizni bo‘ynida ko‘tarib, o‘liklarimizni 
qo‘ynida saqlamishdir. Bu O’zbekiston Vatanimizning bir qatlami biz o‘zbek xalqi ota-
bobolarimizning suyaklari bilan ko‘tarilmishdir. Demak, bo‘ynida ko‘targan, qo‘ynida 
saqlab oq sut berib tarbiyat qilgan bu O’zbekiston — Turkiston bizning o‘z ona 
vatanimizdir. 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə