Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120
 
 
QORAKO’L SHAHRI 
Shu bilan To‘qmoqqa kelib ming turli tashvishlar orqali biror yil o‘tkarib edim, shu 
orada o‘ntacha shogirdlarini ergashtirgan holda mashhur Lo‘liqori laqablik Ro‘ziqori 
domla biznikiga mehmon bo‘lib Andijondan kelib qoldi. Bu kishi biz bilan Buxoroda bir 
pir, bir ustoz bo‘lg‘onlikdan, eng hurmatlik sanalgan aziz mehmonimiz edi. Imkoniyat 
boricha besh-o‘n kunlab mehmonnavozlik xizmatimizni bajo keltirdik. Qarasam, bu 
yerning ob-havosi mijozlariga to‘g‘ri kelib qoldi. Asli maqsadlari esa Qorako‘l (Hozirgi 
Qirg‘iziston shahri)
orqali Yorkentga, u yerdan G’uljaga o‘tmoqchi ekanlar. Yo‘lboshchilari 
u tomondan xabar kelturguncha shu yerda turmoqchi bo‘ldilar. Darhol o‘z istaklaricha, 
To‘qmoqdan o‘n ikki chaqirimlik tog‘ ichidagi Bektoshota mozo-riga chiqarib qo‘ydim. 
Bektoshota — hozirgi tarixdan 900 yil ilgari o‘tgan Turkiston hoqonlaridan Jambuldagi 
Avliyoota laqablik Qoraxon podshoh bilan zamondoshdir. Bek-toshota u kishining 
laqablari bo‘lib, nomlari esa Abdulaziz bobodir. Mehmonlarimiz bu mozorga chiqa-
rilgach, ixloslik musulmonlar bular uchun har to‘g‘rida yordamlarini ayamadilar. Orada 
30 — 40 kun o‘tgandan keyin bularni G’ulja tomonga kuzatib qo‘ydik. 
Shu kunlar dahriylar davlatining boshlang‘ich davri bo‘lganliqdan GPU jallodlarining 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
dahshatli hara-katlari avj olmish edi. Bular ketib 5 — 10 kun o‘tar-o‘tmas meni 
Pishpekka chaqirib so‘roqka olg‘andin so‘ngra qamoqqa buyurdilar. Ketganlar ustidan 
necha qayta so‘roq o‘tkazib ilintira olmagach, uch oy chamaliq qamoqda yotib, yana 
bo‘shanib chiqdim. Bu esa to‘rtinchi yo‘l qamalishim edi. 
Shu sababli safar taraddudini ko‘rib, To‘qmoqdan 250 chaqirim chamali sharq 
tomondagi Qorako‘l shahriga bormoqchi bo‘lib, yo‘lga chiqdim. To‘qmoqda turgan 
otushlik Abdurahmon tuyachi safar yo‘ldoshim bo‘ldi. Uydan chiqqach, orada bir qo‘nib 
Issiqko‘lga yetdik. U kunlari eng ko‘ngilli, manzarali bo‘lgan ko‘lni bo‘ylab yurganimizcha 
To‘qmoqdan chiqib beshinchi qo‘nalg‘uda sha-harda bo‘ldik. Qorako‘l shahrining qurilgan 
o‘rni — go‘zal manzarali, ko‘rkli bo‘lib bir yog‘i ko‘m-ko‘k shi-shadek ko‘karib turgan ko‘l 
qo‘ltig‘iga, ikkinchi tomoni, to‘g‘ri ko‘chalar bo‘lib, cho‘zilg‘anicha yam-yashil qara-g‘ayli 
toqqa borib tutashgan edi. Biz borgan kunlari may oyiga to‘g‘ri kelganlikdan havo 
ochig‘ida ko‘l ko‘kday ko‘rinib, dala, tog‘-toshlari yam-yashil bo‘lib ko‘zga tash-lanur edi. 
Shaharga kirgach, marhum otamiz qadrdonlaridan otushlik Ro‘zioxun hojim uyiga 
tushdik. 
Qorako‘l shahri necha tomondan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir yer ustiga 
qurilmishdir. Birinchidan, bu joylarni butun tarixiy kitoblarda Turkiston beshigi, turk 
otasi O’g‘uzxon poytaxti deb ataydilar. Ikkinchidan, islomdan ilgari madaniyatli o‘g‘uz 
turklari bo‘lgan Ediqut elining tupki vatanlari bo‘lib, Bolosog‘un esa turk hoqonlarining 
poytaxti edi. Uchinchidan, Movarounnahr (Turon) mamlakatlarida mo‘g‘ullar hokimiyati 
Temur sulton tomonidan zarbaga uch-ragach, To‘g‘luq Temirxon o‘g‘li Ilyosxo‘ja 
qo‘shinini taqamish qilib yuz ming askar bilan kelayotgan Amir Temur Issiqko‘l bo‘ylab 
Qorako‘l, Qorqora, Tekas, Ko‘ksuv, O’g‘uz orqali o‘tib, cho‘ng Yulduzga tushmish edi. 
U yerdagi mo‘g‘ul qoldiqlari ham yengilgach, Ilyosxo‘ja o‘g‘li O’g‘lonxon o‘z askari 
bilan Oltoy orqali Qoraqurum Mong‘uliyaga qochmishdir. Bular ortidan Mirzo Ulug‘bek 
bobosi Temur sulton buyrug‘i bilan 
o‘n ming otliq askar olib quvgan bo‘lsa ham, qochqinlarga yetolmay, Ertish suvidan 
quvib o‘tkazib ortga qaytmish edi. So‘ngra Ulug‘bekga yetarlik askar qo‘shib Muzdovon 
orqali Oltishaharga o‘tish, u yerlardagi mo‘g‘ullar hokimiyatini bitirgach, Koshg‘ar orqali 
An-dijonga borishni buyurdi. O’zi bo‘lsa bor lashkari bilan g‘olibiyat zafar bayrog‘ini 
ko‘targanicha Yulduzdan qaytib Toyoshuv, Dog‘ut, Kunas orqali To‘g‘luq Temirxon 
poytaxti Olmalig‘ga, hozirgi Qo‘rg‘osga kir-di. Bu yerdagi xon xazinalaridan qoldiqlarini 
sipi-rib olgandan so‘ngra, hoqon oilasiga ega bo‘lib, xon qizini o‘ziga nikohga olgach, 
mo‘g‘ullar uni ko‘ragon (kuyov) deb atadilar. O’z rasmlaricha ulug‘lab, xon qizi tarog‘ini 
yuz mo‘g‘ul, sirg‘asini yana yuz mo‘g‘ul oltin qutilarga solishib boshlarida 
ko‘tarishganlaricha Sa-marqandga keltirdilar. Shular urug‘idan Taramochi, Sirg‘ali 
nomida ikki qabila o‘zbeklashib, Samarqand, Shahrisabz atrofida hozirgi kunga dovur 
yashab kel-moqdalar. Temur sulton shu safarida mo‘g‘ullarga eng so‘nggi qahshatqich 
zarba berib, Turon-Turkiston elidan ularning hokimiyatini tub-tomiri bilan yulib 
tashlamishdir. Chingiziylar davlatining so‘nggi hoqoni To‘g‘luq Temirxonning 
Samarqandga keltirilgan xazi-nasi ichida yashil toshdan yasalgan birovi ko‘k, ikkinchisi 
— ok tusli kattaroq taxt toshlari ham bor edi. Samarqandda «Xitoydan kelgan ko‘ktosh» 
degan xalq og‘zidagi so‘z asli shundan chiqqan bo‘lishi kerak. Ko‘rganlardan 
eshitishimizcha, bu toshlarning to‘rt puch-mog‘ida kosa og‘zidek to‘rt o‘yig‘i bor ekan. 
Turkiston xalqi o‘zlariga bir kishini xon ko‘tar-moqchi bo‘lsalar, rasm odatlaricha shu 
o‘yiqlarga tilla to‘ldirib qo‘yar ekanlar. So‘ngra, yuz kishi sig‘ib o‘ltur-g‘udek, katta bir oq 
kiygiz ustiga xon bo‘lmish kishini o‘ltirg‘izib, to‘qson ikki bovli (unvonli) o‘zbek-turk 
urug‘idan kelgan to‘qson ikki ulus beklari ko‘ta-rishib, taxt toshi ustiga qo‘yar ekanlar. 
Palonchini xon ko‘tardik degan so‘z asli shundan chiqmishdir. Bu esa butun xalq uning 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə