Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
 
 
ANDIJON SAFARI 
Yuqorida yozilmish ediki, Millat majlisi a’zolaridan biri akamiz Olimxonto‘ra bo‘lgan 
Ho‘qand (Turkiston) muxtoriyat hukumati saylanmish edi. Bu ish boshlanib 2 oy o‘tar 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
o‘tmas, ochiq vagonlarga to‘pzambaraklar qurgan holda kelishgan bolsheviklar askarlari 
Ho‘qandni to‘pga tutishib, ko‘p harob qilganliklarini ham yozgan edik. Albatta bunday 
kunlari eng og‘ir qo‘rqinchli ishlar hukumat a’zolari ustida bo‘lishi hammaga ma’lumdir. 
Shuning uchun akamizdan ochiq bir xabar kelmagach, jigarchilik ekan, chidab turolmay, 
jonfido do‘stlarimizdan marhum tungon Ibiloxunni yo‘ldosh olib, Andijon safariga 
chiqdim. 
U kunlari esa inqilobning boshlang‘ich davri bo‘lg‘anlikdan, safar yo‘llarimiz ham 
anchagina qo‘rqinchlik edi. Shunday bo‘lishiga qaramay safar toati bo‘lg‘och Tangriga 
tavakkal aylab yo‘lga tushdik. Pishpek, So‘quluq, Oqsuv, Qorabolta, Oshmorodan o‘tib, 
to‘rtinchi qo‘noqqa Merkiga yetdik. Bu, Bolosog‘un shahri kabi islomdan ilgarikeyin 
Turkiston tuprog‘ida yashagan madaniy o‘troq o‘g‘uz turklarining shahri ekanligi 
atrofdagi harobalardan ochiq bilinib turardi. Endi esa ilgari ota bobolarimiz o‘g‘uz turklari 
yashagan ona Vatanimiz yerlariga boshi Issiqko‘l, oyog‘i O’trordan o‘tib, Sirdaryo 
bo‘ylarigacha yerlik xalqdan ko‘proq ruslar ega bo‘lib o‘tiribdilar. Shu bilan Merkida bir 
qo‘nib, ertasi tog‘ yo‘li bilan yurmoqchi bo‘lib kun yurish tomondagi Tyan-Shan tog‘lari 
ichidagi Jarg‘ard dovoniga qarab jo‘nadik. Bu oshuv esa orqa Turkiston bilan Farg‘ona 
vodiysi oralig‘idagi Olatou tog‘lari ichida eng egiz dovonlardan hisoblanadi. Buni oshib 
o‘tgach, ikki tomoni baland tog‘lar bilan qurshalgan qalin to‘qaylik Sochqansoy degan tor 
o‘zanga tushdik. 
Bu tog‘li yaylov yerlarida turk uluslaridan Sayaq, Jetigan qirg‘izlari yashar ekanlar. El 
yaylovdan ko‘chib qishlovga tushgan kunlariga to‘g‘ri kelganimizdan, ko‘ch oralab 
yurguncha xufton vaqtida soy o‘rtasiga yetdik. Bu o‘rtada yo‘lovchilar uchun belgilangan 
qo‘nolg‘u o‘rinlari yo‘q ekan. Kech kirib gugum (g‘ira-shira, qorong‘i)
tushib qosh 
qoraygach yo‘ldan chekkaroqqa chiqib, atrofi ochiq bir tog‘ betida yotdik. Chunki 
kechqurun yo‘l kelayotqanimizda ko‘rishgan ko‘chmanchilar ko‘zlari bizga tushib, shu 
yaqin orada qo‘nib qolishimizni payqagan edilar. Har ikki tomoni olislashgan uzun tizma 
tog‘lar orasida kelayotgan yaxshi otliq qurolsiz ikki yo‘ldoshga bu tog‘ qashqirlarining 
ko‘zlari tushgach, qiziqib qolmasinlar deb shu kechani uyg‘oqlik bilan o‘tkazmoqchi 
bo‘ldik. 
Tong oshiradigan otlarimizni qalmoqchasiga olishtira (almashtirib, sodda-mustahkam) 
bog‘lab, oyoqlariga chiydar (ot tushovi) solingan holda ko‘z oldimizga keltirib qo‘ydik. 
Shu kecha tun qorovullig‘ini o‘zim olmoqchi edim, biroq yo‘ldoshim Ibiloxun meni 
qo‘ymasdan bu xizmatni yolg‘iz o‘zi bajarmoqchi bo‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, men unga 
ko‘p ishonolmay, tun yarmi o‘tgach meni o‘yg‘atib o‘zi uxlashi sharti bilan yotdim. Ot 
ustida o‘n soatlab uzun yo‘l yurib charchaganimdan shunday bosh qo‘yishim bilan qattiq 
uyquga ketibman. Bir vaqt uyg‘anib qarasam Ibiloxun dang qotib uxlab yotibdi. Otlar 
ikkovi ham yo‘q. «Hay, senga nima bo‘ldi?» deb qattiq qichqirishim bilan u ham 
uyg‘ondi. Nima qilishimizni bilolmay ikkalamiz ham bek shoshqinliqqa tushdik, chunki bu 
yerning har ikki tomoni ham yayov yurishga uch-to‘rt kundan kam bo‘lmagan, xatarlik 
yo‘l edi. Xurjun-xalashlarimizni ko‘tarishib, oziq ovqatsiz bir necha kunlab yo‘l yurishga 
to‘g‘ri kelar edi. 
Shuning uchun Rasululloh sallallohu alayhi vasallam safar xatarlaridan saqlanish 
uchun uydan chiqar oldida ikki rakat safar nomozini o‘tab, «Al-hamdu» surasi so‘nggida 
«Oyatal kursiy» yoki ikki marta «Qul’auzu» surasini o‘qib, nomozdan so‘ngra shu duoni 
qilishni buyurdilar: «Allohumma inni auvzu bika min va asoissafari va kaobatil 
munqolabi va suvil manzari fil moli val ahli val vald». Ma’nosi: «Ey bor xudoyo, safar 
xatarlaridan saqla! Qaytib kelishda mol, jon yoki oila ichida ko‘ngilsiz, yomon ishlar 
ustiga chiqishdan asra» demakdir. 
Qarasak, vaqt yarim kechadan og‘mish edi. Bizlarga ko‘zlari tushgan ko‘chmanchilar 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə