Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
ongli va ilg‘or fikrlik boylar otilib, chopilib, o‘liklari ohak suviga tashlandi. Qolganlarning 
ko‘p qismi o‘limdan ortiq qiynov turmalarida uzoq yotqizilgandan so‘ngra, yiroq yerlarga 
surgunga yuborilib, eng og‘ir ishlarda ushlanmish edilar. Ularning oldi yigirma besh, eng 
keyini o‘n yilga surgun bo‘lganlikdan, yuzdan biri qaytib kelgan bo‘lsalar ham, u yerda 
salomatliklari buzulganligi sababli, kelgan so‘nggida yashovchilar soni juda oz ko‘rinmish 
edi. 
Rusiya tuprog‘idan ko‘tarilgan fitna vulqonlari butun mamlakat bo‘ylab alanga olib, 
uning uchqunlari chegara tashqarisiga ham tushgan edi. Men shundayin og‘ir ahvol, 
qiyin kunlarda chuqur fikr, katta umidlar bilan Koshg‘arga kelmish edim. Qarasam, bu 
yerdagi ongsizlik, ilmsizlik balosi bizdan yuz daraja ortiq ekan. Buni ko‘rgach, o‘ylagan 
rejam buzilib, o‘zim hayronlikda qoldim. Bo‘lmasa shu kunlari, Koshg‘arda oyat hadis 
tafsiri, har turli diniy ilm o‘qituvchilari yuzlab, o‘quvchilar esa necha minglab topilur 
edi. Butun O’zbekiston, Qirg‘iziston shaharlarini qoplagan uyg‘ur savdogarlari bu 
yerlarda bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan xalq ustidagi dahshatli ishlarni ko‘zlari ko‘rib, o‘zlari 
ham tortmish edilar. Minglab eshitgandan, bir marta ko‘rganning ta’siri ortiq bo‘lishi 
kerak edi. 
Endi shunisi qiziq, eng hayron qolurlik ishdurki, uyg‘urlar qon qarindoshlari o‘zbeklar 
boshiga kelgan shundayin ulug‘ ofat balolarni ko‘ra-bila turib ongsizlik, ilmsizlik kasofati 
sababli bundan ta’sirlanib qilchalik ibrat olmagan edilar. Chunki, bu shum maslak 
rivojlanishiga ikki narsa, ya’ni kambagallik va ongsizlik bo‘lishi, albatta, shartdur. Bular 
esa Rusiya tuprogida, ayniqsa Sharqiy Turkistpon va Xitoyda to‘lshi bilan topilganlikdan, 
dahriylar bundan foydalanib, shu buzuq maslaklarini bu joylarda rivojlantira oldilar. 
Natijada qurol kuchi bilan majburiyat orqali xalq bo‘yniga yuklanib, shu kungacha 
tushurolmas ogir yuk bo‘lib ortilib qoldi. Endi bu yerda qancha turgan bo‘lsam, menga 
hamkor bo‘lgudek, kelajak uchun qaygurgan bir kishini bo‘lsa ham ko‘rolmadim. 
Onggi ochilmagan, bilimsiz bir millat o‘z dushmanlari oldida qushxonaga 
haydalayotgan bir to‘p hayvondan hech qanday ayirmasi yo‘qdir. Insonning o‘ziga eng 
yaqin halokatlik dushmani ongsizlik, ilmsizlikdir. Shunga ko‘ra Alloh taolo Qur’onning 
birinchi surasini o‘qish, uqish, bildirish, yozish kalimasi bilan boshlamish edi. 
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam erkak ayol, o‘gil qiz demay butun ummatlarini 
ilm o‘qishga buyurdilar. Kerakligicha din ilmini o‘qish hammaga farz bo‘lganidek, o‘z 
hukumatini, Vatanini va millatini saqlash uchun zamonaviy fan ilmini o‘qib bilishlik ham 
farzdir. Bu esa Kur’onda xudo tomonidan «Va a’iddu va lahum man quvvatin 
mastata’tum» oyati bilan ochiq buyurilmishdir. Ma’nosi: «Dushmanlarga qarshi 
qo‘linglardan kelguncha qurol kuchi tayyor qilinglar», demakdir. Payg‘ambarimiz 
sallallohu alayhi vasallam: «Alo innal quvvata arramyu», deb uch qaytarib aytdilar. 
Ya’ni, «hushyor bo‘linglarkim, albatta kuch quvvat dushmanga o‘q otmoqdir», dedilar. 
Bundan 1380 cha yillar ilgari aytgan so‘zlari qanday to‘gri ekanligini hozirgi fan ilmi 
ochiq isbotlab, o‘z ustimizda tajriba o‘tkazdilar. Endi o‘tmishdagi ishlarimizdan o‘kinib 
o‘ltirish o‘rniga, ulardan ibrat olib, kelajagimiz uchun hozirlik ko‘rishimiz kerakdir. Chunki 
ikki Turkiston bolalari ikki ajdarho ogziga yutilish oldida turibdilar. Bundan qutulishning 
birdan bir chorasi esa zamonaviy ilm fan bilan to‘liq qurollanib, buning ustiga milliy 
hislaridan ajralmay o‘z ona tillarini jon o‘rnida asrashlari lozimdir. Bu o‘rinda nega 
«milliy his» dedik, «diniy his» demadik? Buning sababi esa dahriylar hukumati 
qurilgandan boshlab butun diniy maktab va madrasalar yo‘qotilib, keyingi ta’lim-tarbiya 
ishlari dinsizlik asosiga qurilmish edi. Shundan buyongi maktab bolalarimiz diniy tarbiya 
ko‘rmaganlikdan musulmonchilik yo‘llarini yaxshi taniyolmay qoldilar. Shunga ko‘ra 
Vatan bolalariga diniy tarbiyat to‘silgan bo‘lsa ham, endi o‘z milliyatlarini saqlash uchun 
til tarbiyatlaridan sira ajramasliklari kerakdir. Chunki har qanday bir millat o‘z dinidan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə