Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc



Yüklə 242,15 Kb.
səhifə1/26
tarix11.06.2022
ölçüsü242,15 Kb.
#89366
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
NZ9WcE5T3WMS6Ydg385 (2)


Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti, vazifalari va manbalari

Reyespublikamizda avtomobil sanoatini rivojlantirish borasida shaxsan Respublika Prezidenti va shu soxa mutaxassislari jonbozlik ko'rsatmoqdalar. Buning dalili etib shu kungacha ishlab chiqilgan hukumat qarorlarini, chop etilgan kitob va ilmiy maqolalarni aytish mumkin:



  1. И. Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Тошкент-“ Ўзбекистон”, 2009.-56 б.

  2. Буюк ва муқаддассан, мустақил Ватан. /ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, ЎзР маҳалла жамғармаси; Масьул ижодий гуруҳ. А.Ш.Бекмурадов [ва бошқ.]. – Т.: “O’gituvchi” НМИУ, 2011. – 200 б.

  3. Ўзбекистон республикасида автомобил саноатини ривожлантириш ва уларни эксплуатациясини ташкил этиш юзасидан хукумат қарорлари, етук олим ва мутахассисларнинг фикрлари, чиқишлари ва илмий мақолалар (1991йилдан шу кунгача);

  4. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг «ЎЗДЭУАВТО Ко автомобилларини ишлаб чиқариш, сотиш ва техник хизмат кўрсатиш масалалари ҳақидаги» қарори, 03.09.1996 й. N 304;

  5. Ўзбекистон республикасининг «Автомобил транспорти ҳақидаги» қонуни, 29.08.1998 й. n 674-I;

  6. Ўзбекистон республикасида 2000-2005 йилларда шаҳар йўловчи транспортини ривожлантириш тамойили, ЎЗР ВМ нинг 26.11.1999 йилги n 51 қарорига n1 илова;

  7. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг «Ўзбекистон республикасида шаҳар йўловчи транспортини ривожлантириш тамойили ҳақидаги» қарори, 26 .11.1999 й. n 513;




  1. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг «Тошкент шаҳрини йўловчи автобуслари билан таъминлаш ҳақидаги» қарори, 24.09.2002 й.n 331;

  2. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг «ДЭУ корпорацияси ишлаб чиқарган автобус ва коммунал техникаларини сотиб олиш ҳақидаги» қарори, 01.02.1999 й. n 45;

  3. Ўзбекистон республикаси президентининг «Автомобил транспорти соҳасида монополиядан чиқариш ва бошқаришни мукамаллаштириш ҳақидаги» фармони, 04.06.2001 й. n уп-2871;

  4. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг «Автомобил транспорти соҳасида бошқариш таркибини мукаммаллаштириш чора-тадбирлари ҳақидаги» қарори, 05.06.2001 й. n 245;

  5. Ўзбекистон республикаси вазирлар маҳкамасининг «Транспорт воситаларини техник кўрикдан мажбурий ўтказиш низомини тасдиқлаш тўғрисидаги» қарори, 31.01.2003 й. n 54;

Yuqorida keltirilgan kitob, maqola va qarorlarda Respublikada avtomobil sanoatini rivojlantirish va ularni ekspluatatsiyasi bo'yicha bajarilayotgan va bajariladigan masalalar xamda shu kun talabiga javob beradigan yosh avlodni yetishtirish yuzasidan fikr va mulaxazalar keltirilgan.
Respublikamiz 1991 yil mustqillikka erishgach mamlakat iqtisodiyotini isloh rejasini ishlab chiqish davrida, avtomobil transporti va avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish muhim masalalardan biri deb qaraldi. Shu sababli mustaqillikning dastlabki illaridayoq Respublika Hukumati shaxsan Respublika Prezidenti tashabbusi va rahbarligida respublikada avtomobil sanoatini tashkil qilish va rivojlantirish bo'yicha qarorlar qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirila borib 1996 yilda respublika avtomobil sanoati o'zining birinchi mahsulotlarini bozorga chiqardi. Shu bilan birga mamlakatimiz oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida avtomobilsozlik uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
Mamlakatimiz avtomobil transportidi o'tkazilgan islahatlar natijasida Respublika avtomobil parkining bo'linishi sababli avtomobillarga muttasil ravshda texnik xizmat ko'rsatuvchi, ta'mirlovchi, yonilg'i-moy, ehtiyot qismlar va boshqa avtomateriallar bilan ta'minlovchi hammabop, servis usulida ishlovchi mustaqil korxonalar xizmatiga talablar keskin oshib ketdi. Chunki yangi shakllangan avtotransport egalarining ko'pchiligi o'z texnik ta'minlash bazasiga ega emas, buning uchun esa maxsus xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan avtoservis korxonalar xizmatidan foydalanishi zarur va maqsadga muvofiq edi. Avvallari faqat aholi avtomobillariga texnik xizmat ko'rsatib turgan maxsus avtoservis korxonalarining tarmog'i, soni va ishlab chiqarish huvvatini oshirishga katta extiyoj tug'ildi.

Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati mamlakatimiz avtomobillari uchun ulkan bo'lib, uning xizmatidan yil davomida mamlakat avtomobil parkining asosiy qismi muntazam foydalanadi.


Bu borada Respublika Hukumati 1993 yildayoq Janubiy Koreyaning "DEU" kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Asaka shaxrida o'rta hajmli NEXIA, kichik hajmdagi TICO va DAMAS avtomobillari ishlab chiqarishga mo'ljallangan "UzDEUavto" avtomobil zavodini, Samarqand shahrida O'zbekiston-Turkiya qo'shma korxonasi "SamKochAvto" zavodida kichik turkumdagi O'ZOTAYO'L avtobuslarini va ixtisoslashgan yuk avtomobillarini hamda uning agregatlarini ishlab chiqarishga mo'ljallangan korxonalar barpo etdi.
Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab yuqoriligidan hukumat qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil (ulardan 4 mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari) ishlab chiqarishga mo'ljallangan zavod "SamKochavto" o'zbek-turk qushma korxonasi 1999 yilning mart oyida ishga tushirildi. O'zbekiston mustaqilligining 10 yilligiga sovg'a sifatida zavod 8 tonna yuk ko'tarishga qodir yangi yuk avtomobilini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yildi va bu zavod 2006 yilda Yaponiyaning “ISUZU Motors limited” kompaniyasi bilan texnik hamkorlik sharnomasini tuzib, unga asosan avtobus va kichik yuk mashinalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi va shu yilning o'zida 1500 ta turli toifadagi avtomobil ishlab chiqardi. Ustuvor loyihada esa, bu miqdorni yiliga 4 ming donaga yetkazish ko'zda tutilgan.
"UzDEUAvto" XJ - bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasidir. Korxona ishlab chiqarishining texnik va texnologik saloxiyati yuqori jahon standartlari talablariga javob bera oladi. Mazkur qo'shma korxonaning qisqa muddat ichida butun O'zbekiston mashinasozlik sanoatining rivojlanishidagi yetakchi omil hisoblanishi bejiz emas.
“UzDEUAvto” XJ ga 1993 yil mart oyida asos solingan. XJ ta'sischilari bu Janubiy Koreya Respublikasi tomonidan DAEWOO korporatsiyasi, O'zbekiston tomonidan esa "Uzavtosanoat" DXJ bo'lgan edi. Korxonaning qurilish-montaj ishlari 1994 yil aprel oyida boshlanib, 1995 yil dekabr oyida tugadi va birinchi avtomobil(DAMAS) 1996 yil 25 mart oyida ishlab chiqarildi. Zavodning rasmiy ochilishi-1996 yil 19 iyulda bo'lib o'tdi va shu yilning o'zida 25344 ta avtomobillar ishlab chiqarildi.
“UzDEUAvto” kompaniyasi 1996-2003 yillar davomida 350 mingga yaqin avtomobillar ishlab chiqargan, shulardan 48,7% Neksiya, 24,4% Tiko, 22,5% DAMAS va 4,4% MATIZ larni tashkil etgan.
Asaka shahrida "UZ-DAEWOO" zavodining qurilishi bilan O'zbekiston dunyodagi o'z avtomobil sanoatiga ega bo'lgan 28-davlatga aylandi va bu korxona 2006 yilda 141 080 ta (74089 ta Nexia, 49375 ta Matis, 1573 ta Damas va 885 ta Lasetti) yengil avtomobillar ishlab chiqardi va korxona to'la “O'zavtosanoat” kompaniyasi tasarrufiga o'tdi.
Respublika avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida o'nlab qo'shma korxonalar tashkil etildi. Bunday qo'shma korxonalar Andijon, Namangan, Farg'ona va boshqa viloyatlarda tashkil qilindi. Bular Janubiy Koreyalik sheriklar ishtirokida tashkil etilgan zavodlar:
O'zKoramKo” - oldi va orqa bamperlar, asbob panellari, Neksiya uchun zarba kuchini yutuvchi qurilmalar, ayrim plastmassa qismlari;
O'zTong XongKo” - barcha avtomobillar uchun o'rindiqlar;

Yüklə 242,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə