Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc


Korbyuratorli motorlarning yonilg'i ta'minot tizimi



Yüklə 242,15 Kb.
səhifə14/26
tarix11.06.2022
ölçüsü242,15 Kb.
#89366
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
NZ9WcE5T3WMS6Ydg385 (2)

Korbyuratorli motorlarning yonilg'i ta'minot tizimi.


A).Karburatorli dvigatellar ta'minot tizimidan kalibirlangan teshik va jiklyorlarning o'tkazuvchanlik qobilyatini o'zgarishi, salt yurish jiklyorlarini ifloslanishi, ignali klapan germetikligini buzilishi, yonilg'i satxini o'zgarishi, yonilg'i nososidagi diafragmaning teshilishi va prujinaning qattiqligini yo'qolishi yonilg'ini ko'p sarf bo'lishiga, hamda dvigatel quvvatining pasayishiga sabab bo'ladi.
Yuqorda qayd qilingan nosozliklar tufayli yonilg'i sarfi va chiqindi gazlar zaharligi oshadi.
Ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish ko'rsatkichlari dvigatelni og'ir o't olishi, yoqilg'i sarfini oshishi, dvigatel quvvatini pasayishi, qizib ketishi, chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini oshib ketishidan iborat.


B.Karburatorli dvigatellar ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish diagnoz qo'yish jihozlari yordamida yoki ishlash sharoitida bajariladi, tizimning mexanizm va birikmalarini holati ular yechilgandan so'ng aniqlanadi.
Ishlash sharioitida ta'minot tizimiga diagnoz qo'yishda 1 km tekis yo'lda yoqilg'ining sarfi aniqlanadi. Bu ishni tortish sifatini aniqlovchi jihozda ham bajarish mumkin.
Chiqindi gazlarning zaharliligi dvigatellarni salt yurishida aniqlanadi. Korbyuratorli dvigetellar uchun gazoanalizatorlar, dizel dvigatellari uchun dimomerlar ishlatiladi.
Karburatorli dvigatellar chiqindi gazlar tarkibidagi SO gazi salt yurishda (0.6nnom

  • 100aylmin.) 1978 yilgacha chiqqan avtomobillar uchun miqdori 2-3.5 %, undan keyingilari uchun esa 1.5% dan oshmasligi kerak.

Ta'minot tizimiga diagnoz qo'yishda avtomobilni yurgazib yoki jihoz yordamida sinash usullari qo'llaniladi. Ikkala holda ham avtomobilga maxsus qurilma "sarfaniqlagich" (rasxodomer) o'rnatilib, belgilangan rejimdagi yonilg'i sarfi aniqlanadi. Avtomobilni sinashdan avval to'liq 2-TXK hajmidagi ishlarni bajarish zarur.
Ta'minlash tizimiga diagnoz qo'yish ishlarining majmuasi quyidagilardan iborat bo'lib, dvigatel salt ishlaganda, tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan ravon aylanishi tekshiriladi va sozlanadi; karburatorning qalqovuchli kamerasidagi yonilg'i satxi va ignasimon klapanning germetikligi tekshiriladi hamda, tezlatish nasosining ishlashi sozlanadi, jiklyorlarning o'tkazuvchanlik qobiliyati aniqlanadi, karburator kirdan va smolalardan tozalanadi. Dvigatel salt ishlaganda, karburatorni kichik aylanishlar soniga sozlash uning ravon va iqtisodli ishlashini ta'minlab turadi.
Karburatorni sozlashdan avval dvigatelning sovutish tizimidagi suyuqlik harorati 75-80S gacha qizdirilib olinadi va o't oldirish tizimi to'liq nazoratdan o'tkaziladi. Karburatorni kallektorga o'rnatish jipsligi va yonilg'i kirituvchi kanallar germetikligi tekshiriladi. Undan so'ng dvigatelni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: sifat, sozlash vintini oxirigacha qotirib, so'ngra 1.5 - 2 marotaba aylantirib bo'shatiladi va drosselning tayanch vintini yoki miqdor vintini burab teks ishlashga erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigatelni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon aylanishlar soni sozlanadi. Bu jarayon bir necha marta qaytarilib, dvigatelni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash holatiga keltiriladi. So'ngra drossel birdaniga ochilib hamda berkitilib, karburator ishlashi tekshiriladi. Bunda dvigatel o'chib qolmasligi zarur. Dvigatelning tirsakli valini eng kichik va bir teks ishlashiga erishilgandan so'ng, chiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi miqdori tekshiriladi va sozlanadi.
Karburatordagi yonilg'i satxini tekshirish va sozlash. Ko'pchilik karburatorlada yonilg'i satxini tekshirish uchun maxsus tirqish yoki oynakchalar bo'lib, ular orqali satx tekshiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan karburatorlarning qalqauchli (po'kakli) kameralaridagi yoqilg'i satxini tekshirish uchun karburatorni ustki qismini yechish va nazorat qilish mumkin. qalqovuchli kameradagi yoqilg'i satxini sozlash uchun, qalqovuchning maxsus sozlovchi tilchalaridan foydalaniladi. Tilchalar ignasumon klapanlar ustiga o'rnatilgan bo'lib, ular ignaning yurish yo'lini (1.2 - 1.5 mm) sozlash orqali kameradagi yoqilg'i satxini me'yoriga keltiradi. qalqovuchni germetikligini tekshirish uchun uni o'qidan chiqarib olib, 60-80S gacha isitilgan suvli ishdishga botirib,
1 daqiqa mobaynida tekshiriladi. Bunda, havo pufakchalarining chiqishi qalqovuchda teshik joyi borligidan darak beradi. qalqovuch ichiga kirib qolgan yoqilg'ini chiqarib yuborish uchun, shikastlangan joy qarshisidan teshiladi va siqilgan havo bilan purkaladi. qalqovuchning shikastlangan joyi qalay yoki maxsus kleylar yordamida yamab qo'yiladi.
Karburatordagi jiklyor va purkagichlarning o'tkazuvchanlik holatini tekshirib turish zarur. Ularning o'tkazuvchanlik qobiliyati suvning harorati 19-21S, bosimi 1 metrli suv ustuni balandligida dozalash teshigidan 1 daqiqa davomida oqib o'tgan suvning miqdorini o'lchash orqali aniqlanadi. Natija aniq bo'lishi uchun sinov 3-4 marotaba takrorolanadi. Jiklyor va purkagichlarni tekshirishdan avval atseton yoki oliy navli benzin bilan iflosliklar (kir, yog' dog'lari, smola quyqasi) dan tozalanadi.
ATK larda korbyuratorni tekshirish uchun NIIAT-489A moslamasi ishlatiladi. U korbyuratorni dvigatelda har qanday ishlashini aks ettira oladi. Sinash natijalariga ko'ra ta'minot tizimining kerakli kerakli qismlari bo'laklarga ajratilib, alohida tashxislash ishlari bajariladi.

Yüklə 242,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə