Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc


NEKSIYA VA ESPERO turidagi avtomobillarning ta'minot tizimiga TXK texnologiyasi



Yüklə 242,15 Kb.
səhifə16/26
tarix11.06.2022
ölçüsü242,15 Kb.
#89366
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
NZ9WcE5T3WMS6Ydg385 (2)

NEKSIYA VA ESPERO turidagi avtomobillarning ta'minot tizimiga TXK texnologiyasi


Bu avtomobillarning ta'minot tizimi karburatorli dvigatellarnikidan farq qilib, ularda karburator o'rnida injektorlar ishlatiladi. Injektorning vazifasi yonilg'i nasosidan bosim ostida (0.5-0.8MPa) kelayotgan yonilg'ini kerakli miqdorda silindrga purkab berishdan iboratdir.
Ta'minot tizimga diagnoz qo'yilganda yonilg'i nasosi hosil qilayotgan bosim, injektorning texnik holati va yonilg'i filtrining holati nazoratdan o'tkaziladi. Bunda yonilg'i nasosining texnik holati, ya'ni hosil qilayotgan bosimini tekshirish uchun, injektor blokiga kelgan yonilg'i shlangasi yechilib, o'rniga monometrli o'lchov asbobi o'rnatiladi va yonilg'i nasosining maxsus "q" klemmasi kuchlanish tarmog'iga ulanadi.
Injektorlarning texnik holati, ularni birin-ketin uzish yo'li bilan aniqlanadi. Uning ishlamayotganligini dvigatelning tirsakli valini aylanishlar sonini o'zgarmasligidan bilish mumkin.
Har 10000 km dan so'ng yonilg'i filtri yechib olinib, siqilgan havo bilan ishlashiga qarshi yo'nalishda purkaladi.


  1. Dizel dvigatellarini ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish, sozlash va unga TXK texnologiyasi


  1. Dizel dvigatellari ta'minot tizimining nosozliklariga yuqori bosimli nasos va forsunka, plyunjer juftini yedirilishi va bosm me'yorini pasayishi, hamda germetiklikni buzilishi, forsunkaning purkash teshigini qurum bosib qolishi kiradi. Bu nosozliklar yonilg'i purkash momentini o'zgarishiga, yonilg'i nasosini bir maromda ishlamasligiga xamda ishlab chiqarish qobilyatiga va yonilg'i purkash sifatini pasayishiga olib keladi.

Dvigatel ta'minot tizimining nosozligi va ishlamay qolishining tashqi alomatlari quyidagilardan iborat: dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishi, yonilg'i sarfining me'yoridan ortib ketishi, notekis ishlashi, tutashi, quvvatining kamayishi, shovqin bilan ishlashi va dvigatelning tirsakli vali aylanishlar sonining o'zgarmasli hisoblanadi.
Dvigatelni ishga tushirishning qiyinlashishiga asosiy sabab yonilg'i kamerasiga kam miqdorda yonilg'i uzatilishidir. Tizimga havo kirib qolishi, filtrlovchi elementlarning ifloslanishi, past bosimli nasosning nosozligi (yoki yuqori bosimli yonilg'i haydash nasosi-YUBYON), plunjer juftining yeyilishi natijasida bosimning kamayishi va forsunka
purkagichi soploli teshigining yeyilishi hamda purkash teshigini qurum to'sib qolishi natijasida yonilg'inig purkalishi yomonlashadi.
Dvigatelning bir teks(tebranishsiz) ishlamasligi-tirsakli val aylanishlar soni kamligidan ta'minlash tizimiga havo so'rilib qolishidan, yonilg'i nasosi seksiyalaridan yonilg'i notekis yetkazilib berilishidan va forsunka holatining nosozligidandir. Dvigatelning tutab (qora tutun bilan) ishlashi: YUBYON dan yonilg'ining erta yoki kech yetkazib berilishi sababli to'la yonmasligi, forsunka yeyilishidan soplo teshigining kengayishi natijasida purkash bosiminining kamayishi, kech yonilg'i yetkazib berilishi, forsunkadan sizib oqishi, havo filtrining ifloslanishi, purkalish teshigining qurum bosib ketishi natijasida purkashning yomonlashishi, forsunka soplosining ifloslanishi va yonilg'ida suv to'planib qolishi sabablidir.
Dvigatel quvvatining kamayishi ta'minlash tizimiga havo so'rilib qolishi, havo filtrining ifloslanishi, yonilg'ining yetarli miqdorda yetkazib berilmasligi, purkash burchagi sozlanishining buzilishi, forsunkadan yonilg'i purkalishining yomonlashishi, YUBYON dan yonilg'ini notekis va kam yetkazib berilishi, kompressiyaning kam bo'lishi hamda tegishli (belgilangan) yonilg'idan foydalanmaslik sabablidir.



  1. Ta'minot tizimiga diagnoz qo'yish va TXK da tizim germetikligi, yonilg'i va havo tozalagichlar holati, yonilg'i haydash nasosi va yuqori bosim nasosi ishlashi tekshiriladi.

Tizim germetikligi alohida ahamiyatga ega bo'lib, u ishdan chiqsa bakdan yoqilg'i haydash nasosigacha qismda tizimga havo surilishiga va yoqilg'ini ko'proq sarf bo'lishiga, hamda apparatlarni yaxshi ishlamasligiga olib keladi. Bu qism maxsus pribor-bachok yordamida tekshiriladi, qolgan qismi esa ko'z bilan tekshiriladi. Yonilg'i va havo filtrlari ko'z bilan tekshiriladi.
Yonilg'i haydovchi va yuqori bosmli nasos SDTA jihozida tekshiriladi. Yoqilg'i haydovchi nasosning ishlab chiqarish qobiliyati kamida 2.2 lminut (YAMZ-236 dvigateli uchun), maksimal hosil qiladigan bosim 380 kPa bo'lishi kerak. Silindrlarga yonilg'i purkash burchaklari,uning ishlash rejimiga bog'liq bo'lib, (1-0`, 5-45`, 4-90`, 2-135`, 6- 180`, 3-225`, 7-270`, 8-315` KamAZ-740 dvigatellari uchun) uning bir-biridan farqi 0.5` dan oshmasligi kerak. Yuqori bosim nasosi ishlab chiqarish qobiliyati dvigatelning 1050 obmin aylanishlar sonida aniqlanib, har bir seksiyada 72.5-75mm^3sikl (Kamaz -740 dvigateli uchun) va bir-biridan farqi 5% dan oshmasligi kerak. Seksiyalar ishlab chiqarish qobiliyatining (Vf) farqi quyidagicha aniqlanadi:
(V max - V min)2
Vf    100 % V max  V min
bu yerda:
Vmax - eng ko'p ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan seksiyaning ko'rsatgichi, mm3 Vmip - eng kam ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo'lgan seksiyaning ko'rsatkichi, mm3
Forsunkalar HIIAT - 1609 pribori yordamida tekshirilib, uni germetiklik, purkash bosimi va purkash sifati aniqlanadi. Forsunka germetigligi 30 MPa bosimda tekshiriladi,
uning 30 MPa dan -23 MPa ga tushishi 5 sekunddan kam bo'lmasligi kerak. Yangi forsunkalar uchun u 20 sekunddan kam bo'lmaydi. Purkash bosimi dvigatel turiga qarab KamAZ-740 uchun 17.6mPa, YAMZ-236 va YAMZ-238 uchun 14.7 mPa bo'lishi kerak. Yonilg'ining purkash sifati, uning forsunkaning purkash teshigidan bir maromda tumansimon chiqishi bilan xarakterlanadi. Yaxshi sozlangan dvigatel 400 - 600 aylmin.da bir maromda ishlashi kerak.
Dvigatellarda sozlash ishlarini bajarish uchun hamma priborlarning nosozliklari bartaraf etilgan, tizim germetikligi tekshirilgan, yonilg'i va havo tozalagichlar ko'zdan kechirilgan bo'lishi shart.
Dizel dvigatellari ta'minot tizimining jihoz va detallarni joriy ta'mirlash murakkab jihozlar talab qilmaydigan tiklash ishlaridan va murakkab bo'lmagan ishlab chiqarish texnologiyasidan iborat. Shunday ishlar turiga: klapanlarni va ularni uyasini ishchi sirtini ishqalab yedirish (to'sish ignasi va forsunka purkagichni ham), plunjer jufti va tarangligini yo'qotgan prujinani almashtirish, truboprovod rezbalarini tiklash, yonilg'i o'tkazish naychalari uchini (konussimon qilib) kerish, nasos korpusidagi yoriqlarni yamash va boshqa ishlar kiradi. Ta'minlash tizimining ta'mirlangan detallari jamlab yig'iladi va zarur hollarda maxsus o'rnatmada va bevosita dvigatelning o'zida chiniqtiriladi, sinaladi hamda sozlanadi.

  1. Yüklə 242,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə