Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
bo‘lsa ham, es topgan kunimdan boshlab, har ish Allohdan iznsiz bo‘lmaydi degan 
ishonchim borlig‘idan o‘ziga topshirib, bu ishning sababiga kirishdim. Shundoqki, choy 
qaynashi bilan: «Qani, mirzalar, choy ichib olaylik, biz bo‘lsak qo‘lingizda turibmiz», 
degan bo‘lib, darhol xurjundagi yog‘liq kulcha, moyliq qazi, meva chevalarni chiqarib 
dasturxonga to‘qdim. 
Ilik uzilgan ko‘klam vaqti edi. O’zlari och bo‘lsa kerak, bo‘ri qo‘yga tekkandek taomga 
hujum boshlab yeyishgani turdilar. Qonishgandan so‘ngra: «Xo‘sh, endi so‘rashib-
tanishaylik, qayoqdan chiqdingiz, qayoqqa bormoqchisizlar?», deyishdi. Men ham 
to‘g‘risini so‘zlab: 
«Qo‘limizda hech qanday qog‘ozimiz yo‘q, hozirgi zamonni ko‘rib turasiz, o‘zimizdan 
cho‘chigan kishilarmiz, chegaradan o‘tib, Koshg‘arga bormoqchi bo‘lamiz», dedim. 
Mening bu so‘zlarimga ishonib, boshqa gumon qilmagan bo‘lsa ham, otkaz mollar bormi 
xayoli bilan bizga qarab: «Mehmonlar, xafa bo‘lmanglar, qonun bo‘yicha xurjunlarni 
qarashimiz kerak», deb menikidan boshlab qaragan edi, qo‘liga kitob chiqdi. 
Boshqalarnikini ham ko‘rganday bo‘lib, so‘ngra aytdi: «Sizlar yaxshi kishi ko‘rinasizlar, 
barimiz musulmon bolasimiz, buning ustiga qo‘linglardan non yeb, tuz tatib qoldik. 
Bizning boshchimiz o‘ris, sizlarni ko‘rib qolsa, Noringa qaytarib haydashdan tortinmaydi. 
Endigi bizning yordamimiz shulki, bu cho‘ng yo‘lni qo‘yib, haligi yo‘linglarga kirsanglar 
Beloshuv orqali o‘tib, chegara soqchilaridan besh chaqirim yuqori Toshrabotga 
tushasizlar», deyishdi. 
Biz uchun 6u kabi g‘amxo‘rlik qilishini undan kutmagan edik. Bu so‘zni anglashimiz 
bilan uni olqishlagan holda orqaga qaytib, Qo‘shmoq hojim boshchiligi ostida yo‘lga 
tushdik. U yerda peshin nomozini o‘qib otlangan edik. Ikki tog‘ orasidan suv bo‘ylab 
yurganimizcha uch to‘rt soatlardan keyin Beloshuv dovoniga yetib keldik. Qarasak, 
dovon o‘rtasida bir chaqirimcha yer oppoq qor bilan qoplangan bo‘lsa ham, narigi kun 
chiqar tomoni ko‘rinib turardi. Biroq ko‘klam vaqti kelib, qor yumshab qolganlikdan
qaerga ot solsak, qulog‘igacha qorga ko‘milib, bir bosim olg‘a yurishga yo‘l topolmadik. 
Endi bir yokdan kechqurungi tog‘ izg‘irin sovug‘i suyagimizdan o‘tib borayotgan bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan, tun qorong‘usi yaqinlashmoqda edi. 
Buni ko‘rgan men: «Bu yo‘limiz kelishmadi, tun bo‘yi qorong‘uda sovuqqa qolib, bir 
xatarga uchramaylik, qaytsak qanday bo‘lar?», desam, Qo‘shmoqhojim: «Hay taqsir, 
hammadan qaytishimiz xatarlikdir, tog‘ to‘lgan yo‘lto‘sarlar ichidan o‘tishimiz kerak. Har 
qanday bo‘lsa ham orqaga qaytmaylik», deb so‘z talashib, ko‘z jaldirashi ustida turgan 
chog‘imizda, dovonning tepasidan bizga qarab kelayotgan bir kishining qorasi ko‘rindi. 
Hizr ko‘rganday, uni intizorlik bilan kutib turdik. U kishi bilan ko‘rishib holimizni aytdik. 
Agar yo‘l topib bizni dovondan o‘tkazib qo‘yar ekan, ellik so‘m berishga va’da berdik. Bu 
kishi o‘zi yayov bo‘lgani ustiga, kech kirib tun qorong‘usi tushkanlikdan: «Borar joyim 
olis edi, yo‘lda qiynalib qolaman», deb ijirg‘angan bo‘lsa ham, aylanib-o‘rgilib uni 
ko‘ndirdik. «Qani bo‘lmasa turinglar!», deb bir otni yetaklaganicha, oldimizga tushdi. 
«Qayoqdan yo‘l topar ekan?», deb qarab tursak, qor ustidagi eski yo‘lni qo‘yib, tog‘ 
bag‘ridagi yalama muzga ot solgan edi, oyog‘i toyib yumalagancha besh o‘n quloch 
tubanroqda yotgan qalin qorga ko‘mildi. Ming turlik mashaqqat bilan uni chiqarib 
olgandan so‘ngra, boshqaroq yerdan yo‘l topib barimiz salomat o‘tdik. Qo‘lidagi tayog‘ini 
sancha sancha eski yo‘l iziga tushdi. Bizni ergashtirganicha o‘zi yayov, biz otliq 
yurganimizcha eson omon dovondan oshirib qo‘ydi. Suyinganimizdan va’dalashgan 
aqchani oshig‘i bilan berib, uni qaytardik. 
Tun qorong‘usi bosib, yurar yo‘limiz anchagina qo-rong‘ulashib qoldi. Dovondan 
qutilgach bel oshib, ikki tog‘ orasidagi uzun o‘zanga tushdik. Usti qor, muz bilan 
qoplangan bo‘lsa ham, ostida suv oqayotganligi sezilib turardi. Tun qorong‘usida 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə