Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
haqdagi tarixiy so‘zlarimni, ko‘p yillar davomida to‘plagan ma’lumotlarimni kelajak 
bo‘g‘inlarimizga bildirish uchun, bu o‘rinda yozdim va she’riyat so‘zlarimga shior qilib 
Sog‘uniyni tanladim. Qobusi (payti, fursati, o‘rni, vaqti) kelar ekan, yot dushmanlar 
oyog‘i ostida depsalib yotgan ona Vatanlarini eskarsinlar! 
Shunday qilib, Bolosog‘un voqeasidan so‘ngra, Gurxon o‘zi ham ko‘p yashayolmadi. 
Davlatni saqlash uchun o‘z dushmani Kushlukxonga qizini berib, uni kuyov qilgan bo‘lsa 
ham, yana maqsadiga yetolmadi. Uning poytaxti Olmalig‘ o‘lkasini atrofi bilan 
Kushlukxon eli Nayman turklari buzib, yorib, o‘ldirib, chopib, yer bilan bir tekis choldevor 
qildilar. So‘ngra Kushlukxon askari bilan Uyg‘uristonga o‘tib, Yorkent, Xo‘tangacha 
hukmini o‘rnatgan bo‘lsa ham, so‘nggi kunlari Chingizxon yurishiga to‘g‘ri kelganliqdan 
uning amribuyrug‘i bilan o‘ldirilib, davlati shu bilan tugamish edi. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. To‘qmoqdan chiqqach, to‘g‘ri sharqqa qarab 
Chimqo‘rg‘on, Burolsoy, Yelariq, Toyg‘oq, Maydontol, Quvoqi orqali yurib Qorag‘ov 
Qo‘chqorga tushdik. Bu yerdan yurganimizcha orada bir necha qo‘nolg‘ular (safarda 
yotib yoki dam olib o‘tadigan joylar) bosib, Do‘lan dovonidan oshib, Norin suvi bo‘yidagi 
Norin shahriga kirib bordik. Bu esa to‘rt tomoni ulug‘ tog‘lar bilan o‘ralgan bir eldir. 
Ruslar Turkistonni bosib olganlaridan so‘ngra, Sharqiy Turkistonga kirish qasdida 
tayyorgarlik ko‘rish uchun, Norin suvi bo‘yiga bir qal’a bino qilmish edilar. Olatou va 
Tyan-Shan tizma tog‘larining eng qalinlashgan o‘rni va ko‘chmanchi qirg‘iz turklarining 
qaynagan joyi g‘arbi janubiy O’zbekiston, sharqi janubiy Uyg‘uriston bo‘lganligidan 
buning siyosiy ahamiyati ortiqdir. Bu yerdan chiqib, orasi qirq besh chaqirim 
chamasidagi Otboshi qishlog‘iga yetib, toshkentlik Tuyoqboyhoji uyiga mehmon bo‘lib 
tushdik. U kishi esa To‘qmokda uzun turgan, o‘z mahallamizdan ketgan kishi edi. Bu 
yerning to‘rt tomoni egiz tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lsa ham, dalasi keng, o‘tlov yaylovlari 
ko‘pdir. Ular ichida Orpa, Oqsuv degan yerlarning cho‘pi kuchlik, qimizi ortuq bo‘lishida 
atog‘i chiqmishdir. Otboshida ikki kun turganimizdan so‘ngra shu yerda qo‘shilgan 
Qo‘shmoq hojim bilan uch kishi yo‘ldosh bo‘lib yo‘lga tushdik. 
Oldimizda bir qo‘nolg‘ulik Toshrabod chegara to‘sq ovullari qirg‘iz Shomirqon, rus 
Chudir boshliq bir necha askar borlig‘ini bilgan edik. Bular oldidan o‘tishga yo‘lxatimiz 
yo‘qligidan, Qo‘shmoq hojim maslahaticha, to‘g‘ri yo‘lni qoldirib, Beloshuv degan o‘g‘ri 
yo‘l bilan ketmoqchi bo‘ldik. Yo‘lda ketayotganimizda uzokda ot yetaklab kelayotgan bir 
kishining qorasi ko‘rinmish edi. Qachonki, cho‘ng yo‘ldan u yo‘lga buruldik esa
oldimizdan kelayotgan kishi uzoqqan ishora bilan bizni chaqirdi. Uning bu chaqirishidan 
oddiy kishi bo‘lmasa kerak deb oldiga bordik. Qarasak, chegara soqchilari boshlig‘i qirg‘iz 
Shomirqon ekan. Bizni ko‘rishi bilan: «Hay, sizlar qanday kishisizlar? Ochiq cho‘ng yo‘lni 
qo‘yib, yopiq kichik yo‘lga kirasizlar? Qani bu yoqqa yuringlar!», deb bizni 
boshlaganicha, yo‘l ustidagi karvon saroyga tushurdi. Shu orada qayoqdandir ikki uch 
qirg‘iz yigitlari bilan ilgargi sipohiylardek beliga kumush bellik, yoniga egri qilich osgan 
shu yerlik qirg‘izlarning boshlig‘i ham kelib, ustimizga tushdi. Buni ko‘rgan Qo‘shmoq 
hojimning ko‘zlari alang jalang bo‘lib: «Hay attang, ishimiz qanday bo‘lar ekan, so‘rab 
qolsa yo‘lxatimiz yo‘q? Alloh saqlasin! Bizni qaytarib, Norindagi jallodlarga topshirsa, 
vaqt yomon, og‘ir kunlarga qolmagay edik», dedi. 
To‘g‘ri, buning deganidek u kunlarda ishchi kambag‘allar hokimiyati qurilganliqdan, 
arzimagan narsa bahonasi bilan o‘ldirish tirgizish ishlarini, insonning eng ulug‘ 
huquqlarini inkor qilib, o‘ng so‘lini ajrata olmagan ishchi qo‘shchi qo‘llariga topshirmish 
edilar. Xalq ichida oz ko‘p tushunarlik, ko‘zga ko‘rinarlik, borliq kishilar inqilob 
dushmanlari hisoblanur edi. Ularcha haqsiz deb tanilgan odamlar jazoga tortilishi uchun, 
u kundagi hokimlar oldida u bechoralarning o‘zlaridan boshqa hech qanday guvoh-isbot 
kerak emas edi. Mana shuning uchun uning so‘zidan menga ham biroz tashvish tushgan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə