Microsoft Word xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/60
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#81940
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

 
 
10-Mavzu:  Tarbiyasi qiyin o’smirlarga yondoshishnnng 
psixologik asoslari

 Reja: 
1. 
Tarbiyasi qiyin o’smirlar tushunchasi. 
2. 
Tarbiyasi kiyin o’smirlarda ahlokiy qoida va tushunchalarning yetishmasligi. 
3. 
Xulqi og’ishgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar shart-sharoitlari. 
 
Tayanch iboralar:
 
tarbiyasi kiyin o’smir tushunchasi, ahlokiy qoidalar, tushunchalar yetishmasligi, sharoit. 
Tarbiyasi qiyin o’smir psixologiyasi, tarbiya va ta’lim, tarbiyasi kiyin o’smirlar 
psixologiyasi vazifalari va ahamiyati. 
 
Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi o’smirlarning o’ziga xos psixologik 
xususiyatlarini o’rganuvchi va o’rgatuvchi fandir. 
Tarbiya g’oyat murakkab psixologik jarayondir. Shuning uchun xam ulug’ o’zbek 
pedagogi va ma’rifatparvari Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» 
asarida shunday deb yozganlar. «Alxosil, tarbiya bizlar uchun yo xayot - yo najot - yo 
halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir». (Toshkent, «O’kituvchi» nashriyoti, 1967 
yil, 27-bet). 
Yurtboshimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov xam o’zlarining nutqlarida 
Abdulla Avloniyning bu fikrining ma’nosini bir karra quyidagicha ta’kidlab o’tgan 


edilar: «Men Abdulla Avloniyning: «Tarbiya biz uchun yo xayot - yo mamot. yo najot. 
yo halokat. yo saodat - yo falokat masalasidir». - degan fikrini ko’p mushoxada qilaman. 
Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar 
muxim va dolzarb bo’lgan bo’lsa hozirgi kunda biz uchun xam shunchalik, balki undan 
xam ko’ra muxim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya-ong maxsuli, lekin ayni vaktda 
ong darajasi va uning rivojini xam belgilaydigan omildir. Binobarin ta’lim-tarbiya 
tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmayli. Ongni, tafakkurni 
o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maksad - ozod va obod jamiyatni barpo etib 
bo’lmaydi». («Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi» 
davlat ilmiy nashriyoti. 2000 yil.Z-b). 
Mustaqillika erishganimizdan so’ng milliy kadriyatlarimizning tiklanishi va 
xalqimiz azaldan e’zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an’analarimiz (bola 
tarbiyasida ota-onadan 
tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug’larning xam ta’siri) bu borada katta axamiyatga ega. 
Lekin ba’zan oilada tarbiyaviy faoliyatning susayishi targ’ibot-tashviqot ishlarining 
komilligi   natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, 
narkomaniya, turli diniy oqimlari ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo’liga kirish) 
paydo bo’lishi tashvishlanarli xollardan biridir. Jamiyatning komil fukarosini 
shakllantirish, tarbiyalash xozirgi zamon oilasining muxim funksiyasi darajasiga kiradi. 
Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oilada tarbiya orkali 
shaxsga ma’lum bir siyosat g’oyaviy dunyokarash, axlokiy me’yorlar va xulk 
namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda «Qush uyasida ko’rganini qiladi», 
deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs 
ijtimoiy me’yorlar va kadriyatlarni o’zlashtiradi ijtimoiy xayotga kirib boradi. 
Ota-onalar va farzandlar o’rtasida yuzaga keladigan nizolar xam tarbiyaviy ishni 
qiyinlashtiradi, o’smirlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday nizo, kelishmovchiliklar 
o’smirlarning axloqiga ta’sir etadi. 
Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni xisobga olmasa tarbiyasi kiyin o’smir 
bola ko’payadi. 
Yoshlar, o’smirlarning bo’sh vaqtini mustaqil tashkil etilmasa xulqi og’ishgan bolalar 
ko’payadi. 
Ota-onalar ichkilikka ruju qo’ysa yoki or-nomusni yig’ishtirib qo’yib buzuqichilik 
qilsa xulqi og’ishgan bolalar ko’payadi. 
Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi 
natijasida tarbiyasi kiyin o’smirlar ko’payadi. 
Insonning biologik, fiziologik, psixologik o’sishining (rivojlanishining) eng 
murakkab o’zgarishlar, kayta qurishlar, umid, intilishlar davri va shu bilan birga og’ir 
inqirozlar salbiy holatlar, kechinmalar davri hamdir. Ma’lumki, affektiv 
ko’zg’aluvchanlik ko’p jihatdan o’smirlik davriga to’g’ri keladi. Bu xolat me’yorda ham 
kuzatiladi. Uning vujudga kelishi bu yosh fazasining vegitativ-endokirin jihatdan kayta 
qurilishi bilan uzviy bog’liqdir. Bu yosh davri xam psixologik tomonidan o’zgarishlar 
bilan xarakterlanadi. Bu o’smir yosh davrining fenomeni xamdir. Biologik o’zgarish 
endokrin sistemaning qayta ko’rilishi bo’lsa, psixologik o’zgarish portlash va agressiyaga 
(tajovuzkorlik) moyil bo’lgan affektiv qo’zg’aluvchanlikdir. Bu holat ko’pincha ijtimoiy 
adaptasiyaning (moslashishning) buzilishi jumladan konunbuzarlikning sabablaridan biri 
bo’lib xisoblanadi. Ammo psixik sog’lom atrof-muxitning qulay sharoitlarida 
tarbiyalanayotgan o’smirlarda affektiv qo’zgaluvchanlik adaptasiyaning buzilishiga olib 
kelmaydi. Statistikaning ko’rsatishicha xar bir o’ninchi jinoyat voyaga yetmaganlar 


tomonidan sodir kilinar ekan. Bu faktning ma’nosi faqat konunbuzarlar tomonidan 
yetkazilgan zarar bilan aniqlanmaydi, albatta. Zero balog’atga yetmagan jinoyatchining 
shaxsi jinoyatchilik muammosining krizis «Kristallashgan» markazi bo’lib hisoblansa, 
uni o’rganish va korreksiyasi esa bu nukson bilan kurashishning eng dolzarb savollaridan 
biri xisoblanadi. 
O’smir shaxs xarakteridagi «og’ish» larning shakllanishi ularning tiplarini 
aniqlash tibbiy-psixologik va tibbiy pedagogik ishlarni aktiv olib borish zarurdir. Bizning 
asosiy maqsadimiz aziz o’kuvchilarga tarbiyasi «qiyin» o’smirlar xarakteridagi «og’ish» 
larining psixologik xususiyatlarini aniqlash: o’smirlik davridagi deviant, xulq-atvor va 
uning klassifikasiyasi: tarbiyasi «qiyin» o’smirlar bilan ishlashning o’ziga xos 
xususiyatlari xaqida ma’lum bilimlarni berishga xarakat qilishdir.  
 
O’smirlar psixologiyasini chuqur va xar tomonlama bilish, ularni o’qitish va 
tarbiyalash samaradorligining eng muxim shartlaridan biridir. 
Pedagogik jihatdan o’z holiga tashlab qo’yilgan o’smirlarning psixologik 
xususiyatlari asosan ularning hayoti va tarbiyasining xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Yukorida biz ikkita keng tarqalgan terminni ishlatdik: pedagogik jihatdan o’z xoliga 
tashlab qo’yilgan o’kuvchilar hamda tarbiyasi qiyin o’smirlar. Birok bu terminlar orasida 
farklar xam bor. «Pedagogik jixatdan o’z xoliga tashlab qo’yilgan» tushunchasi o’smirni 
tarbiyalash tarixini tavsiflaydi, «Tarbiyasi qiyin» deyilganda shunday tarbiyaning 
natijalari tushunladi: o’kuvchi pedagoglar uchun qiyinchilik qiladi, unga nisbatan 
umumiy qabul kilingan pedagogik ta’sir etishning forma-shakl va metodlari kamlik kiladi 
yoki umuman samara bermaydi. Pedagogik jixatdan o’z xoliga tashlab qo’yilgan bola 
erta-kechmi tarbiyasi qiyin bola, o’smir bo’lib qoladi. Tarbiyasi qiyinlik esa hamisha xam 
pedagogik jixatdan o’z xoliga tashlab ko’yilganlikning oqibati bo’lavermaydi. U 
bolaning o’smirning kasal bo’lishi, ayrim tug’ma yoki hatto nasliy omillar yoki boshka 
sabablar ta’sirida xam yuz berishi mumkin. Biroq juda ko’p xollarda tarbiyasi qiyin 
o’kuvchi pedagogik jixatdan o’z holiga tashlab ko’yilganlik natijasi bo’lib qoladi. Biz 
pedagogik jixatdan o’z xoliga tashlab qo’yilgan va «Tarbiyasi qiyin» tushunchalarini, 
asosan unga pedagogik qarovsiz qolgan va umumiy qabul qilingan ahloq normalarini 
muntazam buzib yuradigan o’quvchilarni bildiradigan so’zlar terminlar sifatida 
ishlatamiz, ko’llaymiz. 
Noto’g’ri, yoki hozirda ba’zan og’ib turadigan deb ataladigan ahloqning subyektiv 
psixologik asosi avvalo, shaxsning axlokiy-irodaviy rivojlanishining yetishmasligidir. Biz 
bu ikki tushunchani qo’shib yuborishimiz bejiz emas. 
Pedagogik jixatdan o’z xoliga tashlab ko’yilgan o’kuvchilarning muloxazalarida 
esa xammadan ko’ra shaxsning jinoiy ish yoki shunga yakin qilmishlari: ichkilikbozlik, 
foxishalik, nashavandlik. giyoxvandlik. o’g’irlik, birovni qiynab rohatlanish, qotillik 
kabilar asosiy o’rin olgan. Bunda shunga o’xshash o’smirlarning oila tarbiyasi 
xususiyatlarigina emas, tarbiyasi qiyin o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik ishdagi 
muxim kamchiliklar xam aks etadi. Ularni qayta tarbiyalash vaqtida e’tibor shaxsning 
qadr-qimmatiga emas, balki uning kamchiligiga tushadi: «Aldama! O’g’irlik kilma! 
Bezorilik kilma!». 
O’smirlarning axloqiy bilimlari bilan ularning ahlok tajribasi uzviy bog’lik bo’lsa-
da, bu bog’lanishning bir necha eng yirik variantlari mavjud; 
1. Asosiy ahloqiy normativlar nomigagina beriladi, biroq tegishli tajriba yo’k yoki kam, 
shuning uchun to’g’ri xulq-atvor zarurligiga ishonch ham yo’k. 


2.  Ijodiy tajriba mavjud, birok ahloqiy hatti-xarakat va uning moxiyatiga 
qo’yiladigan talablar haqida zarur bilim yo’q, yetishmaydi. 
3. 
Maktabda egallangan bilim va tajriba odamlar bilan shaxsiy muomalada bir-biriga 
ta’sir ko’rsatish natijasida hosil kilingan bilim va tajribaga qarama-qarshi bo’lib qoladi. 
4. Nihoyat, axloq koidalariga xilof xulk-atvor o’smirning ahloqiy tasavvuri va e’tiqodi 
bilan uzviy bog’liq bo’lgan xollar xam mavjud. 
O’kuvchining axloqiy rivojlanishi asosan uning tevarak-atrofidagi kishilarga, o’z-
o’ziga to’g’ri munosabatni shakllantirish bilan ko’shilib ketadi. «Axir tarbiya avvalo, 
bizning munosabatlarimizdan, masalan, o’z ishiga vijdonan munosabatda bo’lish, o’z 
vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, o’z burchiga fidokorona munosabat, kishilarga 
znyraklik bilan munosabat, muqaddas O’zbekistonga - ona Vatanga sadoqat bilan 
munosabat, uning dushmanlariga murosasizlikdan iborat emasmi?» 
Shaxs munosabatlarning murakkab sistemasida shakllanadi. Bu munosabatlar 
ongda aks etib va umumlashtirilib, kishining voqyealikka shaxsiy munosabatiga aylanadi, 
uning o’zini-o’zi anglash va o’z-o’ziga baxo berish kobiliyatining muxim tarkibiy kismi 
bo’lib koladi. Bu esa kishining voqyeilikka, boshqa kishilarga noto’g’ri munosabati 
muomaladagi kandaydir kamchiliklar yoki bevosita ijtimoiy-psixologik nuqsonlar 
natijasida tug’iladi, demakdir. Shuning uchun pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab 
qo’yilgan o’smirlar bilan ishlashga kirishishdan oldin eng avvalo uning subyektiv (uning 
tevarak-atrofdagilarga munosabat) va obyektiv (uning kishilar bilan o’zaro muloqotdagi 
xususiyatlari) munosabatlari sistemasini tushunib. farqlab olish kerak. 
Pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab ko’yilgan o’smirlarning shaxsiy muomala 
doirasi xususiyatlariga qarab ko’pincha ularning kishilarga munosabatlari xam 
aniqlanadi. Bu yorkin xususiyatlardan biri kattalarga, shu jumladan o’kituvchilarga xam 
ishonmaslik va yoktirmay munosabatda bo’lishdir. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha 
o’smirlar avvalo o’kituvchilar tomonidan ularga bo’lgan munosabatni kadrlaydilar. (Fikr-
muloxazalarning 84%) shuni e’tirof etgan. 
O’smir xali juda yosh, unda turmush, ijtimoiy tajriba kam, u kishilarni farq qila 
bilmaydi, ularning xulk-atvori hamda hatti-xarakatini har tomonlama baholay bilmaydi. 
Ba’zi odamlar uni bir necha marta xafa qilganlar. U hamma odamlar shunday degan 
xulosaga keladi. Natijada uning kattalarga (ularning bolalarga odilona va yoqimli 
munosabatiga) ishonch xosil qilguniga qadar hiyla vaqt o’tadi (pedagogik jixatdan o’z 
xoliga tashlab qo’yilgan o’smirlar tez tuzaladi, deb xisoblash soddalikdir). 
Birok, pedagogik jihatdan o’z xoliga tashlab qo’yilgan o’kuvchilarning ko’pchiligi 
kattalar bilan muomala qilishga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birga, ular mustasnosiz xamma 
kattalarga salbiy munosabatda bo’ladilar. 
 
11

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə