Microsoft Word xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/60
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#81940
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

Birinchidan:
 o’smirning individual xususiyatlari ko’p sonli va xilma-xil 
bog’lanish va munosabatlar sistemasida bog’likdir. Bu o’smirning biror-bir xususiyati 
yoki xarakter xususiyati xam o’z-o’zidan namoyon bo’la olmaydi va qayd etilmaydi. 
Masalan, o’smirga o’tkir va sinchkov aklni payqaymiz. Lekin agar biz uning aqli 
(bilimiga qaratilganligi, qizikishi) nimaga yo’naltirilganligini, uning sinchkovligi kasbini 
egallashda namoyon bo’lish-bo’lmasligini, uning o’quvchilar bilan o’zaro munosabatiga 
ta’sir etish-etmasligini va xokazolarni biz bilib olmasak. bu xususiyatning axamiyati 
qolmaydi. Yoki, o’smirni irodasiz deb xisoblaydilar. Biroq umuman ruxi sog’lom kishi 
irodasiz bo’lmaydi. Demak, u qandaydir muayyan vaziyatda, faoliyatning turlarida
muayyan kishilar bilan muomalada irodasiz bo’ladi. Qachon, kayerda, kanday kishilar 
bilan? 
Ikkinchidan:
 bu prinsip - tamoyil - obyektivlik. Inson haqida, hatto o’ta tajribali 
mutaxassis bo’lmasin, qandaydir bir kishining fikriga karab xulosa chiqarib bo’lmaydi. 
Axir har kanday sharoitda ham uning fikri shaxsiy, kolaversa, xato xam bo’lib, chiqishi 
mumkin. Pedagogik psixologik tajribali pedagog talaygina shunday xollarnigina biladi. 
Kishini to’g’ri tushunish uchun u xaqdagi fikrlarni lekin uni yaxshi biluvchi kishilarning 
fikrlarini qiyoslab ko’rish kerak. Bu ishini o’smir xaqidagi fikrlari anchagina asosli 
bo’lgan kishilar - uning ota-onalari, o’qituvchilari, do’stlari kilishi lozim. 
Biroq o’smirni o’rganishning obyektivligi u xakdagi fikrlarni kiyoslash bilan 
cheklanmaydi. Uni xulk-atvor va faoliyatning turli xil sharoitda bilish va tushunish 
muximdir. Bu xakda yukorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smirning turli kishilarga bo’lgan 
munosabatiga berilgan baho o’ta axamiyatli ekaligini ko’shib qo’yamiz, xolos. Bu 
munosabat bir xilmi, barqarormi yoki tanlab kilinadimi? Masalan, u xammaga xam 
xurmat bilan munosabatda bo’ladimi yoki fakat o’zi bog’liq bo’lgan kishilargaginami? 
Hammaga va xar kanday sharoitda dadilmi yoki kuchlirok kishi qo’llab-quvvatlagan 
sharoitdagina dadilmi? 
Kishi xaqida uning mexnat mahsuliga karab ko’prok narsani bilib olish mumkin. 
O’smir uchun mexnat mahsuli bu umumiy ta’lim va nazariy predmetlardan yozma ishlar, 
chizmalar, rasmlar, ishlab chiqarish praktikasi maxsuli, ko’lda yasalgan turli narsa va 
boshkalardir. 
Nihoyat, o’smirning so’zi bilan hatti-xarakatini solishtirib ko’rish juda muxim 
xisoblanadi. Odatda prinsipli, saranjom, irodali, muayyan maqsadni ko’zlagan, 
shakllangan xarakterli kishining so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bordi-yu kishining so’zi 
boshqa-yu, ishi boshqa bo’lsa, uning sababini: yuz bergan sharoit tufaylimi, kishining 
tartibsizligidanmi, turmush tajribasi yo’qligidanmi, irodasizligidanmi yoki boshqa sabab 
bilan bog’liqligini aniqlash kerak.  
Uchinchidan: 
uchinchi tamoyil - ulg’ayishni o’rganishning dinamikligi. Inson 
umr bo’yi o’zgarib boradi. Yosh ulgayadi. Yosh ulg’aygan sari o’zgarish, asosan, 
sustlashadi, kamroq seziladi, albatta jismoniy, ba’zi xollarda esa ruhiy xolatdagi 
o’zgarish juda jadallik bilan ro’y beradi. Ochilgan yangi ijobiy potensialdan foydalanish 
va muqarrarlashib borayotgan kamchilikka nisbatan o’z vaqtida chora ko’rish uchun bu 


o’zgarishni ko’ra bilish o’ta muximdir. Usmir haqida yagona va bir umrga qayd etilgan 
fikr bo’lmasligi lozim. Afsuski, ba’zan amalda aynan tarbiyasi kiyin o’smirlarga nisbatan 
shunday xolga duch kelamiz. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə