2-mavzu: Tik turgan xolatdagi libossiz qomat. (sarv qomad kishi) O‘quv mashg`ulotining maqsadi



Yüklə 53,85 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü53,85 Kb.
#157542
  1   2
Tik turgan xolatdagi libossiz qomat. (sarv qomad kishi) rang


2-MAVZU:
Tik turgan xolatdagi libossiz qomat. (sarv qomad kishi)
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: Tik turgan xolatdagi libossiz qomatni rakurslarda kuzatish va tasvirlashni o’rganish.
Vizual amaliy materiallar
Rangtasvir fani quyidagi texnik va dasturiy vositalar yordamida o‘qitiladi:
Mashg’ulot turi: Naturadan rasm ishlash.
Tasvirlash vositalari: qalam, o’chirg’ich, moy bo’yoq, mo’yqalamlar,
Ishning bajarilish bosqichlari:
1. Kompozitsiyani tekistlik yuzasida joylashtirishni o‘rganish, fazoviy kenglikka e’tibor berish;
2. Rangda jismlarning soya va yorug’ joylarini belgilab, tus jihatlarini topish;
3. Nisbatlarini topish;
4. Kompozitsiyadagi hajmdorlikni, fazoviylikni ifodalash;
5. Naturaga o’xshashligini ta'minlash, umumlashtirish, yakunlash.
Izoh: tasvir mato moy bo’yoqda bajariladi.
Tayanch iboralar: Anatomik tahlil, yaxlitlik, soya–yorug’ kontrast, siluet, fazoviy pеrspеktiva, chayir, qoralamar.

Tik turgan xolatdagi libossiz qomat. (sarv qomad kishi)
Odam– o‘zining jismoniy va psixik xarakteristikalari bo‘yicha ham tashqi ma'lumotlari va ichki konstruksiyalari bo‘yicha ham tabiatdagi eng murakkab organizm hisoblanadi. Yetarlicha mukammal va murakkab shakli hisoblangan odam figurasining rasmi akademik maktablarning o‘quv jarayonida oliy pog‘onani o‘zida namoyon etadi.
Odam rasmi va unga to‘g‘ri keluvchi tuzilish(qurilish, yaratilish) qonuniyatlari arxitektor va dizaynerlarning bilim olishida muxim o‘rinni egallaydi.
Naturani diqqat va e'tibor bilan o‘rganish go‘zallik xislarini rivojlantiradi, didni tarbiyalaydi.
Rasmdagi butun kompleks bilimlar– uning fonetikasi, plastika, proporsiyalar, kanonlar, obrazli yechimlar, kompozisiyalar, perspektiva va ranglar tusining usullari gipsli antik figuralar va tirik modellarning rasmlarini yaratishda eng asosiy vazifani(masalani) – odamning plastik anatomiyasini bilish vazifasini(masalasini) istisno etmaydi.
Odam tanasining qismlari va ularning tasvirlanishi haqida to‘g‘ri tasavvur bergan, o‘zining traktatlarida harakat mexanikasi va anatomiyasi o‘yicha qator qimmatli ma'lumotlarni bayon etuvchi birinchi anatom sifatida Bosh rassom(musavvir) va olim Leonardo da Vinchini aytish joizdir.

Anatomiyani chuqur o‘rganganlar qatorida rus rassomlari (musavvirlari) A.A.Ivanov, I.E.Repin, V.A.Serov va ko‘pgina boshqalar ham bor.
Anatomiyani puxta o‘rganganligi haqida Rafael, Rubens, Rembrandt, Mikelandjeloning anatomik rasmlari va odam figurasining rasmlari guvohlik beradi.
Ma'lumki, o‘quv ishlarining vazifasi odamning suyak asoslari va odam figurasi muskul tizimlari bilan tanishish, odamning konstruktiv va anatomik tuzilishi bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish va ularni mustahkamlash, odamning konstruktiv asosini harakatlar va turli xil pozalarda tasvirlash ko‘nikmasini hosil qilish hisoblanadi.
Figura va tirik natura bo‘yicha dastur-vazifalar siklini buyuk rus rassomi(musavviri) P.P.Chistyakovning: «Rasm chizish– bu tirik shaklni o‘rganish kabi umuman bilish kerak bo‘lgan tomonlardan biridir, u elementar bilimlarga ega bo‘lish uchun zarur deb tan olingan xuddi fandagi kabi aql faoliyatini talab etadi” deb aytan so‘zini keltirish mumkin.

Figuraning qismlari, xomaki chizgilar. Ushbu muayyan vazifada qo‘l panjasini skeleti bilan chizish bajariladi; gipsli qolipdan chizilgan qo‘l rasmi; kaft skeleti, kaftning gipsli qolipli rasmi, tirik modeldan olingan xomaki rasmlar va chizgilar – turli holatlardagi qo‘l va kaftlar. Bu rasmlar odamning plastik anatomiyasini o‘rganishning davomi hisoblanadi.
Odam figurasini chizishda, uning badiiy ifodaliligida (badiiy jilo berishda) qo‘llarning roli muhim o‘rinnii egallaydi, figurani yasashda tekislikka tayanch sifatida tegib turgan uning oyoq kaftlari ham to‘g‘ri chizilishi zarur. Qo‘llar odamning xarakteri va ruxiy holatini tasvirlab berishi mumkin, bekorga emaski Tisiana, Rembrandt, Surikov, Repin kabi buyuk rassomlarning kartinalarida asarning mazmunini ochib berishda ular tomonidan tasvirlangan personajlarning qo‘llari katta rol o‘ynagan.
O‘quvning maqsadi – ushbu vazifa qomatning konstruktiv va anatomik xarakteristikalari va ularning funksional xususiyatlarida yanayam nozikroq va anig‘roq harakat qilishga undaydi.

O‘quv vazifasi:
1. Vazifa 55x75 sm o‘lchamli xolstda bajariladi.
Asosiy vazifa tik turgan inson qomatini suyakli asoslarini joylashtirishdan iborat.
2. Barmoq va kaftlarning xarakterli xususiyatlariga, ularning anatomik tuzilishiga e'tiborni kuchaytirgan holda to‘g‘ri va konstruktiv holda yaratish, qurish, chizish zarur.
3. Qurish ishi tugagach yengilgina yorug‘lik va soyalar bo‘yicha ishlov berish bilan hajmiy shaklni ochib berish lozim, bunda mazoklar texnikasiga e'tibor ajratish zarur.
Naturadan rangda tasvirlash jarayoni oʼz qonun qoidalariga ega ishning boshlanish qismida nimalar qilish, oʼrtasida qaysi masalalrni hal etish va oxirlab qolganda uni qanday yakunlash kerakligini bilish zarurdir. Rangtasvirda quyidagi asosiy masalalarni hal etish zarur:
• umumiy tus va rang holatdari va natura boʼyoqlarining bir-biriga yaqinligidagi tus va rang munosabatlarini topa bilish;
• katta rang-tusli munosabatlar chegarasidagi rang-tuslarning “choʼzilishi”, alohida buyumlarning hajmli shakllarining batafsil rangli qayta ishlanishi;
• butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi hamda kompozitsiya markazini koʼrsata bilish.

Odam tanasining shakllari turli shaxsiy o‘ziga xosliklar, ko‘plab murakkab va turfa xil uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi. Odam qomatini chizish talabadan istiqbol, mutanosiblik, plastik anatomiya, harakatlanish shakllari to'g'risida chuqurroq bilimga ega bo'lishni va asosiy xarakterli fikrlar va yo'naltiruvchi chiziqlar printsipini yanada ishonchli, aniqroq qo'llashni talab qiladi. Odam qomatini chizish uning tanasining bir xil holatini uzoq vaqt davomida ushlab tura olmasligi va ma'lum chegaralar ichida doimo o'zgarib borishi bilan murakkablashadi. Bundan tashqari, odamni chizish ko'proq diqqatni jamlashni talab qiladi va nusxalash, eskiz chizishlariga yo'l qo'ymaydi.

Fon yengil ko‘rinishda bo‘lib, asosiy diqqat e'tibor keksa chayir kishi ishlashga qaratiladi. Planshet o‘lchami 60x80 sm bo‘lgani ma'qul. Ushbu vazifada ob'ektni planshetga kattaroq hajmda joylashtiriladi.


Ishning dastlabki boshlanishi avvalo – model-nusxani tanlashdir. Postonovka ilgariroq raxbar bilan birga oʼylab koʼriladi, undan keyin oʼylab qoʼyilgan postanovka rejasiga monand model tanlab olinadi.
Oʼquv topshirigʼini asosiy talabi pastanovka holati va muhit muvo’iqligini toʼgʼri topishdan iborat.

Postanovka chuqur, murakkab makon tuzilmasi, guruxli yo’naltirilgan yorugʼning model rangini, shakli, feʼl-atvori, maʼnosini toʼlaqonli ochib berishga xizmat qilishi lozim. Intererda gavdalarni oʼzaro muvo’iqlashtirish zarur, negaki postanovka modeldan oʼzaro mos birlikdagi harakatlarda portret xususiyatlarini ochib berish vazifasini oʼz ichiga oladi. Talabaning diqqati insonni chuqur oʼrganishga, obrazlarni ifodaliligiga yoʼnaltirilgan boʼlishi kerak.
Odam qomatining eng muhim qismlari bosh, bo’yin, yelka, gavdaning ko’krak sohasi, bel tos hamda yuqori va pastki tayanch harakat a'zolariga bo’linadi. Ularning birgalikda yaxlit ko’rinishini chizishdan avval har birining tuzilishi, shakliga e'tibor berilishi, alohida tezkor chizmalarni chizib mashqlar qilinishi zarur. Odatda qalamchizmalar uchun yumshoq materiallar, ayniqsa ko’mir qalamchalari, retush qalami va sanginalardan foydalanish maqsadga muvo’iq. Ular bilan ishlaganda iloji boricha o’chirg’ichdan foydalanmagan ma'qul. Shunga mashq qilinsa aniq ishlashdagi mas'uliyat ancha ortadi, natijada ishonch bilan bexato ishlashga o’rganib boriladi.

Tasvirlashning metodik ketma-ketligini o'zlashtirib olish boshlovchi rassomga uzluksiz, har bir bosqich alohida qanday hal etilishini bilgan holda ishonch bilan ishlash imkoniyatini beradi. Rasm ishlashda amaliy tajribasi bo'lgan yosh rassom yakuniy natijani oldindan ko'ra bilish ko'nikmasiga ega bola boshlaydi. Lekin oldindan ko'ra bilish ko'nikmasiga, ba'zilar o'ylagandek, har kim o'z holicha emas, balki pedagog yordamida, butun tasvirlash jarayonini bosqichma-bosqich o'zlashtirish natijasidagina ega bo'lish mumkin. Odam qomatidan muntazam ravishda xomaki rasm va chizgilar qilish zarur. Bunday xomaki rasmlar odamning butun tasvirlashda olingan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash, shuningdek, hayotni real tasvirlash qobiliyatini rivojlantiradi. Realist rassom insonning barcha go'zalliklarini tasvirlay olishi kerak.

Davomli rasm chizish talabani yordamchi chiziqlar, o'q chizig'i, konstruktiv asoslar yordamida tasvirlashga majbur etadi. Talaba davomli o'quv rasmida asosiy e'tiborini yuzada realistik tasvirlash qonuniyatlari va qoidalariga qaratadi. O'quv akademik rasm chizishda talaba bu ishni pedagog yordamida, uning uzluksiz kuzatuvida amalga oshiradi. O'quv va ijodiy rasm turli yo'nalishga ega ekanligini ko'rsatib o'tish lozim. O'quv rasmi bilim va ko'nikmaga ega bo'lish uchun chiziladi. Ijodiy rasm esa, olingan bilim va ko'nikmadan badiiy obraz yaratish uchun chiziladi. Shuningdek, talaba avval olgan bilim va malakasi asosida yangilik yaratadi.

Odam tasvirini chizish dastlabki kuzatuvlardan, ya'ni chizilajak ob'ektni har tomonlama tahlil qilib o’rganishdan boshlanadi. Gavda tuzilishidagi o’ziga xosliklar, masalan, bo’y, qaddi-qomatning past yoki balandligi, balki o’rtacha me'zonlarga mosligi aniqlanadi. Shunga muvo’iq bosh o’lchamini mezon qilib olib tanaga nisbatan beriladi. Gavdaning egilgan-bukilgan qismlari, odam tamasining o’tirgan yoki tik turganligi, harakatda ekanligi masalalari kuzatilib o’rganiladi. Shundan keyin oldinga qo’yilgan talab, vazifaga ko’ra tasvirni qog’ozda joylashtirish hal etiladi, Tasvir boshlang’ich bosqichda yengil-elpi chiziqlar yordamida chiziladi. Unda butun tana bo’yicha o’tkaziladigan ish rivojiga yordam beradigan o’q-yordamchi, simmetrik chiziqlardan foydalaniladi. Asta-sekin tananing turli qismlarining o’lchamlari aniqllshtiriladi. Shuni ham unutmaslik kerakki, odam qiyofasini chizishda tananing statik yoki dinamik hollida ekanligini ko’rsatib bera olish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Buni ijobiy hal etish tasir ishlashning boshlang’ich bosqichidanoq nazorat qilinishi kerak.



Harakat holatini kuchayib aks etishi tananing barcha a'zolarini o’z o’rnida topib to’g’ri tasvirlay olishda namoyon etiladi. Inson tanasining umumiy holatidan qat'iy nazar uning alohida bo’laklarining tasviriga ham e'tibor beriladi yaxlitlikni ta’minlovchi omildir. Shuni ham alohida ta'kidlab o’tmoq kerakki, tez chiziladigan chizmatasvirlar bitta qog’oz sathida bir nechtalab ishlanishi mumkin. Bunday yo’l tutish har bir holatni o’zaro solishtirib ko’rish, tahlil etish imkonini tug’diradi, Malumki, odam tik turgani, o’tirgani yoki yotgani holatlarida uning tanasi a'zolarini o’lchamlari, o’zaro holati har turli xususiyatlarga ega bo’ladi.
Yuqorida aytilgan vazifalardagi qiyofani tasvirlash murakkablik darajasi ham turlichadir. Shuning uchun har xil vaziyat va holatlardagi odamlar tasvirini iloji boricha ko’proq ishlab mashq qilinishi maqsadga muvo’iq. Ularda konstruktiv qurilish masalalariga, rioya qilinsa, soya-yorug’liklarni ko’rsatishga ortiqcha berilmasdan, chiziqlar qalin, ingichkaligi, plastikligiga, ifodaliligiga e'tibor berilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Eng muximi erinmasdan mehnat qilishni har bir talaba o’z odatiga aylantirishi kerak.

Ma'lumki, inson qomatini chizish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunda albatta akademik rasm ishlash amallari qo’llaniladi. U esa oddiydan murakkabga o’tib borish orqali yuzaga chiqariladi. Odam tasviri talabalar, uni endi chizishni o’rganayotganlar uchun ancha murakkab ishdir. Bu sohaning nazariy qismini o’qib o’rganish mashqlar uchun chiziladigan vazifalar sifatini oshirishning omilidir. Chunki nafaqat yillar, balki asrlar davomida akademik rasm chizish sirlari ochilib, tadqiq etib, takomillashtirilib kelinmoqda. Shundan ma'lumki o’ziga xos, inkor etib bo’lmaydigan tamoyillar, qonun-qoidalar vujudga kelgan.
Odam qomatini to’liq tasvirlash, uning bosh qismini chizish amallari to’liq o’zlashtirilib olingach boshlangani ma'qul. Shunda dastlabki mashqlardanoq yetarli samaraga erishish mumkin bo’ladi. Asosiy e'tibor tanani tadqiq etish va tasvirlash ishiga qaratiladi. Ma'lumki inson qaddi-qomatining o’z o’lchamlari, mutanosiblik tamoyillari mavjud. Masalan yosh bola boshining o’lchami tanaga nisbatan jihatdan ancha mutanosiblikda bo’ladi va tanaga, uning balandlik o’lchamiga olti, yetti, ba'zan yetti yarim karra joylashadi. Albatta bu me'zonlar nisbatan bo’lib turli odamlarda har xillik kasb etadi.

Odam qomatini chizishda uning tuzilishini (konstruktsiyasini) bilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun chizuvchi tananing qanday harakat holatida, qay vaziyatda turganligini qoralama chizgilar qilish orqali tahlil qilish, ko’plab shunday mashqlar bajarish, asosiy ishni boshlashi kerak. Chizganda ham qiyofani, uning barcha bo’laklarini alohida-alohida emas, balki yaxlit aks ettirishga urinish, hamda erishish lozim bo’ladi. Ammo har bir bo’lak uning tasvirida tutgan roli ham unutilmasligi kerak. Turgan odam qiyofasini chizishning asosiy amallari nimalardan iborat degan savolni oldimizga qo’yib, unga javob beraylik: dastlabki maqsad ob'ektini qog’oz sathiga chiroyli qilib joylashtirishdan iboratdir. So’ngra tana turish vaziyati, holati topiladi, keyin qomatning qismlari, o’lchamlari o’zaro mutanosibligi topiladi. Ular odamning keksa yoshligiga, semiz yoki ozg’inligiga, bo’yining past yoki balandligiga bog’liq bo’ladi. Bunda albatta odamning qaysi bir oyog’iga, yoki ikkala oyog’iga tayanib turganligi e'tiborga olinishi muhimdir. Chunki shunga qarab tananing holati o’zgarib turadi. Yelka, bosh, bel, tos, qo’l va oyoqlar turishi har xil ko’rinishga ega bo’ladi. Ma'lumki, odam umurtqa pog’onasining tuzilishi ham uning ko’rinishiga ta'sir etadi. Ba'zi tanalarining turishi tik bo’lsa, ba'zilari bukchayibroq kurinishi shundan.
Tananing har bir a'zosi gorizontal va vertikal chiziqlarga nisbatan qanday vaziyatda ekanligi muntazam ravishda tekshirib turiladi. Butun tananing tayanch nuqtasi mavjud bo’lib, u og’irlik qaysi oyoqqa tushayotganiga, yoki ular oralig’iga tushayotganini aniqlashda qo’l keladi. U to’g’ri joyida topilmagan bo’lsa, odam qiyofasi og’ib, yiqilayotganga o’xshab chiqib qolishi mumkin.

Odam qomatini ishlashda avvalo boshning o‘rta chizig‘i mo’ljal qilib olinadi va bosh holati oval shakl bilan belgilanadi, shu usul bilan boshning burilish darajasi va xarakati aniqlanadi. Ishning mazkur bosqichida rasmning obrazli xarakteriga ta’sir qiluvchi figuraning yuqori, o‘rta, pastki qismi nisbatlariga to‘xtalib, pedagog rassomlarga baland, o‘rta va past bo‘yli odamlarda boshning butun tana uzunligiga nisbati qanday bo‘lishini, shuningdek erkak, ayol va yosh bola figuralari nisbatlari o‘rtasidagi farqlarni tushuntirib berish kerak. Bosh balandligi va yarem chuqurchasining joylashuvi butun figura balandligiga nisbatan belgilangandan so‘ng, yengil chiziqlar bilan o‘mrov suyaklari yo‘nalishi chiziladi. So‘ngra figuraning yarem chuqurchasidan to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i, undan kindik va rasmdagi asosiy o‘zgarmas nuqtalardan biri bo‘lgan tos suyagining boshlang‘ich qismi - yonbosh suyak tomon cho‘zilgan shartli o‘rta chiziq aniqlanadi. Rasmga ko‘krak uchlaridan o‘tuvchi gorizontal chiziq chiziladi, keyin tos suyaklarining qirralaridan chiziq o‘tkaziladi va shu yo‘l bilan tosning gorizonal chiziqqa nisbatan yotiqlik darajasi aniqlanadi. Ikkita oyoqqa tiralib turgan figura holatida tos gorizontal holatda bo‘ladi. Tananing barcha og‘irligini bir oyoqqa o‘tkazilganida, tos og‘irlik tushmagan oyoq tomonga egiladi. Tosning yuqori qismi chizig‘i yonbosh suyakning ko‘rinib turgan qirralariga asoslanib belgilanadi. Keyin ikki son suyagi boshchalari o‘rtasidagi chiziq belgilanadi. Tana og‘irligini ko‘rsatib turgan sonning tos bilan birlashgan boshchasi aniq ko‘rinib turadi, ikkinchi oyoqning son boshchasining joylashish o‘rni o‘zgarganligi tufayli, uning o‘rnida chuqurcha hosil bo‘ladi. Ikki son boshchalari o‘rtasidagi chiziqqa parallel ravishda, rasmda shtrixlab qo‘yilgan tosning yuqori qismidan o‘tuvchi, chiziq belgilanadi. Tos chizig‘iga parallel ravishda ikki oyoqning tizza qopqoqlaridan o‘tuvchi chiziq chiziladi (son boshchasi va to‘piq o‘rtasida). Bunday usulda chizilgan belgilar vertikal chiziq bo‘yicha figura nisbatlarini aniqlashga yordam beradi. Qomatning asosiy qismlari kengligi - tosdan tovongacha va tosdan boshning yuqori chegarasigacha bo‘lgan qismi shtrixlar yordamida oydinlashtiriladi. Ikki oyoqning yon tomonlari va tos, tors, yelka, qo‘l, bo‘yin va bosh ham shtrixlar bilan chizib chiqiladi. Ishning keyingi bosqichida o‘chirg‘ich bilan yordamchi chiziqlar va tasvirlangan figura ichidagi barcha belgilangan oriyentir-tayanch nuqtalar o‘chiriladi va tasvirning o‘lchami va chegaralari natura bilan yana bir marotaba solishtirib tekshiriladi. Buning uchun dastlab tasvir hajmini ko‘rsatib beruvchi asosiy soya va ton munosabatlari rasmda aks ettiriladi va natijada nisbatlarni to‘g‘rilash va konturlarga shtrix bilan aniqlik kiritish imkoni paydo bo‘ladi. Bunda figuraning tors va boshdan boshlab, oyoq va qo‘lgacha bo‘lgan qismlari ustida ish olib boriladi.

Oyoq-qo‘lning – yelka, tirsak, tizzalarning bukilgan joylariga shtrix yoki yorug‘lik soyasi yordamida tus beriladi. Qo‘l kaftlari va tovonlar birgalikda ishlanadi, figura tasviri shtrixlar bilan ishlanadi va shakl hajmi yorug‘lik-soya munosabatlari asosida ko‘rsatiladi. Rasm chizishda qalamni botirib chizish mumkin emas, chunki bunda rasm qorayib ketadi, xatolarni tuzatish qiyinlashadi va tasvir butunligi buziladi.
Yalang‘och odam figurasi tasvirini orqa tomondan chizishni uning og‘irlik markazini topishdan boshlanadi. U tahminan tosdan - yonbosh suyak balandligiga mos keluvchi ikkinchi bel umurtqasidan o‘tadi. Topilgan og‘irlik markazidan vertikal chiziq chiziladi. Pastda u tayanch maydonidan, yuqorida esa naturada yaxshi ko‘zga tashlanuvchi yettinchi bo‘yin umurtqasidan o‘tadi (old tomondan yarem chuqurchasiga to‘g‘ri keladi) va bosh suyagining yuqori qismigacha davom etadi. Shundan so‘ng ikki oyoq yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar – son katta boshchalaridan tovon markazigacha (huddi figuraning old tomonini chizish jarayonida bajarilgani kabi) chiziladi. Qomat nisbatlari vertikal chiziq bo‘yicha avval og‘irlik markazidan - asosiy qo‘zg‘almas nuqtadan pastga tomon aniqlanadi. Og‘irlik markazidan o‘tuvchi vertikal chiziqqa belgilar qo‘yiladi va tosning yonbosh suyagi qirralaridan, katta boshchalardan (sonning yuqori qismidan), hamda dumba mushaklarining pastki chegaralidan chiziq o‘tkaziladi. Tizza osti chuqurchalaridan o‘tgan chiziq sonlarning katta boshchalaridan o‘tgan chiziqqa parallel qilib chiziladi. Keyin dumg‘azadan (og‘irlik markazidan) yuqoriga qarab umurtqa pog‘onasi chizig‘i belgilanadi va ushbu chiziqqa asoslangan holda tors juft qismlarga ajratib chiziladi. Ushbu chiziqda kurakning yuqori va pastki chegaralari, yettinchi bo‘yin umurtqasi va kalla suyagi asosini bildiruvchi belgilar qo‘yiladi. Bosh butun tanaga nisbatan oval holatda bo‘ladi va u umurtqa chizig‘ining davomi bo‘lgan bosh markaziy chizig‘ida joylashadi.
Endi qomat nisbatlarini gorizontal chiziq bo‘yicha – tosdan oyoq tagigacha, tosdan boshgacha bo‘lgan qism nisbatlarini aniqlashga kirishamiz. Tos, butun bel, bosh, yelka va qo‘lning yon yuzasi va kengligi yengil shtrixlar bilan belgilanadi. O’chirg‘ich bilan barcha yordamchi chiziq va nuqtalar o‘chiriladi, asosiy ton va soya ifodalanib, nisbat bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar tuzatiladi. Umumiy shaklning soyali qismlarini shtrixlash yordamida rasm konturini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda torsning bukilishi, hamda uning tos va qo‘llar bilan birlashishini ko‘rsatish mumkin. Qo‘l kaftlari va tovonlar umumlashgan holda tasvirlanadi.1
Mazoklar yumshoq, egiluvchan uchli, eng yaxshisi kolonok kisti yordamida, eng kerakli asosiy joylarga yaʼni shakllarni boʼrttirib koʼrsatish, nozik, mayda detallarini ishlash uchun qoʼllaniladi. Mazoklarni ishlatishda ularning yoʼnalishi, rangi xamda detalning xarakteriga eʼtibor qilish kerak boʼladi. Detal rangi yuqori darajada aniq, yoki umumiy ranglar uygʼunligi bilan xamoxang, va ungacha aniq va ishonch xosil qilgan xolda detallashtirilayotgan buyumning rangi tanlanishi lozim.
Shuning uchun xam moyboʼyoqli texnikada detal ishlash jarayonida oʼzgacha eʼtiborni talab qiladi; bir qancha qayta ishlash, u tasvir goʼzalligini yoʼqotadi va ish sifatini pasaytiradi. Mazok yoʼnalishi juda katta axamiyatga egadir.



Yüklə 53,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə