Iii. Amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar 1-amaliy mashg’ulot. Ekologia va atrof muhit muhofaza fanini tadqiqot uslublari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə1/13
tarix19.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#150762
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
AMALIY MASH




III.AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN MATERIALLAR
1-AMALIY MASHG’ULOT. EKOLOGIA VA ATROF MUHIT MUHOFAZA FANINI TADQIQOT USLUBLARI.
Ekologiya juda 0‘ziga xos fan bo‘lib, u ayrim tur vakillarinigina emas, balki tur vakillari guruhini, ularning populyatsiyasi, turlari, ular hosil qiladigan turli senozlar, biotsenozlar, ekosistemalarning o‘sish, rivojlanish, tarqalish yo'llari, ular ichidagi munosabatlarni, doimiy harakatlari, moddalar almashinuvi va energiya oqimi kabi qonunlarni o'rganadi. Ekologiya o'rganadigan muammolarning har xilligi turli uslublarni qoilashni talab qiladi.
Ekologiyada quyidagi, ya’ni: dala, laboratoriya, eksperimental va matematik model uslublari qo‘llaniladi.
Dala uslubi yoki tabiiy sharoitda olib boriladigan, o‘flcaziladigan kuzatish uslubi.
Dala uslubi bo‘yicha tur vakillari, ular hosil qiladigan turli katta-kichik tirik organizmlar guruhlarini tabiiy sharoitda o‘rganadi.
Bunday holda floristika, sistematika, morfologiya, geobotanika, fiziologiya kabi biologik hamda nobiologik fanlaming uslublari ham keng qoilaniladi va tirik organizm- larning o‘sish, rivojlanish, ko'payish, o‘zgarib turish jarayonlari aniqlanishi bilan, ularning bir-birlari va muhit o’rtasidagi munosabatlari o‘rganiladi. Olingan rnateriallarni ekologik tahlil qilish asosida tirik organizmlaming hayot-faoliyatiga oid turli ekologik qonunlar aniqlanadi.
Dala uslubi tirik organizm yoki populyatsiyalarga, ularning yirik biologik birikmalarga abiotik omillarni majmua holda ta’sir qifishlanni va shuning natijasida ma’lum joydagi organizmlarda bo'ladigan o'zgarishlarni aniqlaydi. Shuning bilan bir qatorda majmua abiotik omillar ichida qaysisi ekologik tur vakili, populyatsiyasi, turi yoki uning yirik guruhlarining hayot-faoliyati, rivojlanishi, o‘sish va ko‘payishi, tarqalishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir qilishini aniqlaydi.
2. Laboratoriya eksperiment uslubi bo'yicha maxsus joylarda, xonalarda turli mikroorganizmlar, suvo‘t!ar, umurtqasiz hayvonlar, ularning formalari (shtamplan) kichik- kichik chashkalarda, akvariumlarda maxsus ozuqa moddalar, yorugMik, harorat yordamida o‘stiriladi. Ularning ko'payish tezligi, biomassa hosil qilishi, fiziologik, bioximik tarkiblari hamda foydali formalarining tez ko‘payishi uslublarini ishlab chiqib, non, qatiq, yog‘, vino, spirt tayyorlashda foydalanadi va chorva mollari ozuqalariga, yem-xashakka qo'shib beriladi.
Tabiiy sharoitning bir qismida u yoki bu tirik organizmlar o'sishi, rivojlanishi, ko'payishi, uning fiziologik holatida kuzatish, eksperiment o‘tkazish yo‘li bilan ham ko‘p ekologik muammolar hal etiladi.
Tirik organizmning fiziologik, bioximik va umuman ekologik ahvolini ko‘pincha laboratoriya sharoiti (lampochka yorug‘i, harorati, turli kimyoviy moddalar, sun’iy ozuqa moddalari) ta’siri natijasida organizmlarda bo'lib o‘tadigan o‘zgarishlar, laboratoriya -eksperimental holatda o‘rganiladi,
Laboratoriya-eksperimental va dala uslublari bir-birlaridan farq qiladi. Ya’ni, laboratoriya-eksperimental sun’iy sharoitda organizmga ta’sir qilayotgan sun’iy ekologik omillar (yorugMik, harorat, namlik va boshqalar)ning salbiy va ijobiy ta’sirini boshqarish mumkin. Tabiiy sharoitda esa, ekologik omillaming organizmga bir joyda va bir vaqtda bir necha omil (quyoshdan kelayotgan nur, daryoning oqish tezligi)m birdan boshqarish qiyin.
, 3. Matematika uslublari va modellashtirish. Turli ekosistema- larning tabiiy holati, o‘zgarishi va ularga xos ekologik tomonlami matematik modellar uslubi yordamida aniqlash V.S. Patten (1971), M.V. Dale (1970), Yu.Odum(I975), V.D. Fyodorov, T.G. Gilmanov (1980) kabi olimlaming ishlarida o‘z aksini topgan.
Ekologik tadqiqotlar davomida olinadigan turli ma’lumot- larning to‘g‘riligini matematik statistika uslublari bilan har xil variantda olingan materiallar bir-birlariga solishtirilib, ular o‘rtasidagi farqlar chiqariladi. Masalan: senozlar ichidagi turlarning umumiyligini chiqarishda Sorensen formulasi
2 s S K = —— yoki Jakar formulalari K qo‘llaniIadi.
a+b a+b+c
Bu yerda «K» - umumiy turlar koeffitsiyenti; «S» - ikkita o‘rganilgan joy uchun umumiy turlar soni; «A» - bir o‘rganilgan joyning turlar soni; «b» - ikkinchi o'rganilgan joyning turlar soni.
Hozirgi vaqtda tabiiy biologik voqeliklarni modellashtirish, tirik tabiatning turli jarayonlarini sun’iy yaratish keng qo'llanilmoqda.
Turli matematik yo‘llar, modellar, amaliy ekologiya, ekologik modellar yaratish toza matematik yo'nalishlarga xos mutaxassisliklarda chuqur o'rganiladi. Bu yerda biz matematik yo‘llardan boshlang'ich namunalar keltirdik xolos.
Qishloq xo'jaligida oldindan rejalashtirilgan haqiqiy imkoniyatli hosil (HIH)ni olishga mo‘ljallangan ma’lum ekin maydoni iqlimi (yoruglik, harorati, tuproqning unumdorligi, namlik kabi tabiiy omillar) inobatga olinadi.
Tabiiy ekologik majmualar quyidagicha matematik . • . WTv ko'rmishga ega bo'ladi: Kr - —
36a
Bu yerda: Kr - mahsuldorlikning biogidrotermik imkoniyati, ballar; W - foydaii namlik; T - vegetatsiya davri, dekadalar soni; R - vegetatsiya davridagi radiatsion balans; kdj/sm2; 36 yil davomidagi dekadalar. Ballardan absolyut quruq biomassaning hosilga o‘tishi quyidagi formula asosida bo‘iadi: Bu yerda: Ub - biomassaning hosili, t/ga; V - emperik koeffitsiyent, teng 20ga; Kr - mahsuldorlikning gidrotermik imkoniyati, ball.
Haqiqiy imkoniyatli hosil (HIH)da ekinzorlarni suv bilan ta’minlash hisobi ham bor. Bu holatda: hosilni yuzaga keltirishdagi hosildor namlikning miqdori va ekin namligi o'zlashtirishdagi koeffitsiyent quyidagi formulada yuzaga KW
chiqariladi; nlti - ——
Kw
B u yerda: absolyut quruq biomassaning haqiqiy imkoniyatli hosili; W - hosildor namlikning zaxirasi, mm; Kw - namlikni o'zlashtirish koeffitsiyenti.
Ekologiyaning turli yo‘nalishlaridan biri:
Tabiat sirlari, ularning har xilligini bilish xislati faqat insonlargagina xos va bu holat tabiiy voqelikni bilish bilan bir qatorda etik, estetik, adabiy fikrlash qonuniyatlarining takomillashishi bilan ham bog‘liqdir;
Yig‘ilgan ilmiy dalillar asosida atrof-muhit holatini tushuntirib berish ekologiyaning ikkinchi yo‘nalishi hisoblanadi.
Ekologiyaning bu ikki yo‘nalishi va ularning uslublari tabiiy birliklar qonunlarini o‘rganishda aniqlanadigan prinsiplar, tabiiy holati buzilgan senozlar, biotsenozlarning holatini belgilashda ham qo‘llaniladi. Yerdan foydalanishda tuproqning fizikaviy va kimyoviy qonunlari, tuproqda bo4 lib o'tadigan kimyoviy reaksiyalar, neorganik moddalaming erishi, organik birikmalarning hosil bo'lishi, tuproqda gazlarning bor yoki yo'qligi, oz yoki ko‘pligi kabi holatlarning hammasi tuproqning tangligiga bog‘liqdir.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə