Microsoft Word xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi


-Mavzu:   Shaxs rivojlanishidagi buzilishlarning psixologik xususiyatlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/60
tarix31.12.2021
ölçüsü0,54 Mb.
#81940
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi

12 -Mavzu:   Shaxs rivojlanishidagi buzilishlarning psixologik xususiyatlari 
 
                                                                   Reja: 
1. Shaxs rivojlanishidagi buzilishlarning psixologik xususiyatlari va davr talabi. 
2. Shaxsning psixologik tuzilishi. 
3. Shaxsni o’rganish murakkabligi. 
4. Anomat rivojlanish va uni o’rganish. 
 
Tayanch iboralar:  
Shaxs psixologik xususiyatlari, shaxsga ko’yiladigan davr talabi, shaxsning 
tuzilishi va uni o’rganish.  
Davrimizning asosiy talablaridan biri milliy ma’naviyatni, mustaqillikni 
mustahkamlashni bevosita amalga oshiruvchi yetuk mutaxassis insonlarni tarbiyalashdir. 
Jamiyat talab qilayotgan bunday ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun shunday insonlarni 
shakllantirish, ularni tanlash va tarbiyalash yo’l-yo’riqlarini, omillarini tadkik kilish 
dolzarbdir. 
Ma’lumki, bir jamoa yoki ijtimoiy tizim farzandi sifatida o’zida muhim xususiyat 
belgilar tizimini mujassamlashtirgan individ shaxsdir. Shaxsning xarakteri, 
temperamenti, kobiliyati ruxiy jarayonlari mehnat faoliyatida, turmushda o’zini namoyon 
etadi. 
Demak, psixik prosesslar, psixik xolatlar va psixik xususiyatlarning o’rtasidagi 
bogliklik xamda atokadorlik, shaxsning psixologik tuzilishini tashkil etadi. Afsuski, biz 
ba’zan inson haqida fikr yuritganimizda sog’liq, kasallik va uchinchisi sogliqqa ham 
kasallikka ham kushilmaydigan bir holat haqida fikr yuritganimizga to’g’ri keladi. 
Ayniksa, tafakkurni tekshirishda bu buzilishlar anik ko’rinadi (Zeygarnik B.V. 
1962) masalan (Zeygarnik B.V.,1965) nasihatgo’ylik (Tepenipina 1965, Mansur Tochat 


Gabriyal, 1973) hali muhimlashmagan aloka va sifatlarning aktualizasiyalash 
(faollashtirish) tendensiyasi (Polekov 1974) lekin bularning hammasi birinchi navbatda 
o’zgargan shaxsiy komponentlarning ko’rinishi bo’lib xisoblanadi.. Boshqacha qilib 
aytganda, bu dalil muhim ahamiyat kasb etib, u hamma tipik prosesslarning turlicha 
joylashgan, bilvosita shaxsiy motivlashgan faoliyat turlari ekanligini ifodalaydi. Yana bir 
umumnazariy ahamiyatga ega bo’lgan savol bu insonning biologik va sosial 
rivojlanishini bilishdadir. Shaxe buzilishilarining turli xil formalarini taxlil kilish bilan bu 
savolni yechishga yordam berish mumkin va nixoyat shaxs psixikasini buzilishi va 
rivojlanishining o’zaro nisbati muammosini hal kilish xam muximdir. Bu muammolar 
psixologiya va psixiatriya nazariyasi uchun insoning psixik faoliyatining tuzilishi 
spesifikasini tushunish uchun katta axamiyatga egadir. Potopsixologiya motivlar 
iyerarxiyasi ularning bevosita tuzilishi, yo’nalish faoliyati, maqsadlar o’zgarishi kabi, 
shaxs psixologiyasiga doir ko’pgina savollar yechimiga yordam beradi. Chunonchi, 
potopsixologiya psixologiya ilmining bir tarmogi bo’lib, psixologiya faoliyatning 
buzilishlarini izlashga, ularning ichki tabiatiga kirib, bu yerdagi mavjud konuniyatlarni 
ajratib, me’yorda (normal) rivojlanayotgan shaxsning konuniyatlar bilan 
muvofiklashtirishga dav’at etadi. Lekin fakatgina faktga, (dalillar)ga tayangan holda biz 
kasal odamni rivojlanishi qonuniyatlaridan to’gridan-to’gri va bevosita soglom 
rivojlanayotgan shaxsning konuniyatlarini olib chikishimiz mumkin emas. Aksincha, 
potopsixologiya soxasidagi izlanishlar doimo soglom va ruhan kasal shaxsning 
tuzilishida dorilar borligini tafovutlaydi. 
Shaxsning shakllanishi va o’zgarishlarini tekshirish ko’p kirrali va juda kiyin 
jarayondir. Zero, har bir psixologga shaxsning tuzilishi, uning ma’no kasb etuvchi 
prosesslar, motiv va maqsadlarning o’zaro munosabati, shaxs rivojlanishida ularning 
ahamiyati nakadar kiyinligi ayon.   
Shu bois xam shaxsni tekshirishda shunday 
soxani tanlash kerakki, u umumnazariy jihatdan eng yaxshi ishlangan bo’lishi kerak. 
Bunday yaxshi ishlangan nazariy muammolarga motivasiya va shaxsning munosabatlari 
muammosi tegishlidir. Shaxs «buzilishlarini» o’rganishdagi asosiy usul eksperementdir. 
Agar biz shunday shaxs «buzilishiga» esa insonni - pasiyent deb atasak, u xolda 
eksperenment vaqtida pasiyentning umumiy hatti-harakatlarini kuzatish kerak. Pasiyent 
topshirik yoki ko’rsatmani kanday «qabul kilishi» xam, uning shaxsiy ko’rinishlarini 
adekvat yoki neadekvatligi hakida guvox berilishi mumkin. Psixologik eksperent vaziyati 
pasiyent tomonidan uning akliy imkoniyatlarini allakanday sinovi deb idrok kilinadi. 
Demak, eksperement vaziyatning o’zi ma’lum munosabatlarning faollashuviga olib 
keladi. masalan, ayrim pasiyentlar o’zlarining xotirasining yomon ko’rsatkichidan 
ko’rkib, «men har doim so’zlarni yomon eslab kolardim», - deb hisobli operasiyalarni 
bajarish kerak bo’lgan hollarda «Arifmetikaga toqatim yo’k» - deya e’tiroz ila arz 
kiladilar. Har kanday vazifa eksperement vaktida shaxsiy reaksiyalarni keltirib chikarishi 
mumkin. Inchunun, eksperement vaziyati go’yo «taftish» xarakterlilik kasb etadi. 
Okibatda pasiyentni kuzatish, uning emosional kirralarini (sferasini) aniklashda o’ziga 
xoslikka ega. 
Anomal rivojlanishni xayotiy eksperementning anik bir qismi sifatida ko’rib 
chiqish, laboratoriya usulidagi eksperementning natijalari bilan ularning o’zaro 
munosabatini topish usullarini patologiyadagi ma’lumotlarni psixologik o’zlashtirish 
uchun adekvat usul bo’lib hisoblanadi. Ravshanki, bu yo’lda «yoruglik» - ichki 
konuniyatlar fakat anomal fenomen keltirib chiqargan butun «xayotiy eksperement» 
rivojlanishining tahlili (analiz
ы
) orqali aniqlanish jarayonida bemorning o’ziga xos 
bulgan tip anik kasallik tarixi tuzilishi kerak. Tibbiyot kasallik tarixidan farkli holda bu 


yerda bo’lingan ma’lumotlar emas, balki boglangan konkret klinik va eksperemental 
isbotlar bilan xujjatlangan, bizni qiziktirayotgan psixik xususiyatlarning namoyon 
bo’lishi va rivojlanishi hakidagi hakikat kayd etilishi darkor. 
Demak, shaxsni anomal rivojtanishini o’rganishga bo’lgan yondashuv 
kuyidagicha: 
a) avval 
bizni 
kiziktiradigan psixik buzilishining boshlanishi va namoyon bo’lish 
jarayoni; 
b) 
uni tashkil kiluvchi xususiyatlar; 
v) «buzilish» 
kechishining 
asosiy variasiyalari; 
g) anomal 
rivojlanishining 
nazariy «namunasi»ni tuzish; 
d) 
shakllanayotgan eksperementni kayta ishlash
ye) 
psixokorreksion, tarbiyaviy ta’sirlar majmuasini (kompleksini) qamrab oladi. 
 
 
Mexnat insonni tarbiyalashda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy texnika 
tarakkiyoti moddiy va ma’naviy boyliklarning yaratuvchisi bo’lgan insonning o’zida 
muhim o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ladi. 
Shunday kilib xozirgi zamon jamiyat kishisi avvalo mehnatda, jamoa ijodiy 
mehnatida ishtirok etish uchun shakllanadi. Biz tarbiyaning jumladan mexnat 
tarbiyasining barcha masalalarini emas, fakat, birinchi navbatda, tarbiyasi kiyin 
o’smirlarga xos bo’lgan masalalarnigina ko’zda tutamiz. Gap tarbiyasi qiyin 
o’smirlarning mexnat yoki axlokiy tarbiyasi xakida ketayaptimi yoki ularning tarbiyasiga 
oid kandaydir boshka masalalarni xat kilish xakida ketayaptimi, bunda asosiy rolni 
ta’lim-tarbiyaviy ta’sirning butun kompleksi o’ynaydi. binobarin, bu o’smirlar xam 
obyekt xam boshka o’kuvchilar bilan teng ravishda pedagogik jarayenning ishtirokchisi 
hisoblanadilar. Tarbiyasi kiyin o’smirlarga pedagogik-psixologik yondashishning o’ziga 
xosligi pedagogik ta’sir ko’rsatishning kandaydir aloxida vositalarini (bunday aloxida 
vositalar yo’k) tanlashda emas, balki odatdagi pedagogik vositalarni tanlay bilishda. 
Birok, bunda albatta o’kuvchining individuatligini, eng avvalo, uning kuchli tomonlarini, 
uning obru-e’tibori, shu bilan ko’zda tashlangan kamchiliklarni hisobga olish zarur. 
Bu borada tarbiyasi kiyin o’smirlarni hayotga tayyorlash va kasbga yunaltirish 
asosiy vazifalarimizdan biridir. Bunda tarbiyasi kiyin o’smirlarni bilim saviyalarini
individual psixologik xususiyatlarini xisobga olish kerak. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə