Boshlang‘ich ta`limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo‘llari



Yüklə 1,18 Mb.
tarix23.09.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#122949
Texnologiya 3-kurs 1-ma\'ruza

1-MODUL. TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI 1-MAVZU. TEXNOLOGIYA TA’LIMI VA TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI.

1.Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining vazifalari. 2.Texnologiya fanini o‘qitishda metodik yondashuv. 3. O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy va amaliy tayyorlash. 4.Texnologiya darslarini tashkil qilish shakllari. 5.O’quvchilarda mehnatga munosabatni shakllantirish. 6.Boshlang‘ich texnologiya fani elementlari bilan tanishtirish


Reja:

 Maktabdagi texnologiya ta`limi va tarbiyasining maqsadi: o’quvchilarga mеhnatga muhabbat vamеhnat ahliga hurmat tuyg’usini singdirishdan; o’quvchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, qurilish, transport, xizmat ko’rsatish sohalari asoslari va texnologik jarayonlar bilan tanishtirishdan; o’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida ularda mеhnat ko’nikmalari va mahoratini hosil qilishdan; ongli ravishda kasb tanlashga va boshlang’ich hunar ta`limini olishga undashdan iborat.


Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining alohida o’rni bor. Ushbu o’quv fani o’quvchilarda aqliy va jismoniy mehnat turlari, mehnat jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilish, mehnatga oid ko’nikma va malakalarini rivojlantirish kabi ta’limiy maqsadlarga xizmat qiladi.

Maktabdagi texnologiya ta`limi va tarbiyasining maqsadi - o’quvchilarga mеhnatga muhabbat vamеhnat ahliga hurmat tuyg’usini singdirishdan; o’quvchilarni hozirgi zamon sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi, qurilish, transport, xizmat ko’rsatish sohalari asoslari va texnologik jarayonlar bilan tanishtirishdan; o’qish va ijtimoiy foydali ish jarayonida ularda mеhnat ko’nikmalari va mahoratini hosil qilishdan; ongli ravishda kasb tanlashga va boshlang’ich hunar ta`limini olishga undashdan iborat.

Mehnat ta’limi fanining o’qitilish samaradorligini oshirishda amaliy mashg’ulotlar asosiy o’rinni egallaydi. Amaliy mashg’ulotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) Ekskursiyalar uyushtirish; 2) Ustaxonada yog’och va metalldan, tikuv materiallaridan uy jihozlari tayyorlash.

O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash. Amaliy tayyorlash texnologiya fanining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. U o’zaro bog`langan bir necha elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, kerakli operatsiyalarni to’g`ri va ratsional amalga oshira bilish, ya’ni u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera borish, yo’l qo’yilgan xatoni o`z vaqtida aniqlash va to’g`rilay olish kabilardan tarkib topadi.


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə