6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T



6- MAVZU: O‘QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI 
SHAKLLANTIRISH. TARBIYA TURLARI. AQLIY, MA’NAVIY-
AXLOQIY, ESTETIK, MEHNAT HAMDA JISMONIY TARBIYA. 
Reja: 
1.Mustaqil fikrlash, ilmiy dunyoqarash va milliy g’oyani shakllantirish o’quv-
tarbiya jarayonining tarkibiy qisimlari. 
2.O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qisimlari. 
3.Aqliy tarbiyaning maqsadi va vazifalari. 
4.Aqliy tarbiya vositalari. 
5.Iqtisodiy tarbiya-o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning 
tarkibiy qismi sifatida. 
6.O’quvchilarning ekalogik tarbiyasi. 
Dunyoqarash
tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati 
mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va 
e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g‘oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, 
tabiiy-ilmiy, ma’naviy-axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida 
Shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo‘ladi. Eng 
muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o‘rni, mohiyati, hayotiy 
yo‘nalishini, o‘zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Shuningdek, 
dunyoqarash «dunyoni tushuntirish», «dunyoni his qilish», «ifodani idrok qiliish» 
kabi tushunchalar bilan yaqin ma’nodosh ekanligini aytish joiz. Dunyoqarash 
tushunchasi mafkura tushunchasi bilan aloqador. Mafkura bizning nazarimizda 
mehnatsevarlikka, milliy ong, milliy g‘oya, milliy g‘ururni tarbiyalashga, o‘zni-
o‘zi anglashga, millatimiz bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot yo‘liga qanday 
yondashishimizni bilishga, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, rasm-rusmlarimizni 
qayta tiklashga va yanada rivojlantirishga qaratilgan. Bizning milliy istiqlol 
mafkuramiz davlat mustaqilligini mustahkamlashda, demokratik davlat, fuqarolik 
jamiyati barpo etishda aniq maqsad va yo‘nalishlarga tayanadi. Uning yordamida 
xalqimiz inson huquqini himoya qiladi, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror 
toptiradi, kelajagi buyuk davlat qurish yo‘lida o‘zida kuch topadi. Eng muhimi 
istiqlol mafkuramiz, milliy g‘oyamiz insonni halol va pok hayot kechirish, beva-
bechoralar, qarovsiz qolgan bolalarga nisbatan diqqat va e’tiborda bo‘lishkabi 
yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga asoslanadi. Dunyoqarash insoniyatni 
o‘tmish merosi, hozirgi hayot va bundagi Sharoitlar, tizimlarning anglab 
olinganligi, qadriyatdir. Dunyoqarash kishilarning turmush tarzi, hayoti, axloq-
odobi, madaniyatini yanada o‘zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar 
yig‘indisidir.


Muayyan dunyoqarashga ega bo‘lishs haxsda atrof-muhit, ijtimoiy 
munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan 
ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi 
ijtimoiy burchlarini to‘laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat 
tuyg‘usiga ega bo‘lishi uchun zamin yaratadi. 
Shaxsda dunyoqarash 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə