6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja


partasidan keng tanishtirib borish o’zining samarasini beradi. Bunda



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T


partasidan keng tanishtirib borish o’zining samarasini beradi. Bunda 
ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o’qitiladigan barcha fanlarda, 
ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix 


kabi fanlarni o’qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv 
mashg’ulotlarda, darsdan tashqari to’garak yig’ilishlarida, ekskursiya davrida 
hamda o’zlariniig kundalik faoliyatlari davomida ekologik muammolarni o’rgana 
boradilar. 
Fanlarni o’qitishda o’quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning 
boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko’nikma, 
malakalarini shakllantirish o’qitishda qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos 
ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos 
holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. 
Hozirgi zamon ekologiyasining qonun va qoidalarini, dastlabki 
ekologiya ma’lumotni hamda madaniyatni shakllantirish 3 yo’l bilan -dars 
mashg’ulotlarida, sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda va ekskursiyalar 
vaqtida amalga oshiriladi. Bunda tabiat o’quvchilarga ekoligiya haqida 
ekoligiya qonuniyatlar va tushunchalar to’g’risida bilim beriladi. 
Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o’z ichiga 
oladi:
-Atrof muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri; 
-Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash; 
-Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani hamkorligi; 
-O’z 
tumanini, 
shaharini, 
qishloq 
va 
maktab 
hovlisini, 
ko’kalamzorlashtirishda, 
xatto, 
sinf 
xonasidagi 
o’simliklarni 
ham 
parvarishlashga qiziqishlarini oshirish; 
-Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari; 
-Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarini namunalari; 
-Oiladagi, maktabdagi tarbiyani, o’simliklar va hayvonot dunyosini 
e’zozlashga o’rgatish, jonivor va qushlarni parvarishqilish; 
-Tabiatga ongli munosabat jarayonida o’quvchilarning dunyoqarashini 
kengaytirish; 
-yoshlarning ekoligiya tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta 
tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish; 
Bolalarda ekoligiya xususidagi tasavvurlarni kengaytirishda tarix fanining 
imkoniyati katta. Bundan besh yuz yil, ming yil avval o’lkamiz tabiati 
qanday bo’lmagan, o’simliklar va hayvonot olamini, uning ekoligiyasi -chi 
kabi savollarga tarix fanidan javob topish mumkin. 
Maktabda o’quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim 
tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog’lab berib borish mumkin.
Ekoligiya va tabiatni muxofaza qilish darslarida joy nomlaridan 
foydalanishona tili bo’yicha mashg’ulotlarni yanada qiziqarli qiladi. Ona tili 
darslaridagi ko’plab mashqlar o’quvchilarda tabiatga mehr uyg’otishda qo’l 
keladi. Mashqlardagi suv va havo, o’simlik va hayvonot olamiga taalluqli 
fikrlar ifodalangan matnlarni tahlil qilish orqali ham tabiatga mehr uyg’otish 
mumkin. 
Adabiyot fani ham ekoligiya bilan chambarchas bog’langan. Bunda har 
bir asarni o’qib tahlil qilish vaqtida va o’quvchiga tushuntirayotganda faqat 
bezash nuqtai nazaridan emas, ya’ni tabiatny muxofaza qilish nuqtai nazaridan 


tahlil qilinadi. Mana shu usul bilan adabiyot darslarida ham o’quvchilar ongiga 
ekologik tarbiyani singdirib boriladi. Shuningdek, 5-11sinflarda "Tabiatni 
asrash-Vatanni asrash", "Tabiatni e’zozlaylik" kabi mavzularda turli baxs va 
she’rxonlik kechalari uyushtirish orqali ham ekologik tarbiyani amalga 
oshirishmumkin. Adabiyot fanida o’qitilayotgan xalq og’zaki ijodi misolida esa 
o’quvchilar ajdodlarimizning ekoligiya xatolari nimadan iboratligini hamda bu 
sohada ularning qanday ibratli ishlari borligini o’rganadilar. O’quvchilarga 
aytiladigan ertaklarda hayvonlar va o’simliklarning xususiyatlari, ularning 
tabiatdagi 3 o’rni ochib beriladi. O’qilgan badiiy asarlar misolida, o’tkazilgan 
suhbatlarda tabiatga yaxshi munosabatda bo’lish va toshbag’irlik bilan qarash 
dalillari muhokama qilinadi. 
Matematika fanida beriladigan ekologik ta’lim va tarbiya jarayonida 
o’quvchilar tabiatdagi salbiy va ijobiy o’zgarishlar inson sog’lig’iga qanday 
ta’sir qilish haqida aniq tasavvurga ega bo’lishadi. Masalan, Respublikada 
1200 ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim.ming tonnaga 
yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganligi, bunday holat 10 yil, 20 yildan 
keyin Shunday holda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi 
misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari tasvirlanadi, yoki boshqa bir 
misol. Dunyo bo’yicha har yili taxminan 6-7 mln.gektar yer ishdan 
chiqmoqda. Uning tiklanishi uchun juda ko’p vaqt kerak bo’ladi. 3 sm 
qatlamidagi tuproqning tiklanishi uchun 300 -500 yil vaqt zarur. 18 sm 
qalinlikdagi tuproq tiklanishi uchun esa taxminan 2700 yil talab etiladi. 
Bunday aniq raqamlar bilan ifodalangan misollar asosida tuproqning insoniyat 
boyligi ekanligi, uni asrab avaylash har bir kishining kelajak oldidagi burchi 
hisoblanishini uqtiriladi. 
Mehnat ta’limi darslari esa bolalar olgan bilimlarini amaliyotda 
ko’rishlari uchun imkoniyat yaratadi. 
Ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishda sinfdan tashqari darslarni 
ahamiyati kattadir. Xususan, tabiat qo’yniga sayohatlar, ekologik 
yo’nalishdagi to’garaklar, Shu mazmundagi kechalar o’tkazish o’quvchilar 
xotirasida uzoq saqlanadi. Sayohatlar mazmuni asosan tevarak-atrofni 
kuzatishga qaratiladi. Sayohatlarda o’quvchilar tabiatdan inson qanday 
foydalanayotganligini ko’radilar, kattalarning tabiatga to’g’ri yoki noto’g’ri 
munosabatda bo’layotganligini guvohi bo’ladilar. Tabiat qo’ynida bo’lish, 
o’quvchilarda estetik kechinmalarni paydo qiladi. O’quvchilar qushlarni 
sayrashini eshitib, o’simliklarni yashnashini ko’rib quvonadilar. Bu holatdan 
ular ham estetik, ham ekologik tarbiya oladilar. 
Ekologik 
yo’nalishdagi 
to’garaklarda 
bolalarni 
tabiatga 
zarar 
yetkazmaslikka, tabiat go’zalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga 
o’rgata 
boriladi. 
To’garak 
mashg’ulotlarida 
o’tiladigan 
"Tabiatni 
e’zozlaylik", "Tabiat va inson", "Ekoligiya va inson", "Orol madad suraydi", 
"qushlar -bizning do’stimiz" kabi mavzularda tabiatga qiziqishni yanada 
oshiradi. Bag’ritoSh, 
;
Shafqasiz, tabiatni mensimaslik kayfiyati bilan 
qaraydigan bolalarni hushyorlikka chorlaydi. To’garak mashg’ulotlarida yana 
hashoratlarni tugab, ularga ozor beradigan, chumolilar inini, qushlar uyasini 


buzadigan, o’simliklarni bosib, yulib oladigan o’quvchilarning xatti-harakatlarini 
muhokama qilish zarurligini uqtiriladi. O’quvchilar to’garak ishlarida faqat 
mavzular o’rganib yoki turli kechalar o’tkazibgina qolmay, bevosita amaliy
ishlar ham qiladilar. Ya’ni, gullarni o’stiradilar, qushlarni, quyonlarni boqib, 
parvarish qiladilar. Demak, o’quvchilarni tabiatni muhofaza qilishda, tabiat 
hodisalarini kuzatishga o’rgatishda ekologik to’garaklarni ta’siri katta. 
Maktabda 
ekoligiyaga 
oid 
ta’lim-tarbiya 
birligi 
amalga 
oshirilsagina, o’quvchilarda bir butun ekologik bilimlar tizimi shakllanishi 
mumkin. Bunda, albatta, butun maktab jamoasining - sinf rahbarlari, fanlar 
o’qituvchilarining o’zaro hamkorligi talab qilinadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə