O'zbekistonda ekologiya faninibg rivojlanishi reja 1 O'zbekistonda ekologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 35,22 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#163939
O\'ZBEKISTONDA Ekologiya rivojlanishi slayd-WPS Office

O'ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINIBG RIVOJLANISHI

REJA

1 O'ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI

2 EKOLOGIYANING RIVOJLANISHIDA O'RIN TUTGAN O'ZBEK OLIMLARI

O'ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI

Ekologik yonalishdagi ishlar keyinchalik OzFA Botanika instituti olimlari V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan osimliklarni qurgoqchil issiq (chol) sharoitiga moslashishi, osimliklar hamjamoasining tuzilmasi, mahsuldorligi, em-xashakbop osimliklarning orasidan qurgoqchil issiq sharoitga chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni organib, suniy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. OzFA Zoologiya va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish tadbirlari, qishloq xojalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari olib borildi.

Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.YAxontov, M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi yarmida hozirgi davr fanlarini ekologlashtirish boshlandi. Bu esa ekologik bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab qolishi, kop jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bogliq bolib qoladi.

O‘zbekistonda ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi.

Yuqorida aytib o‘tganimiz kabi, bizning buyuk allomalarimiz tabiat, tirik organizimlar va ularning tashqi muxit bilan o‘zaro aloqasiga doir masalalarga to‘xtalganlar.

O‘z FA qoshidagi Botanika, Zoologiya va Parazitologiya instituti olimlari o‘simlik va hayvonlar ekologiyasiga bog‘langan ishlar olib borishgan, xozirda ham bu ishlar olib borilmoqda.

O‘rta Osiyo o‘simliklar olamini o‘rganishda-M.S.Popov akademiklar: K.P.Korovin, K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov, S.Saxobidinov, A.I.VVedinskiy kabi olimlarning nomi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari-D.N.Kashkarov, YE.P.Korovinlar edi. 30 yillarda Kashkarovning ekologiya masalalari xal qiladigan qaror: Muhim va jamoa, Turkiston hayvonlari",Hayvonlar

ekologiyasi asoslari"kabi yirik ilmiy asarlar chop etiladi.Ular ekologik ilmiy tadqiqot ishlari rejalashtirish,ekolog mutaxasislar tayyorlash masalasini o‘rtaga tashlaydilar,ularning nixoyatda zarurligini aytishgan.

Shu yillarda Korovin-o‘simliklar jamoasi va muxitni birgalikda o‘rganish kerakligini aytadi.Bunday ilmiy ishlar o‘sha vaqtda. UODU biol.f-i qoshida olib borilgan.Cho‘l zonasining o‘simliklarini o‘rganish maqsadida kompleks ekspeditsiyalar tashkil qiladi.Korovin, Grinov kabi olimlar rahbarligida cho‘l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u yerdagi kserofit guruxiga oid o‘simliklarni o‘rganishga kirishiladi.

1950 yilda ekologiya ishlarining dolzarbligi munosabati xisobga olib UFA Botanika institutida Burgin raxbarligida xodimlari tomonidan cho‘l va chalacho‘l sharoitida o‘simliklarning qurg‘oqchilikga moslanish yo‘llari o‘rganildi.

O‘rtaOsiyodaekologiya soxasida katta ilmiy ishlar D.N.Kashkarov,YE.P.Korovin,M.G.Popov,K.Z.Zokirov,I.I.Granitovlar tomonidan olib borildi.

Danil Nikolayevich Kashkarov tomonidan bizning sobiq davlatimizda birinchi marta kompleks zooekologik kuzatishlar metodikasi ishlab chiqildi. U bir qator ekologiya masalalarini xal qilishda rol o‘ynagan kitoblar qoldirdi. Bu "Sreda i soobshestvo","Jivotniye Turkestana,"Osnovi ekologii jivotnix va b.

O‘zbekistonda ekologik izlanishlarning yana bir asoschisi va tashkilotchisi YE.P.Korovin edi.U 30-yillarda o‘simliklar jamoasi va muhitini birgalikda o‘rganish kerakligini aytdi.Bunday ilmiy kuzatish keyinchalik 1967-1987 yillarda Farg‘ona vodiysi sharoitida kompleks ekologik ishlar b.f.d.O.X.Xasanov va R.S.Bernik va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Natijada adir o‘simliklarning ekologik klassifikatsiyasi berildi.

Xozirda bunday ishlar Jizzax cho‘llarida,Orol sharoitida davom ettirilmoqda.

D.N.Kashkarovning dastlabki ishlari UO kemiruvchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan edi.Ularning biologiyasi, sistemasi va zarariga e’tibor berish bilan birga hayvonlar ekologiyasi bo‘yicha ham ish olib borildi.1928y u AQSH ga boradi va 7 oy davomida yirik ekologlarning ishlari bilan tanishadi. UFA ning akademiklari T.Z.Zohidov.A.M.Muhammadiyev, muxbir a’zolaridan M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov, V.V.Yaxantovlar O‘zbekistonda zoologiya tadqiqotlarining rivojlanishida o‘z xissalarini qo‘shgan olimlardir.Zoologiya tadqiqotlari UFA ning Zoologiya va parazitologiya ishlari faoliyati bilan bog‘liqdir.Sultonovning "O‘zbekiston qushlarining gelmentlari" 1963 y Yaxantovning "Hashoratlar ekologiyasi"1963, Vohidovning "qizilqum cho‘lining biotsenozlari 1971, kabi asarlari paydo bo‘ldi. 1981-85 yillarda O‘zbekistonda ovlanadigan kamyob hayvonlar. ekosistemasi o‘rganishga kirishildi. Sut emizuvchi noyob hayvonlarning sonini kamayib ketish sabablari ,ularning arealini tanlash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.

1979 yillarda ixtiologiya va gidrologiya laboratoriya xodimlari O‘zbekiston suv atroflari ,suv ifloslanishi ,suv hayvonlari ekologiyasiva suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.

Hozirgi paytda Botanika institutida ekologik fiziologiya, ekologik anatomiya, ekologik emriologiya sohasida ishlar olib borilmoqda.

20-asrning 2-yarmida odamlarning koinotga ta’sirining kuchayishi natijasida atrof-muxitdagi antropogen o‘zgarishlarini o‘rganish va bu muxitni yaxshilash katta ahamiyatga ega. Atrof-muxitning zaharlanish odamlar sog‘lig‘iga, o‘simlik va hayvonlarning hayotiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: Tojikistondagi aluminiy zavodi, ftor birikmalari chiqarib turadi, natijada mevalar, o‘simliklar va hayvonlar zaharlanmoqda. Shuning uchun zavod va fabrikalar qurish uchun oldin ekologik ekspertizadan ruxsat olinadi.


Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə