6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

 
FUQAROLIK TARBIYASI
Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari
. Mustaqil O‘zbekiston 
Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika 
Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va 
huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat 
qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, 
huquqiy madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy 
talabi sanaladi. 
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini 
baholash, xatti-harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat 
qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, 
harakatlar yoki odatlar ma’qullanadi yoki qoralanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, 
insonparvar huquqiy davlat va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish 
jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil etish vazifalarini yanada 
murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining 
muvaffaqiyati 
fuqarolarning 
ijtimoiy-siyosiy 
onglilik 
darajasi, 
fuqarolik 
fazilatlarining qaror topganligi va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, 
unda fuqarolarning shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib 
ketadi. 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g‘oyalar, 
demokratik talablar hamda axloqiy-huquqiy me’yorlarga muvofiq faoliyat yuritish 
ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga aylanadi. 
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali 
o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, 
Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro 
sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat 
(davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir.


Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum 
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, 
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyan davlatga 
mansublik. 
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi: 
1.
YOsh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan 
axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish. 
2.
O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma’lumotlar 
berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va 
malakalar hosil qilish. 
3.
O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror 
toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik 
hissini shakllantirish. 
4.
O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat 
tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish. 
5.
Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari 
bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga etkazish. 
6.
Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni 
himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb 
etish.
O‘quvchilarning 
fuqarolik 
tarbiyasini 
tashkil 
etishda 
shaxsga 
davlat 
Konstitutsiyasida ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarish 
xususida ma’lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan 
foydalanish va burchlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish 
maqsadga muvofiqdir. 
Respublika Bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi: 
yashash huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs ishining sudda 
qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilishi, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga tahdid 
qiladigan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va turar-joy 
dahlsizligi, Respublika hududida bir joydan ikki joyga ko‘chish, O‘zbekiston 
Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish, fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, 
vijdon erkinligi, davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillri orqali 
ishtirok etish, qonuniy mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda ishtirok etish, kasaba 
uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, 
ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va saylanish, mulkdor bo‘lish, mehnat 
qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, qariganda yoki mehnat qilish layoqatini 
yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minotdan 
foydalanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy ijod 
erkinligi. 
O‘quvchilarga huquqlari borasidagi bilimlarni berish bilan birga 
fuqarolarning burchlari nimalardan iborat ekanligi haqida ma’lumot berish, bu 
xususida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish ko‘zlangan maqsadga 
erishishda muvaffaqiyat omili bo‘ladi. 


Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va 
qonunlarda ko‘zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, 
erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, 
ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy 
yig‘imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish. YUqorida qayd 
etilgan burchlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir 
kishining muqaddas burchidir. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə