6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja


SHarq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

SHarq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida
. Ta’lim-tarbiya tarixiga 
nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk 
mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo‘lib etishishi, kasb-hunar 
o‘rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug‘lash 
masalalariga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz. 
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq og‘zaki 
ijodi namunalari topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda 
mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish muhim hayotiy 
zarur ekanligi ta’kidlanadi. 
Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr 
Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», 
«Minerologiya», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk», YUsuf Xos 
Hojibning «Qutadg‘u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi 
ma’rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida 
muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og‘zaki ijodi namunalaridagi 
xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to‘rt 
o‘g‘liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo‘lsa, o‘sha oila boshlig‘i bo‘lib 
qoladi», degan so‘zlariga o‘g‘illaridan biri zumrad ko‘zli oltin uzugi, ikkinchisi 
zarbof choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamaraini ko‘rsatadi. 
Kenja o‘g‘il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko‘zli uzuk ham, zarbof 
chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo‘q. Lekin mehnatkash qo‘lim, botir 


yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig‘i qilib, uy-ro‘zg‘orini 
meros qoldiradi. 
Ko‘rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli 
qila oladigan narsa q mehnat degan g‘oyani ilgari surgan. 
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda 
hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan: 
Daryo suvini bahor toshirar,
Inson qadrini mehnat oshirar. 
Oltin o‘tda bilinar,
Odam mehnatda. 
Mehnatda do‘st ortar,
G‘iybatdan dushman. 
kabi maqollar shular jumlasidandir. 
YUsuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini 
ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, 
tabiblar va boshqalar haqida so‘zlab, ularning jamiyat hayotidagi o‘rniga alohida 
to‘xtalib o‘tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va 
chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va 
chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta’riflaydi. 
Masalan, alloma dehqonlar haqida: 
... Qalug‘ tebranurka bulardan aso‘g‘, 
Tuzuk tegir ye ichimdan tato‘g‘.
(Hamma qimirlagan jonga bulardan manfaat (bo‘ladi), 
Hammasiga eyim (va) ichimdan halovat etadi). 
Deb dehqonlar mehnatini ulug‘lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham 
«juda zarur kishilardir ... temirchi, tikuvchi, etikdo‘z, suvchi, egarchi, toshchi, 
o‘qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko‘zim uzayib ketdi. ... 
Bu dunyoga ular yaxshilik keltiradilar, Ular juda ko‘p ajoyib narsalarni 
ishlaydilar», - deb o‘zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga 
mehnatkashlar bilan munosabatda bo‘lish shartlari xususida o‘z tavsiyalarini bayon 
qiladi. 
Dehqonlarga nisbatan: 
Bularga qatilg‘il, qarilg‘il o‘zun 
Tilin yo‘qshi sozla, achuq tut yuzun. 
(O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin, 
Tilda yaxshi so‘zla, yuzingni ochiq tut). 
Hunarmandlarga nisbatan: 


Keraklik kishilar yema bu sena, 
Yo‘qo‘n tut bularo‘g‘ tosulg‘ay tona. 
(Bular ham senga kerakli kishilardir, 
Bularni yaqin tut, foydasi tegadi (ey) bahodir). 
CHorvadorlarni ham haqiqiy mehnatkash inson sifatida ulug‘lab: 
Qato‘lg‘il, qaro‘lg‘o‘l, yetur ham ichur, 
Ko‘nchilik uzala tirig‘lik kechur. 
Neku qulsa bergil, kerek bo‘lsa al, 
Ko‘ni ko‘rdim ushbu qutu bilmas al. 
(Aralashgin, qo‘shilgin, edir ham ichir,
To‘g‘rilik ichra tirikchilik kechir. 
Nima so‘rasa bergil, kerak bo‘lsa ol 
CHindan ko‘rdim ushbu odamlar 
Hiyla-nayrangni bilmaydi(lar). 
YUsuf Xos Hojibning mehnat ahli haqidagi bu fikrlari haqiqatan ham 
ularga nisbatan hurmat va ehtiromni anglatadi. YUsuf Xos Hojibning mehnat 
tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir. 
XV asarning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni 
ulug‘lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farhod va 
SHirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud. 
Alisher Navoiyning haqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri 
mehnatsevarlik deb ko‘rsatadi. U «Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida 
kishilarning saxovatiga ko‘z tikishdan ko‘ra o‘z qo‘li bilan hayot kechirish 
ulug‘roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam Toyi» hikoyatida keltiradi. 
Hotam Toyi bir kuni qo‘y-qo‘zilar so‘ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So‘ng 
biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga elkasida o‘tin ko‘tarib kelayotgan 
bir chol uchraydi. Hotam Toyi unga «Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, 
tashla bu og‘ir yukni, Hotam o‘yiga borib ziyofaida izzat ko‘rgil», - deydi. 
SHunda chol kulib: «Ey, oyog‘iga hirs band solgan, g‘ayrat vodiysiga qadam 
urmagan kishi, sen ham bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan 
qutulgin», - deb javob qiladi. 
Hotam Toyi cholning bu so‘zlariga tan beradi va halol mehnat bilan kun 
kechirishi uning himmatidan baland ekanligini anglaydi. 
Alisher Navoiy mehnatning insonni go‘zallashtirishi, faqat mehnat 
tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta’kidlaydi. SHu maqsadda u 
qator mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farhod va SHirin» 
dostonining asosiy qahramoni Farhod ana shunday qahramonlar jumlasidandir. 
Farhod Armaniston o‘lkasiga qadam qo‘yganda, o‘z yurtida Qorandan 
o‘rgangan tosh yo‘nish hunarini ishlatib, og‘ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam 
beradi. O‘z hunari, mehnati tufayli bir tomondan xalqning og‘ir mehnatini 
engillashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sevgilisi SHirinning hurmatiga sazovor 
bo‘ladi. 


Farhodning mehnatsevar va ijodkorligidan ilhomlangan Alisher Navoiy o‘z 
dostonining ikkinchi nomini «Mehmonnoma» deb ataydi. 
Mehnatga muhabbat, ijodkorlik dostonning markaziy masalalaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. 
Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida esa turli ijtimoiy guruhlarning 
hayotidagi o‘rnini belgilaydi, fazilat va nuqsonlarini ko‘rsatadi. Dehqonlar 
to‘g‘risida fikr yuritar ekan, «Dehqonki dona sochar, erni yormoq bila rizq yo‘lin 
ochar. ... Olam ma’murlig‘i alardin va olam ahli masrurlig‘i alardin. Har qayonki, 
qilsalar harakot, elga ham qut etkurur, ham barakot», - deb dehqonlarni, ya’ni, 
mehnatkash insonni ulug‘laydi. SHu bilan birga shoir bu asarida tekinxo‘rlarni, 
nojo‘ya ish tutuvchi kishilarni, ochko‘z va ta’magirlarni, mehnat qilmay hayot 
kechiruvchi shaxslarni tanqid qiladi. 
Ma’rifatparvar shoir Furqat ham o‘zining ma’rifiy she’rlarida ilm, hunar 
haqida fikr yuritar ekan, har bir sog‘lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da’vat 
etadi, hunarga mehr qo‘ygan, uni o‘rganishni da’vat etgan kishining jahonda qadri 
baland bo‘lajagini uqtiradi. 
Pedagog-shoir H.H.Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib 
tarbiyalashi va hunarga o‘rgatishi kerak, - deb ta’kidlagan ekan, yoshlar ma’naviy 
fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. SHe’rlarida 
bolalarni ota-onalarining mehnati qadriga etishga undaydi. 
Hamza Hakimzoda Niyoziy yoshlikda ilm olishning ahamiyati haqida 
gapirar ekan, «O‘qi», «Kitob», «Qalam» kabi she’rlarida ilmni mehnatsiz egallab 
bo‘lmasligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. 
U yoshlarga kelajakda o‘z orzulariga etishish, ilm-fanni egallash uchun 
yoshlikdan mehnat qilish zarurligini ta’kidlaydi. 
YUqoridagi fikrlar o‘quvchi-yoshlarning mehnat tarbiyasida muhim vosita 
sanaladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə