6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Nazorat uchun savollar:
1.
Fuqaro deb kimga aytiladi? 


2.
Fuqarolik tushunchasining mazmunini sharhlang. 
3.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsadni shaxsiy 
mulohazalaringiz asosida bayon eting. 
4.
Davlat ramzlarini bilish va ularning mohiyatidan xabardor bo‘lish 
fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda qanday ahamiyatga ega? 
5.
Sizning fikringizcha, fuqarolik tarbiyasi qanday shakl, metod va 
vositalar yordamida tashkil etilishi kerak? 
6.
Vatanparvarlik nima va shaxsda vatanparvarlik xislati qanday 
shakllantiriladi? 
7.
Baynalminallik tarbiyasining mohiyati nimadan iborat? 
8.
O‘quvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy 
mohiyatini ochib bering.
 
 
MEHNAT TARBIYASI 
 
Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. 
Mehnat tarbiyasi 
o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli 
munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma 
va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, 
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat 
tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning 
natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining 
provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan 
ehtiyojini shakllantirishdir. 
O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat tarbiyasi 
muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat 
tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan 
belgilanadi. 
O‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy 
tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi. 
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga 
ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol 
mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab 
etilmoqda. 
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, 
ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli 
xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni 
tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat 
ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi. 
Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni 
shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal 
etish maqsadga muvofiq: 
-
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy 
ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; 


-
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini 
hosil qilish; 
-
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
-
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib 
borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 
-
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
-
o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, 
tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, 
moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat 
yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; 
-
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular 
yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni 
egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish; 
-
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha 
turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan 
mutaxassisliklar bilan tanishtirish. 
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan 
tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma’naviy-axloqiy, jismoniy va 
estetik tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. 
CHunonchi: 
1.
Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga 
tayyorlashning asosi sanaladi. Zero, mehnat – nazariy va amaliy bilimlarni 
egallashga yordam beradi, bilim esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni 
takomillashtiradi. Mehnat tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat 
faoliyatiga tayyorlash jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash 
vazifasi bilan belgilanadi. 
2.
Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. 
CHunki mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, 
irodalilik, tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham 
shakllanadi. 
3.
Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi. 
Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga 
oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda 
go‘zallik va o‘z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam 
beradi. 
4.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» rivolasida 
milliy istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: 
«Milliy istiqlol mafkurasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir fuqaroning munosib 
turmush darajasini ta’minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir 
insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan 
shug‘ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va vatan manfaati bilan o‘zaro 
uyg‘unlashtirib yashashga undaydi. ... Har bir fuqaroning farovonligi – butun 


jamiyatning farovonligidir, g‘oyasini ilgari suradi», - deb ta’kidlanishi ham bejiz 
ems. 
YUqoridagilarga asoslanib, o‘quvchilar mehnat tarbiyasida quyidagi 
mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvoifq. Bular: 
-
o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatini tushunilishi; 
-
ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari; 
-
ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg‘otish; 
-
o‘quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg‘ularini qaror 
toptirish; 
-
ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg‘usini tarbiyalash; 
-
ularning mehnatga ongli munosabatda bo‘lishlariga erishish; 
-
mehnatda ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash; 
-
o‘quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko‘z qorachig‘iday asrash 
tuyg‘ularini shakllantirish; 
-
mehnatda do‘stlik, o‘rtoqlik va hamkorlikka erishish; 
-
o‘quvchilarning mehnatni go‘zallik manbai sifatida tushunishlariga 
erishish va boshqalar.
YUqoridagi mezonlar asosida o‘quvchilarni bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatga 
tayyorlash jarayonini barcha ta’lim-tarbiya ishlarini mustahkam aloqada, hozirgi 
zamon talablariga mos holda olib borish taqozo etiladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə