6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja


Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari.
Mehnat tarbiyasini 
tashkil etish jarayonida o‘quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy 
asoslari bilan tanishadilar. 
Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat 
ta’limi sinf xonalari, o‘quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o‘quv-
tarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo‘jaliklarning 
dalalarda olib boriladi. 
Natijada ma’lum qiymatga ega bo‘lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar 
yaratiladi hamda ilg‘or kasb sohiblariga xos bo‘lgan shaxslik fazilatlari 
shakllanadi. 
SHu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni, 
maqsad va vazifalari o‘zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o‘quvchilarni 
kasbga yo‘naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi 
darsini ham o‘quvchi ta’lim jarayonida oladi. 
Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. 
Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo‘lishni talab etadi. Zero, bilim va 
ko‘nikmalar o‘quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. 


Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy 
mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, 
korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, 
shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar. 
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning turli shakllari o‘quvchining texnik 
ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo‘lgan qiziqishini 
shakllantiradi. To‘garaklarda o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon 
bo‘ladi. 
O‘quvchilarning to‘garklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga 
rioya qilganda samarali bo‘ladi. CHunonchi: 
-
to‘garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim, ya’ni, 
o‘quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo‘lishi 
zarur; 
-
texnik ijodkorlik o‘quv muassasasidagi o‘quv-mehnat jarayoni bilan 
uzviy alohada bo‘lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar); 
-
ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o‘quvchining texnik 
ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka 
aylantirish kerak bo‘ladi. 
To‘garak faoliyati jarayonida o‘quvchilar o‘z kollejlari uchun o‘quv-
ko‘rsatmali qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy 
modellar, yuqori sinflarda – stendlar, harakatdagi modellarni yaratish mumkin.
Tabiatshunoslik, 
botanika, 
zoologiyadan 
amaliy 
mashg‘ulotlarda 
o‘quvchilar o‘quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil 
etadilar, o‘quv maskanini ko‘kalamzorlashtiradilar. 
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o‘z-
o‘ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro‘zg‘or texnikalarini 
ta’mirlash bilan shug‘ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog‘liq 
topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil 
etishning imkoniyatlari cheksiz. 
So‘nggi yillarda o‘quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e’tibor 
bermoqda. Yirik fermer xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalarning jamoalari 
maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o‘quvchilarning 
bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar. 
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: 
Мехнат фаолияти 
ўқув мехнати 
Ижтимоий-фойдали 
мехнат 
ўз-ўзига хизмат қилиш 
Унумли мехнат 
29 - чизма. Ме
х
нат фаолиятининг асосий 
турлари 


O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir. 
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning 
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat 
xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o‘z-o‘ziga xizmat keng yo‘lga 
qo‘yilmoqda. O‘z-o‘ziga xizmat o‘quvchilarning ijtimoiy va o‘quv ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida ularning o‘zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat 
faoliyati turidir. O‘quvchilarning navbatchiligi o‘z-o‘ziga xizmat qilishni tarkib 
toptirishning muhim shaklidir. 
Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o‘quvchilarning mehnat 
haftaligi, chorvaga em-xashak tayyorlash va shirkat xo‘jaliklarida faoliyat yuritish 
va boshqalar. Unumli mehnat – o‘quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli 
sanaladi.
O‘quvchilar hozirgi davrda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida 
ishtirok etadilar, Dorivor o‘simliklar, urug‘larni yig‘ish, maktab binolarini 
ta’minlashda qatnashmoqdalar, fermer, shirkat va jamoa xo‘jaliklarida ishlab 
chiqarishni tashkil etishda ishtirok etmoqdalar.
Ayni vaqtda, juda ko‘plab maktablarda yordamchi xo‘jalik mavjud. Korxona 
va xo‘jaliklar ta’lim muassasasiga majmuaviy yondashuv asosida mehnat 
tarbiyasini tashkil etishga ko‘maklashmoqdalar. O‘quvchilar ishlab chiqarish 
sub’ektlarining iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ularni turli 
kasblarni egallash shartlari va sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi. 
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan 
tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro‘y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo‘ymoqda. 
Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma’lum faoliyatni 
bajarishda mas’uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat 
jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik 
ko‘rsatish, o‘z aqliy va jismoniy qobiliyatini to‘liq namoyon etishga bo‘lgan ichki 
ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo‘lida amaliy harakatni olib borish shular 
jumlasidandir. 
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida 
amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam 
beradi: 
-
o‘quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil 
etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab etilishiga erishish; 
-
ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag‘bat uyg‘otish; 
-
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirish va 
hokazolar. 
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mulkka egalik, xususiy 
mulkni yaratish yo‘lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni 


qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga 
yangicha yondashuvni talab etmoqda. 
Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o‘quv dasturlari, ta’lim 
metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari 
ixtisoslashgan turli kasblar bo‘yicha yaratiladi. Ularda kasbiy ta’limni 
o‘zlashtirishga nisbatan qo‘yilgan davlat talablari o‘z ifodasini topadi. 
Ta’lim jarayonida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar mehnat 
tarbiyasida pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson 
qobiliyatining rivojlanishi, ya’ni, mehnatga bo‘lgan layoqatini rivojlantirishning 
samarali vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an’anaviy metodlarni emas, balki 
bilim olishning faol metodlaridan foydalanib, o‘quvchilarda tadqiqotchilik hamda 
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo‘llashni nazarda tutadi. 
Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash, 
loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng 
yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to‘g‘ri tanlay olish, 
shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko‘rgazmalarni tashkil etish ham eng 
samarali metodlardan sanaladi. 
Mehnat ta’limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o‘qituvchi 
tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar bo‘lishi kerakki, u o‘quvchiga 
mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o‘z mehnatidan o‘zi faxrlansin. 
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o‘quvchining nazariy bilimlarini 
amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat 
ta’limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib, 
o‘quvchilarda o‘quv texnika va texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilishi, 
amaliy masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta’minlashi 
lozim. Ayniqsa, o‘quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab 
chiqarishning texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yuqoriga ko‘tarishga 
intilish hosil qilishi maqsadga muvofiqdir. 
Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi 
yo‘nalishidagi tadbirlarning o‘rin olishini ta’minlash muhim pedagogik 
vazifalardan biridir. Mehnat tarbiyasi turli an’anaviy va noan’anaviy shakllarda 
tashkil etiladi (30 - chizma). 
Demak, o‘quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi 
vazifalar amalga oshiriladi: 
Ме
х
нат тарбияси 
-
ме
х
нат байрами, 
ўқ
увчилар ясаган буюмлар кўргазмаси; 
-
хашарлар уюштириш; 
-
қаровчиси йўқ, бемор, кекса ва ногирон кишиларга 
кўрсатилувчи инсонпарварлик ёрдами; 
-
кўкаламзорлаштириш; 
-
таъмирлаш (мактаб биносини); 
-
«Мохир қўллар» тўгарагининг фаолияти 
-
30 - чизма. Ме
х
нат тарбиясининг ташкилий шакллари 


Mehnat 
faoliyatining 
turidan 
qat’iy nazar mehnat madaniyatini
shakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o‘z 
joyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lish. 
«Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog‘liq?», 
«Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?», «Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz 
mumkin», «O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?», 
«Iqtisod bizning hayotimizda», «Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?», 
«Tajamkorlik nima?» va hokazo mavzularda tarbiyaviy tadbirlarning o‘tkazilishi 
o‘zining ijobiy natijalarini beradi. «YOsh iqtisodchi» markazi faoliyatini yo‘lga 
qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi 
xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi: 
-
mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, 
mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish; 
-
tejamkorlik, rejalilik; 
-
intizomlilik, uddaburonlik; 
-
uyushqoqlik, ishchanlik; 
-
tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə