6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja


Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismlari, shakl va metodlari

Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida 
axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - 
deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur 
manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib o‘tadi. Allomaning nuqati 
nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), 
nazofat (poklik va tozalik), g‘ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, 


sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak
haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), 
iqtisod, viqor (g‘urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar ma’naviy-
axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, 
mehnatga axloqiy munosabat, o‘z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek
har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. 
Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g‘azab, aysh-
ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat 
(o‘zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’ma, hirs), 
rahovat (g‘ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek 
saqlash), namimat (chaqimchilik), g‘iybat, haqorat, jibonat (qo‘rqoqlik), hasad, 
kizb (yolg‘on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar. 
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi 
bo‘lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o‘quvchilarga xulq-odob me’yorlari va 
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o‘qish, kinofilm va 
spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida 
turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-
odatlar paydo bo‘la boshlaydi. O‘quvchilar o‘zlari va boshqalarning xatti-
harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy 
mavzularda o‘tkaziladigan suhbat va munozaralarda o‘quvchini fikr yuritish, 
o‘ylashga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do‘stimiz Kamol 
qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani 
tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va 
munozaralar o‘quvchilarni o‘ylash, fikr yuritishga yo‘llaydi, ularda salbiy 
xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o‘rganishga bo‘lgan intilish va qiziqishlari 
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o‘z xatti-harakatlarini baholashga bo‘lgan 
intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi. 
Debat, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb 
muammolariga bag‘ishlanishi zarur. 
Bunda o‘quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir. 
O‘quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni shakllantirish metodlaridan 
mashqlantirish, o‘rgatish, pedagogik talab qo‘yish jamoa fikrini hisobga olish, 
topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan 
foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. 
Lekin o‘quvchilarni faol, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan 
turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo‘lmaydi. Bunda mashqlantirish 
muhim ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy 
xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi. 


Rag‘batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi. 
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o‘z-o‘zini shakllantirishga doir shaxsiy 
dasturlarni loyihalash, o‘quvchilarni qiziqishlariga ko‘ra tabaqalashtirish 
monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy 
texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy ntijalarga olib kelmoqda. 
Hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida tobora ommaviylashib borayotgan 
«Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O‘yla, izla, top!» kabi o‘yinlar 
ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o‘quvchilarning ma’naviy-
axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, 
metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik 
an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. 
Bu borada tarbiya jarayonida o‘quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, 
jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali 
natijalar beradi. Bunday tarbiya o‘quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko‘ra 
bilish, o‘zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilash, axloq, 
e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy hayotda turli 
vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘llaydi. 
Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o‘quvchi-yoshlarning faolligi, 
liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘zgalar fikrini hurmat 
qilish, ishontirish, o‘z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo 
bo‘ladi. SHuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, fikr 
yuritish mahorati shakllanadi. O‘z ishiga mas’uliyat hissini shakllantirib, ijodiy 
tasavvurini 
rivojlantiradi, 
ma’naviy-axloqiy 
tadbirlarni 
loyihalashtirish, 
ko‘ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o‘yinlar, ziddiyatlarni hal etishning 
turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy),
rag‘batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid_ - 
bularning barchasini insonparvarlik g‘oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar 
beradi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə