6- mavzu: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. Tarbiya turlari. Aqliy, ma’naviy- axloqiy, estetik, mehnat hamda jismoniy tarbiya. Reja



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/23
tarix30.05.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#114217
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
6- mavzu O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. T

Nazorat uchun savollar:
1.
«Ma’naviyat», «axloq» tushunchalarining mohiyatini tushuntiring. 
2.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya nima? Uning mohiyati haqida so‘zlab bering. 
3.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat ekanligini ayting. 
4.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mazmuni nimalarni o‘z ichiga oladi? Uning asosiy 
talablari nimalardan iborat? 
5.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlarini sanab bering. 


JISMONIY TARBIYA 
 
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari 
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi – o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni 
tabiiy sog‘lom o‘sishini ta’minlash, ularni aqliy va jismoniy mehnatga shuningdek, 
vatan mudofaasiga tayyorlashdir. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: 

Har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ma’nan rivojlangan barkamol 
Shaxsni shakllantirishga muhim hissa qo’shib va ulardagi ozodalik, 
pokizalik, irodalilik, sabr – bardoshlilik ko’nikmalarini tarkib toptirishdan 
iboratdir (bosh vazifa); 

Sog’liqni 
mustahkamlash, 
organizmni 
chiniqtirish, 
jismoniy 
takomillashuvga asos yaratish; 

Yoshlar ongida harakat turlari to’g’risida tasavvur hosil qilish va ularning 
kishi sog’lom turmush tarzidagi ahamiyati haqidagi ko’nikma va 
malakalarni yoshlar ongida shakllantirish; 

Kishining harakatlanish jarayoniga tegishli faoliyatini takomillashuviga 
yordam berish; 

Yoshlarning yoshiga, jinsiga mos keladigan jismoniy mashqlar tizimini 
aniqlash va ularning asosiy harakat faoliyatining rivojlantiruvchi 
mexanizmlarini (texnologiyalarini) ishlab chiqish; 

Jismoniy tarbiya va sport, jismoniy madaniyat va onglilik sohasidagi 
ma’lumotlarni bayon qilishda axloqiy – irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq 
– atvor ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutish; 

Yoshlarning sport bilan qiziqish va unga bo’lgan maylligini hosil qilish 
yordamida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bilan muntazam ravishda 
shug’ullanish uchun odatlanishiga yordam berish (ijobiy ta’sir ko’rsatish); 

Yoshlar turmush tarzida jismoniy tarbiyaga ongli munosabatda bo’lishni 
o’rgatish, ya’ni o’z sog’lig’iga ongli munosabatda bo’lishni shakllantirish 
orqali ularni gigiyena qoidalariga amal qilishni va ertalabki gimnastika 
qilishga odatlantirish hamda doimiy ravishda sport mashg’ulotlariga 
qatnashishini tarkib toptirish. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə