Millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik o’zbek xalqining yuksak qadriyatidur



Yüklə 26,85 Kb.
səhifə2/2
tarix21.04.2022
ölçüsü26,85 Kb.
#85843
1   2
Millatlararo totuvlik va diniy bag\'rikenglik o\'zbek xalqining yuksaak (2)

Kalit so’zlar: Millat, fashizm, “ Maslennitsa”, “ Chunuze”, AYSESKO, Toshkent, xristianlik, yahudiylik, buddaviylik.

Kishilarning yagona tilda so’zlashishi yaxlit hududda istiqomat qilishi mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi , umumiy madaniyat va ruxiyatga ega bo’lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birlik – millat deb ataladi. Millat etnik birlikning yuqori bosqichi hisoblanib, ungacha qabila va elat tushunchalari shakllangan. “ Millat” tushunchasi doimo “ Davlat” tushunchasi bilan tenglashtiriladi “ millat” atamasi davlatga mansublik fuqarolikni bildiradi . Dunyoda 3 mingga yaqin xalq ro’yxatga olingan va ular turli qit’alarda istiqomat qiladi. [1]

Yurtimizda ham turli millat va dinga mansub bo’lgan xalqlar soni ham bisyor. Ularning huquq va majburiyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab quyilgan:

O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8-modda. [2] Millatlararo totuvlik g’oyasi yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik , o’zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g’oyasidir. Millatlararo totuvlik g’oyasi millatparvarlik g’oyasidir. U barcha millat va elatlarni tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm , milliy va etnik ko’rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifiy g’oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko’tarayotgan , svilizatsiyalararo to’qnashuvlar sodir bo’layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g’oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun O’zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik g’oyasini hayotga tatbiq etmoqda. Ruslarning “Maslennitsa”, tatar-boshqirdlarning “Saban to’y” , uyg’urlarning “Sayl” bayramlari, xitoyliklarning “Chunuze” yangi yili, koreyslarning “ Soller” va “Ovol- tano” bayramlari nishonlanmoqda . Har yili respublikamiz miqyosida “Biz yagona oila farzandlarimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “O’zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostidagi festivallar o’tkazilmoqda . [3]

O’zbekiston hududida o’z madaniyati va o’z an’analariga ega bo’lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori bir xil huquq va majburiyatlarga ega . O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlar va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-modda. [2]

Turli madaniytga mansub aholi va kishilar o’zaro ahil-inqo yashab kelayotgan O’zbekistonda milliy va diniy bag’rikenglik hukm surmoqda. Bag’rikenlik turli millat va elatga daxldor kishilrning , turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin , yagona Vatan, bir yurtda , bir hududda oliyjanob g’oya , orzu-umid , maqsad va niyyat yo’lida hamkor , hamfikr va hamjihat bo’lib yashashni anglatadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o’rin egallayotgan bag’rikenglik tamoyili to’g’risida shunday deydi: “ Bizning qadimiy va saxovtli zaminimizda ko’p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo’stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag’rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo’lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. ’’ O’zbekistonning kelajagi tinchlik va bag’rikenglik , madaniyatlararo uyg’unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilanchambarchas bog’liqdir. O’zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab avaylashga , barcha fuqarolarga o’z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga , dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o’rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Yoshlarga tinchlik va bag’rikenglikning ulug; ne’mat ekani, uni qadriga yetish, jamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar to’g’risida zarur ma’lumotlarni berish , ularda O’zbekistonning madaniy rangbarangligi yurtimizdagi millat va elatlarning urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, shuningdek, ana shu madaniy turfaxillikni asrab-avaylash kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. [4]

O’zbekistonda din davlatdan , siyosatdan ajratilgan , ammo xalqdan ajratilgan emas. Vaazirlar Mahkamasi huzuridagi “Din ishlari bo’yicha qo’mita” turli dindagi xalqlarning ehtiyojlarini qondirishga ko’maklashib kelmoqda . 2007-yilda Islom Hamkorligi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzulmasi- AYSESKO tomonidan “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti” deb elon qilindi. Bu O’zbekiston davlatini dinga bo’lgan munosabatining natijasidir. Aholi ko’p millatli bo’lgan O’zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko’p millatli va ko’p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag’rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati , turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. [3]

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xoxlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda. [2]

O’zbekistonda milliy va diniy sohada olib borilayotgan siyosat BMT bosh assembliyasi tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “ Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” moddalari va ruxiga hamohang ekani hamda davlatimiz vijdon erkinligini ta’minlash borasida o’z zimmasiga olgan barcha xalqaro shartnomalarni to’latukis bajarib kelayotgani alohida takidlandi. Anjumanda bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida ayniqsa , Yaqin Sharq mintaqasida etnik va diniy asosdagi nizolar kuchayib borayotgani, bu kabi nizolarni avj oldirayotgan g’arazli kuchlarning o’z maqsadlariga erishish yulida turli nashrlar, teleradiodasturlari va internet sahifalariga amalga oshirayotgan axborot xurujlariga nisbatan “fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya , jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish ’’ har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganiga e’tibor qaratildi. 2016-yilning 29-oktabr kuni Respublikada faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar rahbari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng , AQSH Davlat kotibi o’rinbosari Tomas Shennon O’zbekiston Hukumatining diniy sohada olib borayotgan izchil siyosatiga yuqori baho bergan. Shuningdek , BMT Inson huquqlari bo’yicha Bosh komissar Zayd al- Husaaynning 2017-yil 11-may kuni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar hamda milliy-madaniy markazlar raxbarlari bilan uchrashuv davomida “ Bugungi dinlararo va millatlararo notichlik bo’lib turgan tahlikali kunlarda O’zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlararo totuvlikni turli davlatlar tomonidan o’rnak bo’lishga loyiq’’ – degan so’zlari ham alohida e’tiborga loyiqdir. [4]

O’zbekistonda qaror topgan diniy bag’rikenglik quydagi omillar bilan belgilanadi:

Birinchidan , respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o’zaro hurmat, sabr-toqat, bag’rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda;

Ikkinchidan , milliy va diniy bag’rikenglik o’zbek madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismidir. O’zbekistonda diniy bag’rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o’zgarishlarni va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga , boshqa dinlar , millatlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan ekstremizm shakllaridan holi haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishga jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon to’g’dirmoqda;

Uchinchidan , millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg’unlik xalqlarning manaviy boyligi, manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o’rtasidagi muloqotlar kelishuv va o’zaro ishonchga erishish yullaridan biri sanaladi;

1999-yilda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Krimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan Toshkent islom universitetiga asos solindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT bosh assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda , malki Markaziy Osiyo va butun dunyoda hamjihatlikka erishish dinlararo totuvlik , tinchlikni saqlash yulida muhim dasturilamal bo’layotganini, bu jihatlar O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham o’z aksini topganini e’ tirof etdi. [3]



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O’ZME , 1-jild Toshkent-2000

  2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1991

  3. O’zbekiston tarixi, Narzulla Jo’rayev, Akbar Zamonov , Toshkent -2018

  4. Diniy ishlar bo’yicha qo’mita axborot tizimi

Yüklə 26,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə