Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


II- Bob Xorijiy investitsiya va uning korxona faoliyati va samaradorligiga



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix16.05.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#110687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
II- Bob Xorijiy investitsiya va uning korxona faoliyati va samaradorligiga
ta’siri
2.1 Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va
ularning faoliyatini samaradorliga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida 
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-
martdagi 252-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini 
yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini 
ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar 
to‘g‘risida” 
2018-yil 
15-fevraldagi 
PQ-5343-son 
Farmoni)”gi qaroriga asosan tuzilgan.
 
 
Investitsiya kiritish uchun kerak bo’lgan qadamlar.
11

2.1 1- rasm 
11
Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami 
 


27 
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga 
muvofiq va respublikaga 
to‘g‘ridan to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-
sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning 
amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya 
muhitini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy investorlarning va xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoya qilinishini ta’minlash 
vazifasi yuklansin. 
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xorijiy 
investorlarning va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini 
himoya qilishni ta’minlashga doir qarorlari vazirliklar, idoralar, xo‘jalik 
birlashmalari, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari uchun majburiy 
hisoblanadi. 
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 
268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda) 
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tuzilmasida Tadbirkorlik subyektlari 
va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida 
esa – tegishli bo‘limlar tashkil etilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligining Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya 
qilish boshqarmasi va tegishli bo‘limlarning joriy ta’minotini moliyalashtirishni 
nazarda tutsin. 
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 
122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) 
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: 


28 
ikki hafta muddatda Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining tuzilmasini va Boshqarma 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona 
qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy 
investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan amaldagi 
imtiyozlar va kafolatlar ro‘yxatini, ularni qo‘llash bo‘yicha sharhlar bilan birgalikda, 
ikki oy muddatda tayyorlasin; 
Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidagi 
xorijiy investorlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning 
tizimlashtirilgan to‘plamini Internet tarmog‘iga joylashtirish uchun xorijiy tillarda 
uch oy muddatda tayyorlasin. 
4. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar 
departamenti xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni 
huquqiy himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
mintaqaviy bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini qo‘llab-quvvatlash uchun 
grantlar jalb etilishiga ko‘maklashsin. 
5. Adliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va 
xorijiy investitsiyalar departamenti xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 
faoliyatining doimiy monitoringini olib borsinlar hamda xorijiy investorlardan 
tushayotgan murojaatlar va takliflarni batafsil o‘rganib chiqsinlar va to‘g‘ridan 
to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni jalb etish va xorijiy investorlarning huquqlari himoya 
qilinishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishni yanada yaxshilash yuzasidan 
aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga yilning 
har choragida taqdim etsinlar. 
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar 
va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi 
o‘zgartirishlar kiritlib tasdiqlansin. 
Hozirda O’zbekitonga erkin iqsodiy zonalariga kiritilyotgan xorijiy 
investitsiyalarning hududiy bo’limlar bo’yicha ko’rsatkichlari 


29 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə