18
DNK – dizoksiribonuklein kislotasi makromolekula (polimer birikma) bo‘lib,
monomerlardan (nukleotidlardan) tashkil topgandir.
Har bir nukleotid azotli asos (adenin, timin, guanin, sitozin), oddiy uglevod pentoza
– dezoksiriboza va fosfat kislotasi qoldig‘idan tashkil topadi. DNKda nukleotidlar
soni minglab yoki o‘n minglab takrorlanishi mumkin. Shuning uchun ham ularning
molekulyar massasi milliongacha yetishi mumkin. Eukariotlarda DNK bispiral
holatda bo‘lib, ikkita polipeptid zanjir bir-biriga o‘ralgandir(6-rasm).
Ikkita
zanjirning
birikishi
azotli
asoslarning komplementarligi hisobiga
amalga oshiriladi. DNKda adeninga (A),
timin (T), guaninga (G) esa sitozin (C)
komplementardir.
Bispiralning
mahkamlanganligining sababi – bunday
birikishda ko‘p sonli vodorod bog‘lar hosil
bo‘ladi. Adenin bilan timin orasida ikkita,
sitozin va guanin orasida esa uchta
vodorod bog‘lari hosil bo‘ladi. Zanjirlar
orasidagi masofa 18 nm ga teng. Fosfat
guruhlar spiralning tashqi tomoniga, azotli
asoslar esa ichki tomoniga joylashadi.
Nukleotidlarning o‘zaro birikishi dezoksiribozalar orqali fosfat guruhlar hisobiga
amalga oshiriladi.
Komplementarlik universal prinsip bo‘lib, hujayra bo‘linishidan avval
DNKning replikatsiyasini (ikkilanishini) va oqsil biosintezida transkripsiyani
(DNK matritsasida RNK sintezini) ta`minlaydi.
RNK – ribonuklein kislotasi ham polinukleotid zanjir bo‘lib, DNK
molekulasidan farqi – zanjir bitta bo‘lib, timin o‘rniga uratsil (U), dezoksiriboza
uglevodi o‘rniga esa ribozaning bo‘lishidir. O‘z tuzilishi va vazifasiga kora farq
qiluvchi 3 xil RNK bor. Bular ribosomal (rRNK), transport (tRNK), informatsiyali
(iRNK) ribonuklein kislotalaridir. Hujayrada RNKning hamma turlari RNK-
6-rasm. DNK replikatsiyasi
modeli
модели.
19
polimeraza fermenti ishtirokida DNK matritsasida sintezlanadi. Sintezlangan RNK
DNKga komplementardir, chunki RNKda nukleotidlar ketma-ketligi tartibi
DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi tartibiga bog‘liq. Hujayrada rRNK miqdorida
eng ko‘p (hamma RNKning 80%iga yaqin), ular yuqori molekulali bo‘lib
yadrochada sintezlanadi, oqsil bilan bog‘lanib preribosomalar holatida sitoplazmaga
chiqariladi va u yerda yetilib ribosomalar hosil bo‘ladi. tRNK – quyi molekulyar
kislota bo‘lib, o‘ziga xos ―beda bargi‖ tipida ko‘rinishga ega. tRNK ribosomalarga
aminokislotalarni tashigani uchun hujayrada 20 xil tRNK mavjuddir. Ularning har
birida faqat ma`lum aminokislotani biriktira oladigan maxsus tripleti bo‘ladi, iRNK
(yoki matritsa RNK, mRNK) hujayradagi RNK umumiy miqdorining 2% ini tashkil
etadi va molekulyar massasi xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Ular yadroda
sintezlanib, informosomalar (maxsus rubonukleoproteid zarrachalar) tarkibida
sitoplazmaga chiqaziladi. Eukariotlarda, yadroda uzun molekulali boshlang‘ich –
RNKlar (pro-iRNK) sintezlanib, ular sitoplazmaga chiqishdan avval ―yetiladi‖. Bu
jarayon protsessing deyiladi. Bunda yetilgan iRNKning ayrim noinformativ qismlari
uzib tashlanadi, qolgan informativ qismlari esa bir-biriga qayta ulanadi. Bu hodisa
splaysing deyiladi. Shunday qilib, oqsil tuzilishi to‘g‘risida axborot (oqsillar
hujayra, to‘qima, a`zo va organizmning maxsusligini ta`minlaydi) DNK da yoziladi.
DNK yadroda joylashadi, oqsil molekulalari esa (eukariotlarda) sitoplazmada,
ribosomalarda sintezlanadi. DNK bilan ribosomalar orasidagi vositachilikni,
informatsiyani tashuvchi iRNK bajaradi. Avval DNK matritsasida iRNK
sintezlanadi. Bu jarayon transkripsiya deyiladi. Ribosomalarda esa bu axborot
sintezlanadigan oqsil molekulalariga ko‘chiriladi.
Ribosomalarda oqsil sintezlanishi jarayoni translyatsiya deyiladi. DNKda
axborot nukleotidlar ketma-ketligi shaklida, oqsilda esa aminokislotalar ketma-
ketligi shaklida yozilgan. Shunday qilib, axborot 2 xil tilda: nuklein kislotalarda
nukleotidlar tilida, oqsilda esa aminokislotalar tilida yoziladi. Hujayrada axborotni
go‘yo bir tildan ikkinchi tilga tarjima qiluvchi tizimli – lug‘at, ―irsiy kod”
mavjuddir. Irsiy kodda 20 xil aminokislotalar to‘g‘risida axborot ifodalangan
nukleotidlar soni faqat 4 ta bo‘lganligi uchun 1 ta aminokislota haqida axborot 3 ta
20
yonma-yon joylashgan nukleotidlar tomonidan belgilanadi, ya`ni kod triplet
xarakteriga egadir. To‘rt nukleotid uchtadan bo‘lganda 64 ta variant, ya`ni 20 ta
aminokislotani belgilash uchun keragidan ham ortiqcha tripletlarni hosil qiladi
(1-jadval).
Genetik kod
1-jadval.
Birinchi
azotli asos
Ikkinchi azotli asos
Uchinchi
azotli asos
U
C
A
G
U
Fen
Fen
Ley
Ley
Ser
Ser
Ser
Ser
Tir
Tir
nonsens
nonsens
Cis
Cis
nonsens
Tir
U
C
A
G
C
Ley
Ley
Ley
Ley
Pro
Pro
Pro
Pro
Gis
Gis
Glu
Glu
Arg
Arg
Arg
Arg
U
C
A
G
A
Ile
Ile
Ile
Met
Tre
Tre
Tre
Tre
Asp
Asp
Liz
Liz
Ser
Ser
Arg
Arg
U
C
A
G
G
Val
Val
Val
Val
Ala
Ala
Ala
Ala
Asp
Asp
Glu
Glu
Gli
Gli
Gli
Gli
U
C
A
G
Tripletlarning ortiqchaligi irsiy kodning aynishiga sabab bo‘ladi:
1 aminokislota faqat bitta triplet bilangina emas, ba`zan 2-4 xil tripletlar bilan
shifrlanishi mumkin. Masalan, fenilalanin aminokislotasi 2 ta, leytsin aminokislotasi
esa 6 triplet orqali kodlashishi mumkin. Birorta oqsil molekulasi (to’g’rirog’i bitta
polipeptid zanjiri) tuzilishi haqida axborotni saqlovchi DNKning bir qismi gen
deyiladi. Genlar oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. DNK iRNKga axborot
Dostları ilə paylaş: |