16
bilan farq qiladi. Geterosomalar geni jinsiy belgilar rivojlanishini kodlashtiradi.
Lekin ularda somatik belgilarni aniqlovchi genlar ham bor. Masalan, X-
xromosomada rangni ajrata olish, qon ivishi genlari va boshqa belgi genlari ham
joylashadi.
Odamda erkak jinslar
geterozigotali (geterogametali) hisoblanadi, chunki ular
hujayrasida ikki xil geterosomalar (X va Y) bor. Ayol jinsida ikkita bir xil XX
xromosomalar bo‘lganligi uchun
gomozigotali va gomogametali hisoblanadi.
Shunday qilib, erkaklarda xromosomalar to‘plami 44 autosoma + XY ayollarda esa
44 autosoma + XX dan iborat (4-rasm).
Xromosomalar strukturasini hozirgi zamon usullari yordamida o‘rganish ularning
nafis tuzilishini to‘liq o‘rganish imkonini berdi. Mitozning metafazasida har bir
xromosoma ikkita
xromatidadan tashkil topganligi yaqqol ko‘rinib turadi (5-rasm).
Xromatida
xromonema iplaridan iborat bo‘lib, uning uzunasiga to‘q bo‘yaladigan
qismlari
xromomeralari ko‘rinib turadi. Xromomeralar gen yoki genlar guruhining
ko‘rinishi deb taxmin qilinadi. Elektron mikroskop yordamida xromosomalarning
elementar strukturasi
nukleogiston iplarini (diametri – 10-13 nm) yaxshi ajratish
mumkin. Bu iplar HI gistoni bilan o‘ralgan DNK bispirali va nukleosomadan tashkil
XY
XX
X
Y
X
X
X
X
X
Y
XY
geterozigot
XX
gomozigot
4-rasm. Geterosomalar taqsimlanishini ifodalovchi sxema