Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə160/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Hujjatlashtirish; documentary expediency; документальноеобоснование; xo‘jalik muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish. Hujjatlashtirish yordamida xo‘jalik muomalalari yoppasiga muomala sodir bo‘lgan joyda va vaqtda aks ettiriladi. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, yozuvlar faqat hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
Ikkiyoqlama yozuv; double entry; двойная запись; – xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida registrasiya qilish. Bu usul shundan iboratki, har bir xo‘jalik muomalasi ikkita schyotga yoziladi – bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditiga. Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi ob’yektlarida o‘zgarishlarni vujudga keltiradigan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyati bilan bog‘liq.
Imtiyoz; privilege; привилегия; ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman yoki to‘liq ozod etishdir.
Inventarizatsiya ; inventory of; инвентаризация; natura shaklidagi mavjud mablag‘lar haqiqiysining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishini, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari ishonchliligini va korxona mulki butligini ta’minlaydi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, shu jumladan asosiy faoliyati byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk hamda moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 19-Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Inventarizatsiya qilishni tashkil etish va o‘tkazish” bilan tartibga solinadi. Rejali va rejadan tashqari inventarizatsiya ham bo‘lishi mumkin. Rejali inventarizatsiya yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarda o‘tkaziladi, rejadan tashqarisi zaruriyat tug‘ilishiga qarab, odatda to‘satdan o‘tkaziladi.
Investitsiya; investment; инвестиция; foyda, divident yoki daromadlarning boshqa shakllarini olish maqsadida sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarga shuningdek qimmatli qog‘ozlarga sarmoya qo‘yish.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə